9-mavzu. «Dmbat» dasturiy majmuasida axborot xavfsizligini ta’minlash


Download 0.51 Mb.
bet1/3
Sana14.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1197916
  1   2   3
Bog'liq
9-mavzu

9-mavzu. «DMBAT» dasturiy majmuasida axborot xavfsizligini ta’minlash

Bajardi: Bhn 50 guruh talabasi Jumanova Farangiz

Reja:

1. «G’aznachilikda «DMBAT» dasturiy majmuasidan foydalanish xavfsizligi bo’yicha talablar.

2. «DMBAT» dasturiy majmuasida axborotlarni himoyalash muammolari.

3. G’aznachilikda axborotlarni himoyalash muammolarini hal etilishi.

«G’aznachilikda «DMBAT» dasturiy majmuasidan foydalanish xavfsizligi bo’yicha talablar.

Axborotlashtirishning asosiy maqsadi, intellektual faoliyatda yangi informatsion texnologiyalardan foydalanish, zamon talablariga mos ravishda mutaxassislar tayyorlash sifati va foydalanish darajasini oshirishdan iborat.

G’aznachilik organlarini zamonaviy kompyuterlar texnologiyasi va aloqa uzatish vositalari bazasida axborotlar bilan ta’minlash g’aznachilikni joriy etish bilan birga parallel ravishda olib boriladi.

G’aznachilik organlarining barcha bosqichlarini, byudjetdan mablag’ oluvchilarni va byudjet mablag’i taqsimlovchilarini o’zaro aloqasini elektron axborotlar bilan ta’minlaydigan va avtomatlashtirilgan tizimga rahbarlikni amalga oshiradigan axborot bo’limi ishlaydi.

Xavfsizlik – bu barqaror taraqqiyot yo’lini belgilaydi, lekin har bir sohani xavfsizligini ta’minlash lozim. Xavfsizlikni mavjud emasligi, mazkur sohada barqaror turg’un ishlashni ta’minlamaydi. Turli sohalarda faoliyat ko’rsatayotgan kompyuter tizimlarida ma’lum ma’noda noma’lum, kutilmagan, tasodifiy xavflardan himoyalanishning tashkiliy chora-tadbirlari, ularni bartaraf etishning usulari, texnik va dasturiy vositalari mavjud. Biroq tizimning doimiy himoya devori ishlab turishiga qaramasdan, ixtiyoriy tizimning me’yor rejimi buzilishi, yoki doim xavf-xatarsiz yashay olishi to’liq kafolatlanmaganligi hozirgi kunga qadar muammolar sifatida o’z yechimini topmagan.

G’aznachilikda axborot tizimining xavfsizlik holatini aniqlash va uning xolatini o’rganish masalalari xavfsizlik mezoni nuqtai nazaridan dolzarb bo’ladi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling