9-mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot
Download 67.45 Kb.
|
Globallashuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi.
9-mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi. Global muammolarning mohiyati Axborot inqilobi. Ilmiy va ijtimoiy axborot Nanotexnologiyalar va bioidentifikatsiya texnologiyalari rivojlanishining ijtimoiy ahamiyati Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi. Falsafa nafaqat insonning azaliy muammolari va g‘am-tashvishlarini, balki uning so‘nggi yillarda fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida tobora jadalroq sur’atlarda, shu jumladan dunyo miqyosida o‘zgarayotgan real hayoti kundalik amaliyotini ham aks ettiradi. Shu munosabat bilan yuzaga kelayotgan yangi hodisalar, g‘ayrioddiy qiyinchiliklar va alohida sharoitlar olimlarning ham, faylasuflarning ham e’tiborini tortmoqda. Bunda falsafaning fandan ustunligi shundaki - u o‘z xulosalarida tafsilotlar va muayyan dalillarga mahkam yopishib olmaydi, ayrim, uzuq-yuluq va o‘tkinchi narsalarni osongina chetlab o‘tadiki, bu unga asosiy e’tiborni ishning mohiyatiga qaratish, rivojlanishning eng muhim omillari va asosiy jarayonlarini qayd etish imkonini beradi. Falsafaning mazkur fazilatlari insonning ijtimoiy munosabatlar tizimida yoki «jamiyat-tabiat» tizimida yuzaga kelayotgan murakkab, kompleks vazifalarni hal qilishga majbur bo‘layotgan hozirgi sharoitlarda alohida ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan falsafiy tahlilning, muhim narsalarni ikkinchi darajali narsalardan, qonuniy narsalarni tasodifiy narsalardan farqlash, tarixiy rivojlanishda ob’ektiv jarayonlarning sub’ektiv omillardan farqi kabi usullari va metodlari hozirgi zamonda insoniyat duch kelgan olamshumul muammolarni nazariy anglab etish va amalda bartaraf etish uchun ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Globallashuv hodisasi. Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo‘lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi zamonda dunyo so‘nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o‘zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o‘laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga qadam qo‘ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o‘zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo‘ldi. Bu o‘zgarishlarning butun majmui, shuningdek ularning sabablari 1990-yillarda globallashuv (lot. globus - yer kurrasi) deb nomlandi. Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun yer sayyorasi uchun yagona bo ‘lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir. Shuningdek globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo‘jaligi, umumiy ekologik o‘zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Download 67.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling