O`zb tarix 11 узб indd


Download 183.79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.05.2023
Hajmi183.79 Kb.
#1421387


Mavzu. 
O‘zbekistonda konfessiyalararo munosabatlar
Dinlararo bag‘rikenglikning shakllanishi. SSSR davrida O‘zbekistonda
89 masjid, 2 ta madrasa bo‘lgan, 2017-yilga qadar esa 2033 ta masjid, Islom 
universiteti, Islom instituti, 16 ta diniy konfessiyalar faoliyat yuritib keldi. 
O‘zbekiston aholisining 88 foizi islom diniga, 10 foizidan ziyodi boshqa 
dinlarga e’tiqod qiladi, 1,8 foizi hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydi. Ramazon 
hayiti, Qurbon hayiti respublika miqyosida nishonlanyapti, diniy jurnal va 
gazetalar nashr etilib, televideniye va radioda diniy mavzularda maxsus 
ko‘rsatuv va eshittirishlar olib borilyapti. O‘zbekistonda din davlatdan, 
siyosatdan ajratilgan, ammo xalqdan ajratilgan emas. Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi «Din ishlari bo‘yicha qo‘mita» dindorlar ehtiyojlarini qondirishga 
ko‘maklashib kelmoqda. 2007-yilda Islom Hamkorligi tashkilotining ta’lim, 
fan va madaniyat masalalar bo‘yicha tuzilmasi – AYSESKO tomonidan 
«Toshkent – Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilindi. Bu O‘zbekiston 
davlatini dinga bo‘lgan munosabatining natijasidir.Aholisi ko‘p millatli 
bo‘lgan O‘zbekistonda islomdan tashqari xristianlik, yahudiylik
buddaviylik va boshqa konfessiyalarga e’tiqod qiluvchi kishilar ham bor. 
Ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali mamlakatda millatlararo hamjihatlik va 
diniy bag‘rikenglik sohasida olib borilayotgan izchil davlat siyosati turli 
millat hamda barcha diniy konfessiya vakillarining emin-erkin yashashlari 
uchun mustahkam asos yaratdi. 1991-yil davlatning vijdon erkinligi va 
dinga oid siyosatini belgilab beruvchi «Vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Uning qabul qilinishi islom 
diniga va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolarning hayotida muhim 
o‘rin egalladi.
Yodda tuting!
«Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan 
dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega.
Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi».
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 31-modda.
1992-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan 
Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. 


Qo‘mita tarkibida diniy konfessiyalar bilan ishlash uchun maxsus tashkil 
etilgan sho‘ba ish boshlaganidan so‘ng, respublika hududida joylashgan va 
diniy faoliyat yuritayotgan barcha tashkilotlar haqida ma’lumotlar to‘plana 
boshlandi.
1998-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Vijdon 
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri qabul 
qilindi. Mazkur qonunda fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinligi bilan 
bog‘liq huquq hamda burchlari aniq-ravshan belgilab qo‘yildi. «Vijdon 
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, «Davlat diniy 
konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab- quvvatlaydi. Bir diniy 
konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar 
(prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man 
etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo‘lgan shaxslar qonun 
hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar». O‘zbekiston kabi ko‘p 
konfessiyali davlatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik ijtimoiy-
siyosiy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri 
hisoblanadi. Zero, diniy bag‘rikenglik mamlakatda qurilayotgan demokratik 
jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, 16 diniy konfessiya o‘zaro 
totuvlikda 
faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Diniy bag‘rikenglik tamoyillari
O‘zbekistonda qaror topgan diniy bag‘rikenglik quyidagi omillar bilan 
belgilanadi: Birinchidan, respublikada istiqomat qilayotgan barcha millat va 
elat vakillari hamda turli diniy konfessiyalar faoliyatida o‘zaro hurmat, sabr-
toqat, bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirishda amaliy ishlar olib 
borilmoqda. Ikkinchidan, milliy va diniy bag‘rikenglik o‘zbek madaniyati 
hamda 
mentalitetining 
ajralmas 
qismidir. 
O‘zbekistonda 
diniy 
bag‘rikenglik borasida olib borilayotgan siyosat demokratik o‘zgarishlarni 
va ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirishga, boshqa millatlar, dinlar 
va madaniyatlarga hurmatsizlik hollaridan, ekstremizm shakllaridan xoli 
haqiqiy demokratik jamiyatni qurish omiliga aylanishiga, jamiyatda 
millatlararo va dinlararo ahillikning saqlanishiga imkon tug‘dirmoqda. 
Uchinchidan, millatlararo va konfessiyalararo munosabatlardagi uyg‘unlik 
xalqlarning ma’naviy boyligi manbayi hisoblanadi va davlatlarning siyosiy 
va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Turli madaniyat 
va din vakillari o‘rtasidagi muloqotlar kelishuv va o‘zaro ishonchga 
erishish yo‘llaridan biri sanaladi.

Download 183.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling