9-mavzu: Buxgalteriya balansi moddalari va buxgalteriya hisobi registrlari mosligining nazorati
Download 122.39 Kb.
|
1 2
Bog'liq9MAVZUBuxgalteriya balansi moddalari va buxgalteriya hisobi registrlari mosligining nazorati
9-MAVZU:Buxgalteriya balansi moddalari va buxgalteriya hisobi registrlari mosligining nazorati Mamlakatimizda amal qilinayotgan buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunga muvofiq ma’lumotlar jamlanma holida va pul ko’rsatkichlari bo’yicha ma’lum sanaga taqdim etilishi kerak. Ushbu ma’lumotlardan xo’jalik yurituvchi subekt mablag’lari tarkibi va ularning manbasi o’rganish uchun ma’lum iqtisodiy ma’noda guruhlash zarur. Bu jarayon buxalteriya balansini tuzish deb ataladi. Balans so’zi ikkita lotin so’zlaridan iborat bo’lib, “bis”-ikki karra (marta) va “banx”-tarozi pallasi so’zlaridan tarkib topgan bo’lib, tom ma’noda “ikki palla” degan ma’noni anglatadi va tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi. Buxgalteriya balansi – xo’jalik mablag’larini ularning turlari va tashkil topish manbalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib, umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruhlash usulidir. U buxgalteriya hisobi uslubiyatining asosiy usullaridan biri hisobladi. Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mablag’lar turlari va ularning manbalarini ajratib ko’rsatish maqsadidaO’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug’i bilan qabul qilingan buxgalteriya balansi ikki qismdan iborat bo’lgan jadval shaklida tuzilgan. Buxgalteriya balansi xo’jalik yurituvchi subektning xo’jalik mablag’larini ma’lum bir sanaga tavsiflab, uning o’tgan davrdagi barcha faoliyat natijasini qanday holatga olib kelganligini ko’rsatadi. Shunday qilib, balans xo’jalik yurituvchi subekt mablag’larining turlari va ularning manbalari haqidagi muhim axborotga ega bo’lgan xo’jalik yuritish subektlari ishining yakunlari to’g’risidagi hisobotdir. Buxgalteriya balansi, ma’lum sanaga tuziladi va xo’jalik yurituvchi subekt faoliyatining ma’lum davrdagi holatini o’zida mujasamlashtiradi. Uning chap tomonida mablag’lar turlari va ularning joylanishi keltiriladi va u aktiv qism deb nomlanadi, passiv qism deb nomlanadigan o’ng tomonida mablag’lar manbalari va Buxgalteriya balansining rasm ko’rinishi quyidagi shaklga ega. Balansning aktivi va passivida ham balans moddalari ikkiga bo’lib ko’rsatiladi (4.3-jadval): Balans ko’rsatkichlaridan quyidagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlab olish mumkin. Aktivlar aylanma va uzoq muddatli kapitallari yig’indisiga teng. Xo’jalik yurituvchi subektning o’z mablag’lari aktivlaridan majburiyatlarini ayirganiga teng. Balans ma’lumotlarida ishlab chiqarishni uzluksiz olib borish uchun zarur bo’lgan va hisobot tuzish davriga qiymat shaklidagi mol-mulki hamda uni qoplashga jalb qilingan manbalari o’z aksini topadi. Bu ko’rsatkichlar mol-mulk hajmi, tarkibi va qiymatini qay darajadaligini ifodalaydi. Shuningdek, molmulkning moliyalashtirish manbalari, ya’ni o’ziga tegishli manbalar va chetdan qarzga jalb qilingan manbalar holati ham passivda keltirilgan. Balansdagi har bir band va bo’lim korxonalarning moliyaviy holatiga bog’liq, shuning uchun ham uni chuqur o’rganish lozim. Buxgalteriya hisobida balans muhim ahamiyatga ega bo’lib, yillik hisobot tarkibida unda katta o’zgarishlar sodir bo’ladi, chunki xalqaro andazalar talablariga yaqinlashdi va bozor munosabatlariga qaratildi. Balansning aktiv va passiv moddalarining mazmuni ichki hamda tashqi foydalanuvchilarga undan foydalanish imkoniyatini beradi. Ichki va tashqi qiziquvchilar uchun xo’jalik yurituvchi subekt faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy barqarorligi, kreditor qarzlarining hajmi, bank kreditlari bo’yicha qarzlari to’g’risidagi ma’lumotlar zarur. Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilganda, balans - korxona mablag’lari va qoplash manbalarining ma’lum davrdagi holatini ko’rsatadi. Hisob-kitob ishlarini xalqaro an’anaviy talablar bo’yicha yuritishga oz bo’lsada yaqinlashtirilishi hamda 1997 yilda joriy qilingan va korxonalar tuzadigan yangi buxgalteriya balansi bozor iqtisodi sari qo’yilgan dastlabki qadam bo’lgan edi. Mazkur balans yillar davomida amaliyotda qo’llanildi va uni takomillashtirish va xalqaro standartlarga yanada moslashtirish zaruriyati tug’ildi. Shu sababli ham 2002 yilda yangi schyotlarga asoslangan moliyaviy hisobot shakllari, jumladan, buxgalteriya balansi ham qabul qilindi. Bugungi kunda mazkur balans amalda keng qo’llanilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdan 140- 90 sonli buyrug’i bilan moliyaviy hisobotlarning yangi shakllari tasdiqlangan. Shunga ko’ra buxgalteriya balansi 1-hisobot shakli hisoblanadi. Buxgalteriya balansi quyidagi belgilariga ko’ra tasniflanadi: 1. Tuzish vaqtiga ko’ra: kirish balansi, joriy (davriy) balans, tugatish balansi,bo’lish balansi,birlashtirish balansi. 2. Tuzish manbalariga ko’ra: inventar balanslari, daftar balansi, bosh balans. 3. Axborot hajmiga ko’ra: yakka va yig’ma balanslarga bo’linadi. 4. Faoliyat xarakteri bo’yicha: asosiy balans va asosiy bo’lmagan balans. 5. Mulkchilik shakliga ko’ra: davlat, kooperativ, o’z, aralash va qo’shma korxonalar, shuningdek, jamoat tashkilotlari balanslari. 6. Aks ettirish ob’ektiga ko’ra: balanslar mustaqil va alohida balansga ajratiladi. 7. Tozalanish usuli bo’yicha: brutto va netto balanslarga bo’linadi. “Brutto” atamasi italyancha «brutto» so’zidan olingan bo’lib, u dag’al, toza emas degani, «netto» atamasining ma’nosi toza demakdir. Sobiq ittifoq davrida ham balans-brutto, balans-netto keng foydalanilgan. Brutto-balans 1938 yilgacha bo’lgan, 1938-1952 yillarda birinchi netto-balansga o’tilgan, 1952-1992 yillarda yana brutto-balansga qaytilgan, 1993 yildan boshlab esa yana netto-balansga o’tildi. Balansga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardir: - balansning to’g’riligi; - balansning realligi; - balansning yaxlitligi; - balansning izchilligi; - balansning tushunarliligi, Balansning to’g’riligi – balansni tuzishda asoslanilgan hujjatlarning to’laligi va sifati bilan ta’minlanadi. Balansning realligi – moddalar bahosining ob’ektiv voqelikka muvofiq kelishini anglatadi. Balansning yaxlitligi – balansni yagona hisobga olish va baholash tamoyillari bo’yicha tuzilishini, ya’ni korxonaning barcha tarkibiy bo’linmalarida va 91 tarmoqlarida buxgalteriya hisobi schyotlarining bir xildagi mazmuni, ularning korrespondensiyasi va shu kabilar qo’llanilishini anglatadi. Balansning izchilligi – har bir keyingi balans oldingi balansdan kelib chiqishi lozimligida ifodalanadi. Balansning tushunarliligi – uning balansni tuzuvchilar va uni o’qiydigan hamda tahlil qiladiganlar tushunishi uchun qulayligidir. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti tarkibini o’rganish va buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish esa murakkab jarayon bo’lib balans moddalaridagi o’zgarishlarga alohida e’tibor qaratishni talab etadi. Shuningdek, auditorlik tekshiruvi yuzasidan xulosa berishda auditorlar o’zlarining shaxsiy, haqqoniy va mutaxassisligi bo’yicha yuqori darajadagi bilimlariga tayanishlari lozim. Zero auditorlar tomonidan xo’jalik sub’ektining moliyaviy hisobotlari to’g’risida berilgan beg’araz xulosadan mulk egalari, investorlar, kreditorlar, banklar aktsiyalarni sotib olishda va sotishda, kreditlar va qarzlar berish to’g’risida qarorlar qabul qilishda foydalanadilar. O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida» gi Qonunida aktsiyadorlar va boshqa investorlar oldida ma’lum iqtisodiy ishonchga ega bo’lishni istagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishlari shart qilib qo’yildi. Buxgalteriya balansi xo’jalik mablag’larini ularning turlari va tashkil topish manbaalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib umumlashtirib aks ettirish, iqtisodiy guruhlash usulidir. Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, xo’jalik yurituvchi sub’ektning mulkiy va moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni to’playdi hamda oshkor qiladi. Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning muhim shakllaridan biri bo’lganligi bois, moliyaviy hisobotlar auditida ham muhim o’rin tutadi. Agar buxgalteriya balansida buzib ko’rsatishlar va xatolar mavjud bo’lsa bu moliyaviy hisobotlar auditiga o’zining salbiy ta’sirini o’tkazadi. Auditorlik tashkiloti buxgalteriya balansida aniqlangan buzib ko’rsatishlar to’g’risidagi ma’lumotlarni majburiy audit o’tkazishda moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik xulosasiga, turli maqsadlar yo’nalishida o’tkazilgan 92 tashabbusli audit o’tkazishda esa – auditorlik hisobotiga kiritishi lozim. Buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda bu tekshiruv moliyaviy hisobotning qolgan shakllarini tekshiruvi bilan bevosita bog’liqligini ko’ramiz. Buxgalteriya balansi sub’ektning resurslari (aktivlari), resurslarga bo’lgan da’volar (majburiyatlar) va mulk egasiga tegishli ulush (o’z) mablag’lari to’g’risidagi iqtisodiy axborot bo’lib hisoblanadi. Buxgalteriya balansining chap tomonida mablag’lar turlari va ularning joylanishi keltiriladi va u aktiv qism deb nomlanadi, passiv qism deb nomlanadigan o’ng tomonida mablag’lar manbalari va ularning qanday maqsadlarga atalganligi ko’rsatiladi. Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida ko’plab xo’jalik muomalarini sodir etadi. Bu xo’jalik muomalalarining har biri sodir bo’lganda balansga ta’sir qilib, balans moddalari summalarni o’zgartirib yuboradi. Shu sababli buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda balansning xar bir moddasiga jiddiy e’tibor berish talab etiladi. Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotlarning shakli hisoblanganligi uchun, buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda o’ziga xos maqsad va vazifalarni belgilab olishni talab etadi. Buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning asosiy maqsadi bo’lib – tekshirilayotgan davrda iqtisodiy sub’ektning buxgalteriya balansini shakllanishi va undagi o’zgarishlar O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi haqida tasdiqnoma olish. Buning uchun buxgalteriya balansiga oid barcha O’zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ko’rib chiqish talab etiladi. Buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning vazifalarini quyidagicha keltirish mumkin: – ichki nazorat tizimini o’rganish; – uzoq muddatli aktivlar hisobini tekshirish; – joriy aktivlar hisobini tekshirish; – majburiyatlar hisobini tekshirish; – xususiy kapitalni tekshirish; – buxgalteriya balansi ko’rsatkichlarini asosliligini va to’g’ri tuzilganligini tekshirish; – tekshiruvlar natijalarini umulashtirib xolisona auditorlik xulosasini berish. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimini o’rganish nafaqat buxgalteriya balansini to’g’ri tuzilganligini, balki, buxgalteriya hisobini qanday yuritilayotganini baholash hamda auditorlik hulosasini berishda muhim o’rin tutadi. Shu sababli har qanday auditorlik tekshiruvida ichki nazorat tizimini o’rganish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilab qo’yiladi. Uzoq muddatli aktivlar hisobini tekshirish korxonaning uzoq muddatli aktivlarini to’liqligini, ularga eskirishni to’g’ri hisoblanganligini, aktivlarning rentabellik darajasini aniqlashda hamda mulk solig’ining to’g’ri to’langanligini tekshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Joriy aktivlar hisobini tekshirish esa xo’jalik yurituvchi subektning aylanma mablag’larini nazorat qilish hamda ko’paytirish imkonini beradi. Majburiyatlar hisobini tekshirish buxgalteriya balansini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi omildir. Majburiyatlar hisobini tekshirish davomida auditor koxonaning umumiy moliyaviy holati bo’yicha keng tasavvurga ega bo’ladi. Auditorlik tekshiruvida buxgalteriya balansining shakllanishi va to’g’ri hisoblanganlini tekshirish zarur hisoblanadi. Buxgalteriya balansining shakllanishi va to’g’ri hisoblanganlini tekshirish uchun quyidagilardan foydalaniladi: a) dastlabki hujjatlar; b) hisob yuritishning jurnal-order usulida – jurnal-orderlar, o’zaro bog’liq hisoblashga tegishli tahliliy hisoblash vedomostlari (kartochkalari); v) kompyuterdan foydalanganda – sintetik schyotlarning mashinagrammavedomostlari; g) hisob yuritishning soddalashtirilgan shaklida xo’jalik operatsiyalarini hisoblash daftari, tahliliy hisobning kartochkalari (jurnal, daftar). Ma’lumki, so’ngi yillarda auditorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga muvofiq, 2000 yil 26 mayda yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida» gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunni amalga oshirish, auditorlik xulosalari soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olinishini ta’minlash maqsadida 2000 yil 22 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida» gi qarori va boshqa qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi, Auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun attestatsiya o’tkazish va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish tartiblari belgilandi. 20 dan ortiq auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqildi. Shuningdek, 2000 yil 7 avgustda O’zbekiston hududida faoliyat ko’rsatayotgan auditorlar va auditorlik tashkilotlarini ixtiyoriy ravishda birlashtiruvchi mustaqil jamoat tashkiloti – O’zbekiston auditorlar palatasi tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunining 10- bandida qayd etilgan sub’ektlar va tashkilotlar tarkibiga kiradigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, shuningdek, kreditorlar, mol etkazib beruvchilar, aktsiyadorlar va boshqa investorlar oldida ma’lum iqtisodiy ishonchga ega bo’lishni istagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishlari shart qilib qo’yildi. Download 122.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling