9-mavzu: din madaniyat fenomeni


Din va dinshunoslik tushunchalarining mazmuni va mohiyati


Download 101.87 Kb.
bet2/13
Sana07.02.2023
Hajmi101.87 Kb.
#1175849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Din madaniyat fenomeni

2. Din va dinshunoslik tushunchalarining mazmuni va mohiyati. Din so‘zi arab tilidan olingan so‘z bo‘lib, “ishonch, ishonmoq, kimgadir bo‘ysunmoq, bo‘yin egmoq, itoat etmoq, kimdandir qarzdor bo‘lmoq, e’tiqod qilmoq, qilgan ishiga yarasha mukofotlamoq” degan ma’nolarni bildiradi. Din insonning dunyodagi barcha narsani yaratgan ilohiy qudratga bo‘lgan ishonchini o‘zida ifodalab, insondagi ma’naviy e’tiqod va amalni o‘zida aks ettiradi. E’tiqod so‘zi ham arab tilidan kirib kelgan so‘z bo‘lib, chuqur va mustahkam ishonch degan ma’noni bildiradi. Diniy e’tiqod so‘zi mustahkam, chuqur ishonch, maslak va ishonishni o‘zida ifodalaydi. Insonning e’tiqodi din bo‘lib hisoblanishi uchun u uch asosiy xususiyatga ega bo‘lishi lozim bo‘lib, bulardan birinchisi, barcha narsaning yaratuvchisi bo‘lgan iloh (yoki ilohlar) haqidagi tasavvurning mavjudligidir. Jahondagi har bir dinda e’tiqod ob’ekti bo‘lgan Xudo mavjud bo‘ladi. Ikkinchidan, Xudo bilan insonlarni bog‘lab turadigan ibodat va marosimlar majmuasi ishlab chiqilib, dinga e’tiqodning amal qilishi shu ibodat va marosimlar bilan belgilanadi. Uchinchidan esa e’tiqodchilarni o‘zida jamlaydigan diniy tashkilotlar mavjud bo‘ladi. Diniy tashkilot – bu bir dinga e’tiqod qiluvchi kishilarning jamoaviy ravishda o‘z diniy rasm–rusum, ibodat marosimlarini o‘tkazadigan, diniy ta’lim oladigan muassasalaridir.
Dinshunoslik dinning mohiyati, ta’limoti, ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va ahamiyatini o‘rganib insonda dinlar haqida ilmiy dunyoqarashning shakllanishiga yordam beradi. Dinshunoslik o‘zining o‘rganish ob’ektiga ega bo‘lib, u dinning paydo bo‘lishi, jamiyat hayotida tutgan o‘rni, diniy e’tiqodlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyusiyasini ilmiy jihatdan o‘rganadi.
3. Dinshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Dinshunoslik tarix, falsafa, psixologiya, sotsiologiya, madaniyatshunoslik, ma’naviyat asoslari, milliy g‘oya, axloqshunoslik, nafosatshunoslik, arxeologiya va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bevosita bog‘liqdir. Dinshunoslikni ilmiy asosda o‘rganishda uning din fenomenologiyasi, din sotsiologiyasi, din psixologiyasi, din falsafasi kabi sohalariga asosiy e’tibor qaratiladi.
Dinning ko‘zga ko‘rinuvchi, tashqarida aks etuvchi jihatlarini o‘rganuvchi ilm sohasi “Din fenomenologiyasi” deyiladi. Din fenomenologiyasi turli dinlarning ibodat va marosimlarini, muqaddas joy, zamon, narsa va shaxsiyatlarini tadqiq qilib, mushtarak jihatlarini topishga harakat qiladi. Din sotsiologiyasining asosiy mavzusi, jamiyatning asosiy shakllari va dinning tashqi ko‘rinishlari bilan ijtimoiy jarayonlar, ularning tuzilishi va qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Din sotsiologiyasi, jamiyat va diniy ilmlarning taraqqiyotini o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganadi. Dinshunoslikning yana bir sohasi, din psixologiyasi insonga oid bo‘lgan diniy hayotning turli jihatlarini psixologik jihatdan o‘rganadi. Din psixologiyasi dinning psixologik jihatini, shaxsning diniy tajribasini va bu tajribaning turli ko‘rinishlarini bayon qilishga harakat qiladi. Din psixologiyasi diniy tajribadan boshlagan holda inson turlarini atroflicha o‘rganib, buyuk diniy shaxsiyatlarning ichki hayotlari bilan qiziqqan holda ularning ruhiy holatlari bilan shug‘ullanadi. Insonning diniy his-tuyg‘usi va yashash tarzi din psixologiyasining asosiy mavzusi bo‘lib hisoblanadi. Din psixologiyasi insonda din tuyg‘usi va hissiyotining qanday qilib kelib chiqqanligi va shakllanishini o‘rganadi.

Download 101.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling