9-mavzu: eritmalarning umumiy tavsifi va ularning ahamiyati. Eritma hosil bo‘lishida erituvchi va eruvchi moddalar xossalarining ahamiyati
Download 231 Kb.
|
ERITMALARNING UMUMIY TAVSIFI VA ULARNING AHAMIYATI. ERITMA HOSIL BO‘LISHIDA ERITUVCHI VA ERUVCHI MODDALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dispers sistemalar.
Qattiq moddaning suyuqlikda erish jarayoni quyidagicha tushuntiriladi. Har qanday modda molekulalari har doim harakatlanib turadi va bu harakat qattiq moddalarda tebranish harakati tarzida bo’ladi. Qattiq moddani shu modda eriy oladigan suyuqlikka solar ekanmiz, qattiq modda bilan erituvchi molekulalari o’zaro ta’sir bo’lishi natijasida qattiq modda yuzasidan ayrim molekulalar asta-sekin ajralib chiqa boshlaydi. Bu molekulalar diffuziya tufayli, erituvchining butun hajmiga bib-barobar tarqaladi. Qattiq modda yuzasidan molekulalarning tebranma harakati, ikkinchi tomondan, qattiq modda molekulalarining erituvchi molekulalariga tortilishi sabab bo’ladi. Erishga teskari jarayon, ya’ni kristallanish jarayoni bo’lmaganda edi, bu jarayon har qancha miqdordagi qattiq modda batamom erib ketguncha davom etar edi.
Dispers sistemalar. Moddalar bir-biri bilan har xil sistema hosil qiladi. Agar ma’lum miqdordagi biror modda massasida ikkinchi biror modda zarrachalari tarqalgan bo’lsa, bunday sistema dispers sistema deyiladi. Dispers sistemadagi tarqoq modda dispers faza, dispers faza tarqalgan modda esa, dispers muhit deb ataladi.
Download 231 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling