9-Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari


Download 101.5 Kb.
bet3/3
Sana07.12.2020
Hajmi101.5 Kb.
#162125
1   2   3

50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Ushbu jinoyat og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilganda
10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Basharti, shaxsga nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa yoki bu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin bu haqda o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.



Pora berish jinoyati uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarimadan 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo tayinlanadi.

Pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun esa eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarimadan 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo belgilangan. Vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.

Korrupsiyaga qarshi samarali kurashish uchun birgina qonun hujjatlarining qabul qilinishi etarli emas. Buning uchun fuqarolik jamiyati ham mazkur ishda faol ishtirok etishi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kuchaytirilishi, sudlarning mustaqil va xolis bo‘lishini ta’minlash, qonunlar parlament a’zolarining emas, balki mamlakat manfaatidan kelib chiqib qabul qilinishi, barcha davlat organlarida shaffoflik ta’minlanishi, ommaviy axborot vositalarining faol ishtiroki, ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish uchun xizmatlar imkon boricha elektron tizim orqali ko‘rsatilishi, sog‘lom raqobat muhiti shakllantirilishi kerak bo‘ladi.

XX asrda fan va texnika sohasidagi aqlni lol qoldiradigan natijalar ta’sirida ilk texnokratik ijtimoiy nazariyalar paydo bo’ldi. SHulardan birining muallifi – amerikalik iqtisodchi va sotsiolog T.Veblen jamiyatning rivojlanishida sanoat ishlab chiqarishi va texnika taraqqiyotining etakchi rolini birinchilardan bo’lib falsafiy jihatdan asoslab berdi. Uning fikricha, hozirgi zamon davlati muhandislar va texniklar tomonidan boshqarilishi lozim, chunki ishlab chiqarishni jamiyat manfaatlarida rivojlantirish (bu g’oya T.Veblen texnokratik nazariyasining mag’zini tashkil etadi) faqat ularning qo’lidan keladi va siyosiy hokimiyat ularga ayni shu maqsadni ro’yobga chiqarish uchun kerak.

SHu davrda Yangi tendentsiyalarga nisbatan boshqacha munosabatni ilgari suruvchi yondashuvlar ham paydo bo’ldi. Xususan, tabiat bilan jamiyatning o’zaro munosabati muammolarini anglab yetishda V.I.Vernadskiyning roli va u noosferani yaxlit umumbashariy hodisa sifatida tushunishi mhim ahamiyatga ega bo’ldi.. SHunga o’xshash fikrlarni taniqli frantsuz faylasufi, teolog P.Teyyar de SHarden ham ilgari suradi. Biosferaning tarkibiy qismi sifatida insonning betakrorligini asoslashga harakat qilar ekan, u insonning tabiat bilan munosabatlarini uyg’unlashtirish kontseptsiyasini rivojlantirdi va butun insoniyatning birlashishi yo’lida egoistik niyatlardan voz kyechishga chaqirdi1.

SHunday qilib, faylasuflar va olimlar XX asrning birinchi yarmidayoq nafaqat Yangi davr – umumbashariy hodisalar davri boshlanayotganini, balki bu Yangi sharoitlarda odamlar tabiiy va ijtimoiy stixiyaga faqat bahamjihat qarshilik ko’rsata olishi mumkinligini ham anglab etdilar.

Texnika va texnologiya tushunchalarning mohiyati Ammo qayd etilgan qarashlar 60-yillarning boshlariga kelib texnokratik kayfiyatlarning Yangi to’lqini bilan chetga surib qo’yildi va qariyb ikki o’n yillik mobaynida ommaviy ongga o’z ta’sirini yo’qotdi. Bunga urushdan keyingi davrda jahonning deyarli barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarini qamrab olgan sanoat yuksalishi sabab bo’ldi. 50-60-yillarda ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari G’arbda ham, SHarqda ham aksariyat mamlakatlar uchun porloq bo’lib tuyular edi.. Ijtimoiy ongda har qanday dunyoviy va hatto koinot muammolarini fan va texnika yordamida hal qilish mumkin degan illyuziyani yaratgan texnooptimistik kayfiyatlar kuchaydi Bunday qarashlar «iste’mol jamiyati»ni ijtimoiy rivojlanish maqsadi deb e’lon qilgan ko’p sonli nazariyalarda o’z aksini topdi. Ayni shu davrda «industrial», «postindustrial», «texnotron», «informatsion» jamiyatlarning turli kontseptsiyalarini yaratish ustida faol ish olib borildi.

1957 yilda taniqli iqtisodchi va sotsiolog J.Gelbreyt «Serobgarchilik jamiyati» kitobini e’lon qildi va uning asosiy g’oyalarini keyinchalik o’zining «Yangi industrial jamiyat» deb nomlangan boshqa asarida rivojlantirdi. Uning asarlarida inson fan va texnika sohasida erishayotgan yutuqlarga yuksak va faqat ijobiy baho beriladi, mazkur yutuqlar ta’sirida jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmalarida chuqur o’zgarishlar yuz berayotganiga e’tibor qaratiladi.

Taniqli frantsuz faylasufi R.Aron asarlarida, shuningdek, uning 1956-1959 yillarda Sorbonna universitetida o’qilgan ma’ruzalarida, amerikalik siyosatshunos U.Rostouning 1960 yilda chop etilgan va o’z davrida shov-shuvga sabab bo’lgan «Iqtisodiy o’sish bosqichlari. Nokommunistik manifest» kitobida «industrial jamiyat» nazariyasi yanada to’laroq asoslab berildi.

Bu olimlar fikriga ko’ra, fan-texnika inqilobi ta’sirida «odatdagi» agrar jamiyat o’rnini sanoat jihatidan taraqqiy etgan «industrial» jamiyat egallaydi va bu erda bozor sharoitida ommaviy ishlab chiqarish birinchi o’ringa chiqadi. Sanoatning rivojlanish va texnika yutuqlaridan foydalanish darajasi bunday jamiyat progressivligining bosh mezonlariga aylanadi.



Jamiyat hayotining barcha sohalariga kompyuterlarning keng joriy etilishi Yangi nazariyalar, chunonchi: «postindustrial», «informatsion» (D.Bell, G.Kan, J.Furaste, A.Turen), «texnotron» (Z.Bjezinskiy, J.J.Servan-SHrayber), «o’ta industrial», «kompyuter» (A.Toffler) jamiyati nazariyalari yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Ularda ijtimoiy taraqqiyotning asosiy mezoni sifatida texnika yutuqlari, aniqrog’i faqatgina ular emas, balki fan va ta’limning rivojlanishi amal qiladi. Kompyuter texnikasi negizida yaratilgan Yangi texnologiyalarning amalga joriy etilishi taraqqiyotning muhim mezoni hisoblanadi.

Amerikalik taniqli faylasuf va sotsiolog D.Bell bo’lg’usi ijtimoiy qurilish shakl-shamoyillarini belgilar ekan, hali Internet paydo bo’lishidan ancha oldin shunday degan edi: «SHunga ishonchim komilki, axborot va nazariy bilim postindustrial jamiyatning strategik resurslaridir. Bundan tashqari, o’zining Yangi rolida ular hozirgi tarixning tub burilish nuqtalaridir»2.

D.Bell birinchi burilish nuqtasi sifatida hozirgi jamiyatda «umumiy bilim» sifatida asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylangan fan xususiyatining o’zgarishini qayd etadi. Ikkinchi burilish nuqtasi Yangi texnologiyalar paydo bo’lishi bilan bog’liq bo’lib, ular, sanoat inqilobi davri texnologiyalaridan farqli o’laroq, o’ta moslashuvchan va osongina qayta ixtisoslashtirilishi mumkin. U «Hozirgi texnologiya betakror va ayni vaqtda rang-barang natijalarga erishish uchun ko’p sonli muqobil yo’llar ochadi, bunda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish mislsiz darajada o’sadi. Bular – imkoniyatlar, hamma gap ularni ro’yobga chiqarishda»3, deb qayd etgan edi.

Texnopessimizm fan texnika yutuqlari insoniyatni boshi berk ko’chaga olib kiradiva pirovardda u halok bo’ladi deb hisoblaydi. Ko’rib chiqilayotgan nazariyalarning ayrim tarafdorlari fan-texnika inqilobining salbiy oqibatlariga, xususan atrof muhitning ifloslanishi muammolariga ma’lum darajada e’tibor bergan bo’lsalar-da, lekin, umuman olganda, ularning hech biri bundan 1980-yillarning o’rtalarigacha jiddiy tashvishga tushmadi. CHunki, fan-texnika taraqqiyoti hamma narsaga qodir ekanligiga ishonch haddan tashqari katta edi.

Ayni zamonda 1960-yillarning oxirlaridan ekologik qiyinchiliklardan tashqari aksariyat davlatlar va hatto qit’alarga tahdid solgan boshqa muammolar: aholining nazoratsiz o’sishi, turli mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining notekisligi, xom ashyo resurslari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va boshqalar tobora bo’rtibroq namoyon bo’la boshladi. Tez orada ular fan va falsafa diqqat markazidan o’rin olib, qizg’in bahs va munozaralar predmetiga aylandi.

Ko’rsatilgan muammolarni falsafiy tahlil qilish borasidagi dastlabki urinishlarning o’ziyoq texnokratik tendentsiyalarga zid bo’lgan, keyinchalik «texnologik pessimizm» deb nomlangan qarashlarni namoyon etdi. «ekopessimizm», asosiy e’tibor inson faoliyatining salbiy oqibatlari va atrof muhit muammolariga qaratilgan, ularni yechish imkoniyatlari salbiy tusda ko’rilgan holdir.

Ko’pgina taniqli olimlar va faylasuflar, xususan G.Markuze, T.Rozzak, P.Gudmen va boshqalar o’z o’tmishdoshlarini shafqatsiz stsientizmda4, insonni fan va texnika quliga aylantirishga urinishda ayblab, fan-texnika taraqqiyotiga qarshi chiqdilar. Fan-texnika taraqqiyotiga va umuman ijtimoiy taraqqiyotga qarshi norozilikning Yangi to’lqini yuzaga kela boshladi. Bu to’lqin ta’sirida paydo bo’lgan g’oyalar «aksiliste’mol» jamiyatini asoslashga harakat qilar va «o’rtacha odam»ni ozginaga qanoat qilish lozimligiga ishontirishga qaratilgan edi. Global muammolar paydo bo’lishining aybdorini topishga urinish jarayonida asosiy ayb «zamonaviy texnologiya»ga qo’yildi. Nafaqat fan yutuqlari, balki taraqqiyot g’oyasi ham shubha ostiga olindi. O’z davrida J.J.Russo ilgari surgan «tabiat bag’riga qaytish»ga chorlovlar paydo bo’ldi, iqtisodiy rivojlanishni erishilgan darajada «to’xtatish» taklif qilindi.



Rim klubi. Yuqorida qayd etilgan qarashlardagi tub burilish asosan Rim klubi faoliyati ta’sirida yuz berdi. 1968 yil Rimda o’zining birinchi majlisiga yig’ilgan olimlar, faylasuflar va jamoat arboblarining bu nufuzli xalqaro tashkiloti hozirgi davrning eng muhim umuminsoniy muammolari bo’yicha ma’ruzalar tayyorlash va e’lon qilishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ydi. Bu tashkilotning 1972 yilda e’lon qilingan «O’sish chegaralari» deb nomlangan birinchi ma’ruzasiyoq juda katta shov-shuvga sabab bo’ldi, chunki insoniyat o’zi anglamagan holda «poroxli bochka ustida o’tirib, gugurt o’ynayotgani»ni ko’rsatib berdi. Rim klubining asoschisi va birinchi prezidenti Aurelli Pechchei mazkur tadqiqotga yozgan so’zboshisida shunday deb qayd etgan edi: «Endilikda ona-Erimiz har qanday o’sish sur’atlariga dosh berishga, insonning har qanday erkaliklarini ko’tarishga qodir ekanligiga sog’lom fikrlaydigan odamlarning birortasi ham ishonmaydi. O’sish chegaralari borligi ravshan, lekin ularning qandayligi va qaerdaligini hali aniqlash lozim»5.

Mazkur ma’ruza mualliflari shunday aniqlash bilan shug’ullandilar. Olingan natijalarning muxtasar mazmuni shundan iborat ediki, sayyoramiz hajmining chegaralari muqarrar tarzda inson imkoniyatining chegaralarini ham nazarda tutadi; moddiy o’sish cheksiz darajada davom yetishi mumkin emas; ijtimoiy rivojlanishning haqiqiy chegaralari moddiy omillar bilan emas, balki ekologik, biologik va hatto madaniy omillar bilan belgilanadi. Ular jahon rivojlanishi asosiy tendentsiyalarining kompyuter modelini tuzib, mazkur tendentsiyalar saqlangan holda uchinchi ming yillik boshidayoq insoniyat voqealar ustidan nazoratni butunlay yo’qotishi va natijada halokatga yuz tutishi mumkin, degan to’xtamga keldilar. Bundan ishlab chiqarishning o’sishini to’xtatish, tobora ko’payib borayotgan aholi sonini esa tegishli ijtimoiy siyosat yordamida barqarorlashtirish lozim, degan xulosaga kelindi.



Ma’ruza jahonning ko’plab tillariga o’girildi va dunyo bo’ylab keng tarqaldi, ishlab chiqarishning o’sishini to’xtatish g’oyasi tarafdorlari va muxoliflari o’rtasida qizg’in bahs-munozaralarga sabab bo’ldi. So’ngra navbatdagi ma’ruzalar majmui (bugungi kunda ular yigirmatadan oshib ketdi) paydo bo’ldi. Bu ma’ruzalar umuminsoniy muammolarning ko’pgina jihatlarini yoritib berdi va ularga nafaqat olimlar va faylasuflar, balki siyosatchilar, jamoat arboblari, umuman jahon hamjamiyati e’tiborini qaratdi.



1 А.Pеchchеi . Человечские качества – M.: 1980. – с.7

1Қаранг Р.Т.. dе SHardеn. Феномен человека – M.: 1987. – с.194

2Bеll Сотсиалние рамки инфармационного обўества / Новая технократическая волна на западе – M., 1986. – с.342

3Там же – с.342

4Stsiеntizm (ingl. science – fan) – fanning jamiyat ҳayotidagi rоlini mutlaқlashtiruvchi kоntsеptsiya

5Pеchchеi A. CHеlоvеchеskiе kachеstva. – M.: 1980. – S.123, 124.

Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling