UMUMIY TUSHUNCHASI
Korrupsiya - “davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo‘lgan (yoki ularga tenglashtirilgan) shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o‘z maqomi va u bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishi”, deb ta’rif berilgan.
“YURIDIK ATAMALAR QOMUSIY LUG‘ATI”DA
1) mansabdor shaxslar tomonidan davlat mulkini o‘g‘irlash, talon taroj qilish;
2) rasmiy maqomdan norasmiy foydalanish natijasida shaxsiy foyda ko‘rish uchun o‘z hizmat vazifasini suiste’mol qilish;
3) ijtimoiy burch bilan shaxsiy foyda o‘rtasidagi manfaatlarning nizosi.
KORRUPSIYA MAZMUNI
2. Korrupsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy zaminlari va kuchayishining sabablari
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda har yili 1 trillion AQSH dollari miqdorida pora beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar mablag‘dan ayriladi, bu jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizidir.
Korrupsiyaning xavfi ko‘p qirralidir
birinchidan iqtisodiyot negizlariga bolta uradi va islohotlar jarayoniga to‘sqinlik qilib uning asl mohiyatiga putur etkazadi va bu bilan islohotlar g‘oyasini obro‘sizlantiradi
ikkinchidan jamiyatning ma’naviy asoslariga zarar keltiradi (vatanparvarlik, insonni o‘z imkoniyatini namoyon qilishi)
uchinchidan o‘sayotgan avlodning ongini zaharlaydi
to‘rtinchidan xorijiy sarmoyadorlani cho‘chitib yuboradi va eng asosiysi, xalqaro hamjamiyatda bu davlat to‘g‘risida salbiy tasavvurni yuzaga keltiradi.
Inson sivilizatsiyasi o‘sishi natijasida, jinoyatchilikning turlari ortib bogan va korrupsiya yuzaga kelgan.
Barcha davlatlardagi jinoiy harakatlarda asosan birinchi o‘rinda moddiy manfaat, yuqori lavozimni olish va lavozim orqasidan tekin boylik orttirish yotadi.
Korrupsiya iqtisodiyotni tanazzulga etaklab, davlat boshqaruvini izdan chiqfaradi. Fuqarolarda davlat boshqaruviga nisbatan ishonchsizlikni uyg‘otib, halol yo‘l bilan maqsadga erishish kabi orzu- xavaslarini yo‘qqa chiqaradi. Korrupsiya va poraxo‘rlik davlatni ichidan emiradi.
SHu bois bu illatga er yuzida barcha davlatlar o‘z hududidagi xolat va sharoitdan kelib chiqib turli usullarda kurash olib boradilar. “Korrupsiya” 4 sabab
Do'stlaringiz bilan baham: |