10
Zamonaviy iqtisodiyotda banklar quyidagi mezonlar bo‘yicha tavsiflanadi.
Mulkiy jihatdan –
davlat banki, aksiyadorlik banki, kooperativ bank, xususiy va
xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma banklariga bo‘linadi. Banklarni
mulkchilik nuqti
nazardan tasniflanganda asosan ularning ustav kapitali tarkibida kimning ulushi 51
foizdan yuqori bo‘lsa, bank shu shaxslarning nomlarini oladi.
Masalan, bank kapitalining asosiy ulushi xususiy yoki
kooperativ tashkilotlar
hissasiga to‘g‘ri kelsa, mazkur banklar xususiy yoki kooperativ bank deya yuritiladi.
Davlat banklari kapitalining asosiy ulushi davlatga tegishli bo‘ladi, ko‘pchilik
mamlakatlarda mamlakat Markaziy banklari davlat banki hisoblanadi. O‘zbekistonda
Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Davlat – aksiyadorlik Xalq banki, aksiyadorlik
tijorat “Asaka” banklarning kapitali tarkibida asosiy ulush davlatga tegishli
bo‘lganligi bois mazkur banklar davlat banklari hisoblanadi.
Mamlakatimizda aksiyadorlik
tijorat banklari sifatida, aksiyadorlik tijorat
“Agrobank”ni,
Aloqabank, Turonbank va boshqalarni keltirish mumkin.
Mamlakatimizda yopiq turdagi aksiyadorlik tijorat banklari mavjud emas.
Xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma banklar mamlakat qonunchiligiga asosan
belgilangan miqdordagi ustav kapitali xorijiy ishtirokchilar tomonidan shakllantirilsa
mazkur banklar shu maqomga ega bo‘ladi. Mamlakatimizda
xorijiy kapital
ishtirokidagi banklarni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonun
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: