Xulosalar. Ishlab chiqarishni axborotlashtirish va avtomatlashtirish ishchilar va xizmatchilarga turli talablar qo‘yib, ularni bevosita ishlab chiqarish jarayonidan olib chiqadi va mazkur jarayon bilan bir qatorda turuvchi sub’ektlarga aylantiradi. Inson shaxsining o‘ziga xosliklarini namoyon etish uchun shart-sharoit va ijtimoiy erkinlikni rivojlantirish uchun imkoniyat yaratiladi. Bir kasbiy faoliyatdan boshqa kasbiy faoliyatga o‘tish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
Mehnat ijtimoiy yoki shaxsiy zaruriyatga qarab o‘zgaruvchi jo‘shqin
xususiyat kasb etadiki, bu standartlashtirilgan ommaviy ishlab
chiqarishdan moslashuvchan, ya’ni ko‘p o‘zgaruvchi, iste’molchilarning ommaviy ehtiyojlariga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishga o‘tishda muhim ahamiyatga egadir.
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
Globallashuv jarayonining asosiy manbalari nimada.
Globallashuv hodisasi va globalistika nima.
Global muammolarning turli darajalari.
2017-2021 yillardagi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tavsifi.
Global muammolarni hal qilishda xalqaro kuchlar birlashuvi; umumiy va xususiy manfaatlari. nimada