9 mavzu: ibtidoiy tuzumni yemirilishini umumiy yo‘nalishi va sabablari


Download 208.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi208.23 Kb.
#223518
  1   2


9-  MAVZU:  IBTIDOIY  TUZUMNI  YEMIRILISHINI  UMUMIY 

YO‘NALISHI VA SABABLARI  

Dars rejasi:     

1.  Metallni kashf etilishi va uning oqibatlari.   

2.  Bronza va ilk temir davrining arxeologik madaniyati.   

3.  Yevropa arxeologik madaniyatlari.   

4.  O’rta Osiyo arxeologik madaniyatlari.  



5. Ibtidoiy jamiyatni yemirilishining shakllari 

Tayanch iboralar: Metallni kashf etilishi, ilk temir davri, Ispaniya arxeologik 

madaniyatlari, 

Fransiya 

arxeologik 

madaniyatlari, 

Avstriya 

arxeologik 

madaniyatlari, 

Vengriya 

arxeologik 

madaniyatlari, 

Angliya 

arxeologik 

madaniyatlari.   

 

Asosiy adabiyotlar: 

1.    A.I.Pershits.  A.L.Mongayt.  V.P.Alekseev.  Istoriya  pervobitnogoobshestva.    M. 

Nauka. 1968.   

2.  Kosven O.M. Ocherki istorii pervobitnoy kulturi. M. Prosveshenie, 1953.   

3.  Kosven  O.M. Ibtidoiy madaniyat tarixi  ocherklari. T o shkent, O’zbeksiton,  1960.   

4.  Alekseev V.P. P ye rshits A.I. Istoriya p ye rvobitnogoobshestva. M.Visshaya  shkola. 

1990.     



 

Metalni  kashf  etilishi,  ishlab  chiqarilishi  va  uning  oqibatlari        Ibtidoiy 

jamiyatni yemirilishini eng muhim ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan  sababi, bu 

metalni keng ishlab chiqarishni yo’lga qo’yilishi bilan bog’liqdir.  Metall asri 2ta 

davrga:  bronza  va  temir  asriga  bo’linadi.    Bronza  asri  insoniyat  tarixida  bronza 

ishlab chiqarish va uni tosh qurollari bilan  birga ishlashni k ye ng yo’lga qo’yilgan 

davri hisoblanadi. T ye mir asri esa - t ye mir  metallurgiyasini keng tarqalgan davri 

hisoblanadi. Hozirgi paytgacha temir  asri davom    etib kelmoqda.   Ibtidoiy  davrni 

davrlashtirayotgan vaqtda ko’pincha ilk temir davri degan termin  uchraydi.  Bronza 

–  mis  va  qalay,  ayrim  paytlarda  surma,  mishyak  va  svinets,  tsinkning  turli  




aralashmalaridan iborat. 90% mis va 10% qalay eng yaxshi aralashma hisoblanadi.  

Misga nisbatan bronzaning ustunligi faqat uning qattiq yoki yumshoqligida emas,  

balki uni erish temperaturasining pastligida hamdir. Bronza 700-900 S da, mis 1083 

S    da  eriydi.    Lekin  mis  ham,  bronza  ham  toshni  butunlay  siqib  chiqara  olmadi. 

Buning sababi  toshning ishchi   xususiyatlari mis va bronzaga nisbatan yuqori va 

eng  muhim  bu    material  hamma  j  o  yda  uchraydi.  Mis  va  qalayga  b  o  y  bo’lgan 

rayonlar – shu  minerallarni qazib olish va u bilan boshqa xalqlarni ta’minlash bilan 

shug’ullandilar.  Mis Eronda, Kichik  Osiyoda, Arabistonda, Armanistonda, qalay 

esa Eron va  Arabistonda keng tarqalgan.  Yevropada – Ispaniya, Fransiya, Avstriya, 

Vengriya  va  Angliyada  qadimgi  mis    konlari  ochilgan.  Qadimgi  qalay  konlari 

Ispaniya va Angliyada topilgan. Janubiy Xitoy  va Shimoliy V ye tnamda ham mis 

va qalay k o nlari b o r. Qo zo g’iston, O’rta  Osiyo,  Kavkaz, Ural, Irtish va Yenisey 

bo’ylarida ham xuddi shunday metallurgiya markazlari  bor.  Eng dastlabki metall 

qurollar  o’zining  shakli  bilan  to’liq  tosh  qurollarini  shakllini    qaytargan  bo’lsa, 

keyinroq  uning  ko’plab  murakkab  xillari  vujudga  keldi.    Bronza  davrining  aniq 

xronologik ramkalarini berish ancha qiyin. Janubiy Eron  va M ye so po tamiyada 

mil.il. III ming yillik o’rtalarida bronza ma’lum edi.  Xitoyda  bronza mil.av. XVII 

asrdan boshlab ishlatila boshlangan bo’lsa, Amerikada esa faqat I  ming yilliklardan 

boshlangan.      43    Mil.il.  III-II  ming  yilliklarda  bronza  industriyasi  Kichik  Osiyo, 

Suriya,  Falastin,    Kipr  va  Krit,  II  ming  yillikda  esa  butun  Yevropaga  tarqaydi. 

Bronza davrining oxiri u  temir tomonidan to’liq siqib chiqarilgandan keyin tugaydi.  

Temir  bronzaga  qaraganda  qattiq,  turli  shakl  bersa  bo’ladigan  va  keskir  material,  

lekin u tabiatda toza ho lida uchramasligi va qayta ishlanishi qiyin bo’lgan material  

bo’lgani  uchun  ancha  kech  o’zlashtirildi.    Eng  qadimgi  davrlarda  odamlarga 

meteorit  temiri  ma’lum  edi.  Misrda  miloddan    avvlgi  IV  ming  yillik  qabrlarida 

ma’lum edi. Miloddan avvalgi III ming yillikni birinchi  yarmidan boshlab Misrda 

Mesopotamiyada va Kichik Osiyoda uchraydi.  Eng dastlabki o’tda to blab ishlov 

berilgan temir buyumlar  xettlar to mo nidan  bosib olingan Armanistonning mil.il. 

XV  asr  qatlamlarida  uchraydi.  Miloddan  ilgarigi  II    ming  yillikning  oxiriga  kelib 

Yevropada, Rossiyaning janubi, Germaniya va Italiyada  uchraydi. Mil.il. II ming 




yillikning  oxiridan  Falastinda,  Suriya,  Kichik  Osiyo,  Gretsiya    va  Hindistonda, 

Sharqiy  Yevropa,  Afrikaning  markaziy,  shimoliy  va  g’arbiy    tomonlarida  keng 

tarqadi.    Temir  O’rta  Osiyoda  miloddan  avvalgi  VIII-VII  asrlarda  keng  tarqadi. 

Temirni  suyuq holida eritib olish doimo qiyin ish bo’lgan. Uni erishi uchun 1528 S 

issiqlik  kerak    bo’lgan.  Temirni  xamir  holiga  keltirish  uchun  maxsus  pechlarda 

eritilib  unga,  yonidan    qizigan  havo  yuborilgan.  Bu  jarayon  1100-1350  S  havoda 

bo’lgan. Pe chning ostida  og’irligi 1 kg. dan 8 kg gacha bo’lgan xamirsimon temir 

qorishmasi  ajragan  uni  olib    yanchib  qorishmadan  shlaklari  chiqarilib  zichligini 

oshirishgan. Bunday temir ancha  yumshoq hisoblanadi. Lekin juda qadimdan buyon 

temir  buyumlarini  sementlatish  (yoki    uglerodlatish) usuli topilgan  edi  Temirning 

ancha yuqori mexanik sifatlari uni nisbatan  orzonligi va hammaga yetarli ekanligi 

tezda  bronzani  siqib  chiqarishga  imkon  yaratdi.    Temirni  hayotga  joriy  qilinishi 

xo’jalik  yurgizishning  hamma  jabhalariga  ta’sir    etdi,  ayniqsa  d  ye  hqonchilik  va 

chorvachilikni rivojlantirdi N yeolit va eneolitda  dehqonchilik va chorvachilik t o 

sh  industriyasining  unchalik  rivojlanmagan    imkoniyatlari  tufayli  orqada  qoldi. 

Bronzadan yasalgan boltalar ma’lum ma’noda yangi  yerlarni o’rmondan tozalashga 

imkon  yaratdi.  Qo’lda  chopishdan  omochda  yumshatish    usuliga  o’tishga  imkon 

yaratdi.  Omochda yerni yumshatishda dastlab odamdarni o’zlari tortgan bo’lishsa, 

keyin    esa  uni  eshak,    ot,  ho’kizga  almashtirdi.  Qadimgi  haydovda  ishlatilgan 

asboblar ham  yaxshi o’rganilmagan Odatda oddiy yerni yumshatuvchi asboblardan 

yerni haydovchi  asboblarga o’tishganini yozishadi. Lekin bunday usullar geografik 

sharoitlardan kelib  chiqqan.  Bronza davrida juda ko’p joylarda haydov asboblari 

vujudga  kelgan  bo’lsa  ham    faqat  temir  paydo  bo’lgandan  keyingina  turli 

xo’jaliklarni rivojlanishiga olib keldi.  Haydab dehqonchilik qiladigan hududlarda 

hamma joyda ham rivojlanish birday  bo’lmadi. Sharqiy va Janubiy Osiyoda hamda 

Tropik  Afrikada  qo’lda  ishlatiladigan    qurollarga  sodiqligicha  qolishgan.  Bu 

qurollarga ozgina temir qismini qo’shib motiga  dehqonchiligi t o m o n k ye tishdi. 

H  o  zirgi  paytgacha  ekstensiv  haydov  va  intensiv    cho’qmor  (motiga)  d  ye 

hqonchiligi yo’lidan k ye tilganligining sabablarini bilish qiyin  bo’lmoqda. Tahmin 

qilish  mumkinki,    Osiyoning  juda  ko’p  mamlakatlarida  ho  sildor    yerlarning 




yetishmaganligi sabab bo’lgan bo’lsa, Afrikada esa sese pashshasini tarqashi  bo’ldi. 

Haydab  dehqonchilik  qilish  chorvachilikni  rivojlanishiga  ham  olib  keldi.  Bronza  

davri yodgorliklarini qazish paytida t o pilgan uy hayvonlarining ko’pchiligini yirik   

44  shohli mo llarni suyaklari tashkil etgan. De hqonchilikni o’sishi esa bir qism ho 

silni  mollarga berib uni ham sonini ko’payishiga imkon yaratdi. Lekin, podaning 

ko’payishi  daladagi o’tni zahirasini kamayishiga  olib k ye ldi. P o daning ko’payishi 

bilan uning  egalariga daladagi o’tlardan foydalanish maqsadida haydab boqishga va 

qo’shimcha    o’tloqlar  qidirishga  to’g’ri  keldi.  Bir  qism  o’troq  aholi  yarim 

ko’chmanchi  dehqon-  chorvador  (ayrim  j  o  ylarda  d  ye  hqonchilik-baliqchilik-

choravchilik)  xo’jaligini yuritib  dala ishlari sezoni ko’chib yurib chorvachilik qilish 

bilan  almashdi.  Ayrim  qabilalar    dehqonchilik  bilan  shug’ullanishgan  bo’lsa,  b  o 

shqalari  chorvachilik  bilan    shug’ullanishdi.  Ko’proq  cho’l  va  sahro  z  o  nalariga 

yaqin turadigan aholi to’liq  chorvachilik bilan shug’ullanishga o’tishdi.  Bronza va 

ilk temir davrida Yevropaning cho’l hududlarida, Rossiyaning janubi,  Qozog’iston, 

O’rta  Osiyo,  Sibirning  janubi,  Oltoy  o’lkalarida  yarim  ko’chmanchi  va  

ko’chmanchi chorvadorlarning ko’plab makonlari va mozorlari topilgan. Shunday 

qilib,    bronza  davrining    oxiriga  ke  lib  de  hqon-chorvadorlarning  umumiy 

massasidan  yarim    ko’chmanchi  va  ko’chmanchi  chorvadorlarni  ajrab  chiqqanini 

ko’ramiz. Bronza va  temirni ishlatish hunarmandchilikni rivojlanishiga katta turtki 

berdi. Bronza asri kirishi  bilan qilich, harbiy arava va ko’krakka kiyadigan sovut 

paydo  bo’ldi.    Temir  ishlab  chiqarish  kuchayishi  bilan  hunarmandchilik 

mahsulotlarini  soni  va    sifati    oshdi.  T  o  shdan  yasalgan,  suyakdan  yasalgan, 

to’qimachilik  mahsulotlari,    kulolchilik,  bronzani  quyish  va  boshqa 

hunarmandchiliklar odamlar bajarsa, bo’ladigan  ishlar edi. Temir metallurgiyasida 

esa,  alohida  qurilmalar  bo’lishini  talab  qilar  va  yana    muhim  yuqori  malakali 

mutaxassisgina  bu  ish  bilan  shug’ullanishi  mumkin  edi.    Shuning  uchun,  hamma  

odamlar  ham  t  ye  mirchilik  qilisha    olishmadi.  Etnografik    ma’lumotlar  shuni 

ko’rsatadi-ki, ibtidoiy davrda t ye mirchilar hamma y ye rda alohida  qatlamni tashkil 

etishgan.  Ular  ayrim  xalqlarda  juda  obro’-e’tiborli  bo’lishgan  bo’lsa,    boshqa 

xalqlarda  nafrat  uyg’otgan  va  ularga  qo’rqinch  bilan  qarashgan.  Rus  tilidagi  




“kuznes”  bilan  “kozni”  bitta  o’zakdan  olingan.    Bronza  davrida  to’qimachilik 

dastgohi vujudga kelishi bilan to’qimachilik va turli  gazlmalarni ishlab chiqarish 

kuchayadi. Kulolchilik stanogida juda nozik qilib ishlangan  kulolchilik mahsulotlari 

ishlab chiqiladi. Jamoa a’zolarini ichidan ancha talantli  hunarmandlar ajrab chiqadi. 

Xullas, dehqonchilikdan birinchi marta hunarmandchilik  ajrab chiqadi.  Ijtimoiy m 

ye hnat taqsimoti t o varlar ayriboshlashni taqozo qildi. D ye hqonlar  chorvadordan 

go’sht, sut mahsulotlarini, teri va ayniqsa ishchi hayvonlarini olishlari  kerak edi. To 

varlarni ayriboshlash uchun endilikda turli ayriboshlash uchun yaroqli  o’lchovlar 

kerak edi. Bular bir parcha mato, biron hayvon terisi, nodir chig’anoqlar va  ayniqsa 

hayvonlar edi. Bronza davrida esa bunday ekvivalentlar ayniqsa hayvon bo’lar  edi.  

Ayriboshlashni  kuchayishi  bilan  g’ildirakli  aravalar  k  ye  ng  tarqay  b  o  shlaydi,  

yo’llar quriladi, qayiqlar va y ye lkanli k ye malar paydo bo’ldi. D ye hqonchilikdagi,  

chorvachilikdagi,  hunarmandchilikdagi  mehnat  taqsimoti  qurollarni  yaxshiroq 

qilishga,  mahsulot sifatini  oshirishga imkon yaratdi. Inson m ye hnati bilan y ye 

tishtirilgan  mahsulotlar o’zidan  ortib q o ldi va birinchi marta o’ziga k ye rakli va 

qo’shimcha    tovarlarga  bo’lindi.    Birinchi  marta  yirik  mehnat  taqsimoti  mehnat 

unumdorligini oshirishga, boylikni  oshishiga va qulchilikni k ye lib chiqishiga  olib 

k ye ldi. Jamoa  xo’jaliklarni va jamoa   45  mulkni xo’jaliklarga va shaxsiy mulkka 

aylanishiga  olib  keldi.  Alohida  oilalar  vujudga    keldi,  natijada  urug’da  mulkiy 

tengsizlik  kelib  chiqdi.    Xususiy  xo’jalik  va  mulkning  paydo  bo’lishi  bu  tarixiy 

jarayon ediki, bu xususiy  tashabbuskorlikni va natijada ishlab chiqarishni, t o varni 

ko’payishini  va  uni    ayirboshlashni  o’sishga  olib  kelar  edi.    Bu  jarayonga  urug’ 

jamoasi  o’zining  umumiy  xo’jaligi,  bir-biriga  doimiy  yordam    berish    xususiyati 

bilan  yangi  jarayonlarga  qarshi  kurashi  k  ye  rak  edi.  Urug’  ishlab    chiqarish 

munosabatlari allaqachonlar o’zidan o’zib ketgan ishlab chiqarish kuchlariga  to’g’ri 

ke  lmay  qo  lgan  edilar.  Shuning  uchun,  urug’chilik  tuzumi  sinishi  ke  rak  edi.  

Endiliqda urug’ parchalanib, bo’linib turli j o ylarda yashashganini ko’rish mumkin  

(delokalizatsiya). Endilikda urug’chilik aloqalari qo’shinichilik  aloqalariga  aylana  

boshlandi.    Aynan  qo’shnchilik  aloqalari  Marksning  aytishicha,  “qarindosh 

bo’lmagan ozod  aholini birlashtirgan birinchi so tsial uyushma edi” de ydi. O’sha 




davrdagi  dualizmni    K.Marks  quyidagicha  ta’riflaydi.  Bir  tomondan  qishloq 

xo’jaligi  hovlisi,  uning  barcha    jihozlari,  chorvadorlarda  chorva  moli  va  boshqa 

narsalar xususiy mulkka aylandi, lekin  eng asosiysi yerga egalik jamoa mulki bo’lib 

qoldi.    Alohida    xo’jaliklar  qanchalik  rivojlanib  k  ye  tmasin,  baribir  u  butun 

jamiyatni  asosiy yacheykasiga aylana olmadi. Juda ko’p ishlar yerlarni o’rmondan 

tozalash,  ariq,    kanallar  qurilishi  va  tozalanishi,  ko’plab  oilalarni  birgalikda 

ishlashini  talab  etar  edi.    Lekin  territorial  aloqalar  endilikda  urug’  aloqalariga 

nisbatan  ustunlik  qila  boshladi  u    ancha  ilgarilab  ke  tgan  ishlab  chiqarish 

munosabatlari  tomon  intildi.  Endilikda  urug’    aloqalari  alohida  xo’jaliklarni 

rivojlanib  ketishiga  qarashlik  qilmay  qo’ydi.  Jumladan,    endilikda  o’zining 

urug’doshi  bilan  topilgan  mulkni  qaytarmaslik  sharti  bilan  bo’lsa    ham,  yangi 

qo’shnisi  bilan  hisob-kitob  qilib  oldi-berdi  qilindi.  Bunday    oldi-berdilar    hatto 

ko’proq  foyda  olishni  maqsad  qilib  qo’ydi.    Shunday  qilib,  urug’chilik  tuzumini 

yemirilishiga  asosiy  sabab  ishlab  chiqarish    kuchlarining  o’sishi,  metallni  keng 

o’zlashtirilganligi,  yerni  haydab  ekishga  o’tilganligi,    chorvachilikni  o’sishi, 

hunarmandchilikni ajrab chiqishi va o’sishi sabab bo’lgan. Lekin  yer yuzining turli 

tarixiy sharoitlarida bu jarayonlarni turlicha kechganligini ko’ramiz.       


Download 208.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling