G’aznachilikda avtomatlashtirilgan axborot tizimining afzalligi quyidagilardan iborat: - tushunish oson va ularni o’zlashtirishga kam vaqt ketadi;
- moslanuvchan va tegishli ish talablariga o’zgaruvchan bo’ladi.
G’aznachilikni faoliyat ko’rsatish amaliyoti va uni rivojlantirish yo’llari shuni ko’rsatadiki, byudjet mablag’larini samarali va tezkor boshqarishning kafolati davlatning moliyaviy axborot tizimi hisoblanadi. Bu tizim byudjet ijrosida davlatning moliyaviy operatsiyalarini umumiy boshqarish, hisobotlar tuzish va hisob yuritishni o’z ichiga olgan kompyuterlashgan majmua tizimi ekanligi bilan xarakterlanadi.
DMBATning arxitekturasida g’aznachilikning axborot ta’minoti asosiy rol o’ynaydi. U ko’rsatkichlar yig’indisini, birlamchi ma’lumotlarni, klassifikatorlarni, hujjatlarning unifitsiyalangan tizimini, avtomatlashtirilgan xizmat uchun maxsus axborot tashuvchilarni, shuningdek, axborotlarni o’z vaqtida va sifatli ishlashini hamda ishonchli saqlanish texnologiyasini ta’minlaydigan xodimni o’z ichiga oladi. Axborotlar ob’ekti va ularning o’zaro aloqalarining yig’indisi axborot arxitekturasini asosini tashkil etganligi uchun DMBATning texnologik jarayonlaridagi axborot ob’ektlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
birlamchi ma’lumotlar – xarajatlar smetasi, byudjet yozuvi, yozuv o’zgarishlari to’g’risida ma’lumot, to’lov topshiriqnomalari, maqsadli ishlatish chizmasi, bank ko’chirmalari, shartnomalar, qim-matli qog’ozlar va kredit kelishuvlari;
texnologik ma’lumotlar - avtomatlashtirilgan tizimning ishlashini ta’minlash uchun zarur xizmat uchun ma’lumotlar, ro’yxatdan o’tgan ko’rsatkichlarning ketma-ketligi, harakatlar turi va faoliyati bo’yicha ishlovchining huquqi, ishlovchining harakatlari yoziladigan jadvallar.
Do'stlaringiz bilan baham: |