9-Mavzu: Atmosfera havosini muhofaza qilish Reja Atmosfera va uning tarkibi


Atmosferaning ifloslanishi va uning salbiy oqibatlari


Download 237.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana28.03.2023
Hajmi237.46 Kb.
#1302868
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-мавзу Атмосфера (1)

Atmosferaning ifloslanishi va uning salbiy oqibatlari 
Kishilar va barcha tirik mavjudot havo bilan nafas oladi. Kishi nafas organlari 
bir sutkada 20 m
3
havo o‘tkazadi. Demak, atmosfera planetamiz hayoti uchun g‘oyat 
zarurdir. Biroq u borgan sari insonning xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq holda vujudga 
kelgan karbonat angidrid, oltingugurt oksidi, azot, uglevodorod, mayda qattiq 


zarrachalar va radiaktiv moddalar bilan ifloslanib bormoqda. Bu ifloslanish quyosh 
radiatsiya balansiga ta’sir etib, yer shari haroratining o‘zgarishiga olib kelmoqda. 
Atmosferaning shunday ifloslanishi davom etaversa, 2100 yilga kelib karbonat 
angidridning miqdori 3 marta ortishi ham mumkin. Olimlarning fikrlariga 
qaraganda, issiqxona gazlari miqdorining ko‘payishi oqibatida dunyo miqyosida 
havo harorati ko‘tariladi va iqlim modellari bo‘yicha keyingi yuz yil ichida harorat 
1,0 dan 3,5 ºC gacha ko‘tarilishi mumkin. 
Yer shari haroratining o‘zgarishi esa, o‘z navbatida yer sharidagi organik 
hayotga salbiy ta’sir etadi. Keyingi yillarda sanoatning rivojlanishi va har xil 
yoqilg‘i bilan ishlaydigan zavod, fabrika va mashinalarning ko‘payishi natijasida 
atmosferaga ko‘plab zararli gazlar-aerozollar, tutun, qurum, kullar chiqarilmoqda va 
ko‘plab kislorod sarf bo‘lmoqda. 
Kislorod ishlab beruvchi o‘rmonlar va o‘tloqlar maydoni esa borgan sari 
qisqarib bormoqda. Bularning hammasi, o‘z navbatida atmosfera tarkibidagi 
kislorodning kamayib, karbonat angidrid va boshqa zararli gazlar miqdorining ortib 
borishiga olib kelmoqda. 
M.A.Stirikovichning ma’lumotlariga ko‘ra, yiliga yer sharida foydalanilgan 
yoqilg‘ilardan atmosferaga 100 mln.t qattiq zarracha, 150 mln.t sulfid angidridi, 300 
mln.t. karbon oksidi va 50 mln.t. azot oksidi chiqadi. Buning ustiga yer sharida 280 
mln avtomobildan har yili atmosferaga 500 ming tonna is gazi, 100 ming.t. 
uglevodorod va 25 ming.t. azot oksidi ajralib chiqmoqda. Shundan ko‘rinib 
turibdiki, atmosferaning ifloslanishida asosiy manbalardan biri avtotransportlardir. 
Masalan, AQSh da atmosferaning ifloslanishi 100 % desak, uning 60 % (1978) 
avtomobilga, 17 % sanoat chiqindilariga, 14 % elektr stansiyalari chiqindilariga, 9 
% yoqilgan axlatlarga to‘g‘ri keladi.

Download 237.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling