9-mavzu banklarning vujudga kelishi va rivojlanishi reja banklarning vujudga kelishi va mohiyati Banklarning funksiyalari


Bank – bu moliyaviy muassasa bo‘lib, jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul


Download 294.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana06.05.2023
Hajmi294.01 Kb.
#1434069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1. Banklarning vujudga kelishi va mohiyati Banklarning funksiyal

Bank – bu moliyaviy muassasa bo‘lib, jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul 
mablag‘larini tegishli shartlar bilan jalb etib, ushbu mablag‘larga ehtiyoji mavjud 



bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarishlik, muddatlilik, to‘lovlilik va 
ta’minlanganlik asosida beradigan tijorat tashkilotdir. 
Boshqa bir adabiyotda, bank – tadbirkorlik faoliyatining o‘ziga xos turi bo‘lib, uning 
faoliyati ssuda kapitalining harakati, ya’ni ularni jalb qilish va joylashtirilishi bilan 
bevosita bog‘liqdir, degan fikr ilgari suriladi
1

Bankir ssuda kapitalistidan farqli o‘laroq, turli ko‘rinishdagi xizmatlarni taklif etadi 
va pul aylanmasini tashkil qiladi. Ssuda kapitalisti ishlab chiqarishni o‘z kapitali 
hisobidan moliyalashtirsa, bankir ushbu jarayonni chetdan jalb qilingan begona 
shaxslarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi. Tijorat banklari mohyatini 
teranroq anglash uchun ayrim metodologik masalalarga e’tibor qaratish lozim. 
Ularning ayrimlari quyida keltiriladi: 
– banklarning mohiyatini yoritishda ularning mikrodarajadagi faoliyatiga 
e’tibor qaratish lozim; 
– banklarning mohiyatini yoritishda ular qanday shaklda va maqsadda tashkil 
etilganligiga emas, balki ularga yagona bank sifatida faoliyat yuritishiga 
e’tibor qilish lozim; 
– banklarning mohiyatini ajralmas qismi sifatida ularning tashkil topish asoslari, 
ya’ni tashkiliy – huquqiy asoslari muhim ahamiyat kasb etadi
– banklarning mohiyati – bu o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan ob’ektning 
tarkibini anglatadi; 
– banklarning mohiyatiga qator ta’riflar shakllantirilgan bo‘lib, muammoni 
o‘rganayotgan paytda uning qanday jihatiga e’tibor qaratilayotganligi muhim 
hisoblanadi. 
1
Банки и банковские операции: Учебник для вузов/ Е.Ф.Жуков, Л.М.Максимова, О.М.Макарова и др.; Под 
ред. проф Е.Ф.Жукова. –М.: Банки и биржи, ЮНИТИ, 1997. –С. 6.



Xulosa qilib aytganda, banklarning vujudga kelishi va ularning mohiyati kishilik 
jamiyatining vujudga kelishi davridan boshlab shakllanib, rivojlanib va takomillashib 
kelmoqda. 
Buning 
asosiy 
sababi 
jamiyatda 
iqtisodiy 
munosabatlarning 
takomillashuvi, mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, tovar va xizmatlar aylanmasi 
hajmining ortishi kabi qator omillar hisoblanadi. SHuningdek, qaerda savdo va 
zargarlik ishlari rivojlangan bo‘lsa, shuningdek, ishonch yuqori bo‘lgan joylarda 
dastlabki banklar paydo bo‘lgan. 

Download 294.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling