9 mavzu: ibtidoiy tuzumni yemirilishini umumiy yo‘nalishi va sabablari
Ibtidoiy jamiyatni yemirilishining shakllari
Download 208.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Ibtidoiy jamiyatni yemirilishining shakllari Ibtidoiy jamiyatni
yemirilishining asosiy bosqichlari Tabiiy sharoitlari qulay bo’lgan Ikki daryo oralig’i, Misr va Hindistonda ibtidoiy jamiyatni qulashi jarayoni mil.il. III-II ming yilliklarda tugagan bo’lsa, ayrim hududlarda bu jarayon h o zirgi paytda ham davom etadi. Bu hamma j o yda tabiiy sharoitlarning turlicha ekanligi, xo’jalik yuritishning va yemirilish shakllarining har xil bo’lishiga qaramay ularning barchasida patriarxat yoki so’nggi matriarxat tuzumi hukmronlik qilar edi. Yuqorida bayon etilgan ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi erkak va ayollar o’rtasidagi mehnat taqsimotini tubdan burib yubordi. Ilgarigi cho’qmor (motiga) bilan yer yumshatishda asosan ayollar kuchi hal qiluvchi bo’lgan bo’lsa, endilikda y ye r haydash erkak kishini kuchini talab qilar edi. Chorvachilik ham asosan erkak kishilarni ishi edi. Endilikda ayollar m yehnati faqat uy yumushlari bilan chegaralana bo shladi. Xuddi shu jarayon jamoat ishlarida ham davom etdi va
xo’jalik ishlarida asosiy shaxs erkak kishi bo’lganligi uchun endilikda onalik urug’i tuzumi o’z o’rnini otalik tuzumiga bo’shatib berdi. Bu har ikki tuzum o’rtasidagi chegara aynan ibtidoiy jamoa tuzumini yemirilishi davriga to’g’ri keladi. Le kin bu jarayon turli jamiyatlarda turli vaqtlarda kechdi. 2. Ota urug’i davri (Patriarxat) Matriarxatdan patriarxatga o’tish davri urug’ning barcha jabhalari xo’jalik, ijtimoiy va ideologik hayotini qamrab oldi. Lekin eng dastlab yangitdan tashkil etilgan iqtisodiy yacheykalar – oilalar va nikoh – oila munosabatlarining barcha jabhalariga ta’sir etdi. Alohida xo’jaliklarning bo’lishi ularni ancha mustahkam, butun jamoalarga bo’lish imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun unchalik mustahkam bo’lmagan nikohlarni o’rniga ancha mustahkam va ikki kishini qo’shilishidan hosil bo’lgan monogam oilalar vujudga keldi. Bunday xo’jalik yuritish tuzumi endilikda erkakni ayolni uyida emas, balki ayolni erkakni uyiga o’tishini taqozo qilar edi (matrilokal emas, patrilokal) va nikohning yangi shakllari vujudga keldi. Ilgari erkak ayolga uylanganda kelinga va uning ota-onalariga arzimagan sovg’alar qilgan bo’lsa, endilikda patrilokal yashash joyiga o’tganligi sababli erkak ayolni mehnat qiluvchi sifatida, ishchi kuchini olayotgani sifatida butunlay sotib olishi yoki uni qimmati hajmida kompensatsiya to’lashi kerak edi. Shunday qilib, sotib oladigan nikoh vujudga keldi (slavyanlardagi veno, turkiy xalqlardagi qalin). Bundan tashqari unchalik keng tarqamagan nikoh turi vujudga keldiki, uni qizni olib qochish (poxishenie, umikanie) odati bilan bog’lashadi. Matriarxat davri odatlari patriarxatga o’z o’rnini osonlikcha bo’shatib bermadi. Matriarxat davrida keng tarqalgan odatlardan biri ke lin-kuyov uylanishgandan ke yin ma’lum muddatda ota-onasini uyida turishi, bolasini tug’ish davrida onasini uyiga qaytishi, erini uyida tursa ham alohida uyda ajralib yashashi, erining qarindoshlaridan qo chishi eri bilan birga jamoat jo ylarida ko’rinmaslik, kelinni o’g’irlash sahnasini ijro etilishi, kabi bir qator odatlar patriarxat davrida ham biroz saqlanib qolgan edi. Patriarxat davriga o’tilsa ham yana bir qator urf-odatlar, shu jumladan bolalarni ona urug’iga tegishli ekanligi saqlandi. Masalan, patrilokal yashash sisMavzusi bo’lishiga qaramay xotinni b o lasi t o g’asini uyiga k ye tdi. Jiyan t o g’asini uyida yashab uning ishlarini qildi. Oila ota-ona va uning bo lalaridan tashkil to pmasdan tog’a va uning jiyanlaridan iborat bo’ldi. To g’aning uyidagi m o lu-mulk ham o’zining farzandlariga emas, balki jiyanlariga tegishli bo’lishi kerak edi. Bunday holat (avankulat yoki otalik), (avankulat – bolalar bilan tog’aning juda yaqin bo’lishi), (otaliq – bolani tarbiyalash uchun ma’lum muddatga tog’asiga berish) Kavkaz xalqlarida, keltlarda, slavyanlarda saqlangan. Bunday odat uzoq saqlanishi mumkin emas edi. Chunki mulkni nasl qoldirish o’z farzandiga emas jiyaniga berilishi uzoq davom etishi mumkin emas edi. Bu narsa bitta yo’l bilan, eski qarindoshlikni avlodni ona urug’i orqali emas, balki ota urug’i orqali sanashga o’tish sisMavzusini joriy qilish kerak edi (ya’ni matrilineynostdan – patrilineynostga o’tish). L ye kin qarindoshlik hisobini ona urug’idan ota urug’iga o’tkazish oson ke chishi mumkin emas edi. O’tish davrida qarindoshlikni aniqlashni aralash uslublari bo’lishi k ye rak edi. Bunday hisoblardan biri qarindoshlikni ikki tomonlama aniqlash uslubi bo’lib, unda odam ham ona urug’iga, ham ota urug’iga tegishli deb hisoblash joriy etildi (bilineynost), bunga ko’ra molu-mulkka merosxo’rlik faqat ona tomonidan emas, balki ota tomonidan ham meros kutish joriy etildi. Lekin, bu ham doim bir- birilari bilan to’qnashuvlarga olib keldi. Matriarxatni patriarxatga o’tishi F.Engels ta’biri bilan aytilsa, insoniyat tomonidan o’tkazilgan eng yirik radikal inqilob hisoblanadi. Ibtidoiy odamlarni ongiga an’ana (tradisiya) juda qattiq singgan bo’lganligi uchun u juda murakkab bo’lgan yo’lni, ya’ni ota-onalar, avlodlar ongiga singib ketgan an’analarni singdirib yangi an’anani qabul qilishi k ye rak edi. Odamlar bu qiyin muammoni hal qilish uchun nimanidir o’ylab topishi ke rak edi. Ular “kuvada” de b atalgan odatni o’ylab topishdi (kuvada – tuxum bosib o’tirish). Ya’ni erkak kishini ayol shakliga kirib bola tug’ish jarayonini takrorlashi odati vujudga keldi. Bunday odatlar XIX asrda Amerikaning indeetslarida kuzatilgan. Unda aytilishicha, ayol farzand ko’rgandan keyin o’zi va bolasi sog’lom bo’lsa, ertasigayoq ishga chiqib ketgan, uning otasi esa o’zini kasalga solib, tug’ish jarayonlarini takrorlab bir necha kun uyda yotgan. Uni qo’ni-qo’shnilar ko’rgani ke lishgan, yangi farzand bilan tabriklashgan. “Kasal” ham bu azoblarni o’zi ko’rganday eshitib o’tirgan va tabriklarni qabul qilgan. Ayrim etnograflar “jinsni almashtirish” (travestizmfrants ayol usti-boshini kiyish) odatini ham shu jarayon bilan bog’lashadi. Ayrim indeetslarda va sibirliklarda erkak kishi o’zini jinsidan v o z k ye chgan, ayol kishini usti-boshini kiyib ayol kishini vazifalarini bajargan. Lekin patriarxatni paydo bo’la b o rishi faqat an’analarni bo’lishi bilangina cheklanmasligi kerak edi. Erkaklarni asta-sekinlik bilan ajrashi jarayoni davom etdi. Ayrim o’troq yashaydigan qabilalarning makonlarida “erkaklar uyi” paydo bo’ldi. Xuddi shu “erkaklar uyi” asosida erkaklarni yashirin ittifoqlari paydo bo’ldi. Ittifoqlar o’zining boshlig’i, o’zlarining yig’ini, ziyofati, o’zlarining diniy marosimlari va o’yin kulgilari bo’lgan. Bu ittifoqlar ayollardan sir tutilgan, lekin ayollar bu olib borilayotgan kurashni bilishgan. Bu ittifoqqa kirish initsiatsiya qilish odati bilan birga bo’lgan va marosimlarda onalik urug’ini hukmronligini va uning o’rniga otalik urug’ini kelishini simvolik ahamiyati tushuntirilgan. Har h o lda bu yig’inlar urug’dan tashqaridagi yig’inlar edi. Bularga qarshi ayollar ham erkaklar ittifoqiga o’xshagan ittifoqlar tuzishdi. Matriarxat o’rniga k ye lgan patriarxat juda murakkab o’ziga-o’zi qarshi turadigan ijtimoiy tuzum edi. Tashqi tomondan u urug’chilik tuzumini eslatar, aslida esa uni ye mirilishi, qulashi jarayonidagi shakli edi. Iqtisodiy jihatdan baquvvat bo’lgan ko’p oilalar bu tuzumga qarshi turishdi va oilalarni bo’lishining o’ziyoq ibtidoiy jamoa tuzumini yemirilishiga olib keldi. Bunday katta oila patriarxal oila edi, uni “katta oila” ham deb atashar edi. Bunday oilalar odatda bir n ye chta uchta-to’rtta avlodni birlashtirgan va ota urug’i qarindoshlaridan iborat – bir va bir nechta aka-ukalar bolalari, nevaralari va chevaralari bilan turishar edi. Oila tarkibiga qullar ham kirgan. Patriarxal oilani 200 va hatto 300 kishidan iborat ekanligi ma’lum. Oila a’zolari birgalikda ye rga ekin ekishgan, mo l boqishgan va ishlab chiqarishning boshqa turlari, oziq-ovqat zahirasi va h.k. Oilani yoshi katta a’zolaridan biri b o shqargan, uning ayollar qismini kattani xotini b o shqargan. B o shliqlar xo’jalik ishlarini taqsimlagan ishni bajarilishini kuzatishgan va h.k. Xullas, bu urug’dan ajragan alohida va sifati jihatidan tubdan farq qiladigan yacheyka edi. Shunga qaramay, o’zining ichida ibtidoiy jamoa ruhini saqlar edi. Buni hammasi davrning iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqdi. Shunga o’xshash patriarxal oilalar tarixiy va etnografik materiallardan ma’lum. P o lineziyada 30-50 kishidan iborat katta oilalar (fale, panto va boshqalar) ma’lum bo’lib, ular bir nechta qo’shni bo’lib turadigan uylardan iborat edi. Patriarxal oila kattalashib boshqa alohida patriarxal oilalarga bo’linishgan. Bu oilalar ham qarindoshlardan iborat mahallani yoki qishloqni tashkil etishgan. Aksariyat hollarda ularning ye rlardan o’rib oladigan o’tloqlari yoki turli vaqtlarda almashtirib turiladigan umumiy y ye rlarga ega bo’lishgan. Bundan tashqari ular o’zaro yordam, ijtimoiy hamkorlik, umumiy to pinadigan ma’buda (kult) va ko’p ho llarda umumiy, yagona avlodga ega bo’lishgan. Buni etnograf olim M.O.Kosven “patronim” deb aytgan (grek tilidan patro – ota, ovoma - ism). Bir otadan tarqalgan patriarxal oilaning barcha a’zolari va patronomiyalar umumiy patriarxal urug’ni tashkil etishgan. Shuningdek ularga ichki umumiylikni ma’lum to mo nlari ma’lum edi. Uruqqa ye rga egalikni bo shqarish, ya’ni oilalar va patronomiyalar o’rtasida bo’lish, agarda to’g’ridan-to’g’ri m ye r o s x o’ri bo’lmasa urug’doshlar merosni bo’lishgan va h.k. Urug’ ekzogamligicha qolgan, lekin ayrim urug’ va qabilalarda patriarxatga o’tish ekzogamiyani buzib tashladi. Uning asosiy sababi patriarxal oilani molu-mulkini saqlab qolish bo’lgan. Ularda ortokuzen nikoh (grek tilidan ordos-to’g’ri va ko uzin-tog’a, amaki) keng tarqaldi. Ijtimoiy hayotda patriarxal urug’lar bir-biriga o’zaro yordam, bir-birini himoya qilish, ideologik jihatdan urug’ning umumiy avlodlarini boshidagi urug’ boshini ruhiga sig’inish, endilikda to te mistik emas, balki antropomorf umumiy diniy bayramlar va yig’ilishlar bo’ladigan bo’ldi. Umuman patriarxal urug’ ichidagi aloqalar ijtimoiy, ideologik va qisman iqtisodiy xarakterga ega edi. Ular ham asta-sekinlik bilan yo’qola b o shladi. Matriarxatdan patriarxatga o’tish paytida urug’ o’zining te rritorial birligini yo’qota bordi. Matrilokal nikohni patrilokal nikoh bilan almashinishi va avlodni ona urug’i tomonidan hisoblanishidan ota urug’i hisobidan hisoblanishiga o’tilishi shunga olib keldi-ki, alohida urug’doshlar guruhiga bo’lindi. Bu guruhlar boshqa xuddi o’zlariga o’xshash urug’ni ichida, yoki butunlay b o shqa qishloqlar hududida yashaydigan bo’lishdi. Hamma y ye rda qaysiki ibtidoiy jamiyatni tugashi juda ham se kinlashgan bo’lmasa patriarxal urug’ning ijtimoiy yacheyka sifatidagi funksiyasi tezda patriarxal oilalarga, boshqa tomondan territorial jamoalarga o’tdi. Patriarxatni o’rnatilishi, ayolni oilaviy va jamiyatdagi ro lini pasayishiga olib keldi. Bunga ayolni sotib olib nikoh qilish odatining vujudga kelishi ham ta’sir etdi. Dastlab nikoh paytidagi b ye riladigan ma’lum miqdordagi to’lov k ye linga b ye riladigan sovg’a-salomday tushunilgan bo’lsa, keyinroq beriladigan qalin pulining ko’payishi munosabati bilan xotinga sotib olinishi mumkin bo’lgan tovar sifatida qaraldi. Qiz so’zsiz o’zining katta qarindoshlariga bo’ysunishi kerak edi. Hatto ayol kishi uyiga qaytib ketishni istasa uning ota-onasi olgan qalin pullarini qaytarib be rishlari kerak edi. Shuning uchun, ayol kishi uchun nikohdan chiqishi mumkin bo’lmay qolgan edi. Xuddi shu davrda levirat odati yuzaga keldi-ki, unda o’lgan akasi yoki ukasini beva qolgan xotiniga majburiy uylanish joriy etildi. Ayolning huquqlari ham kamaydi. Mobodo er-xotin ajrashsa ularning bolalari erida qoladigan bo’ldi. Patriarxal tartib ko’plab yangi qoidalarni joriy etdi. Jumladan, eriga nisbatan xiyonat qiladigan bo’lsa jazolanadigan, hatto o’lim jazosi qo’llaniladigan bo’ldi. Bundan farqli o’laroq erkak kishida ilgarigi jinsiy erkinligi saqlandi. B o y- badavlat erkaklar ayol qullarni sotib olishdi, ko’p joylarda ko’pxotinlilik odati vujudga keldi. Kundalik turmushda ham ayollarni tahqirlaydigan odatlar ayolni erdan ilgari ovqatga qo’l uzatmasligi, xotin kishini eridan oldida yurmasligi, uyiga erdan ke yin kirishi va h.k. Ayol kishi ozmi-ko’pmi ijtimoiy ishlardan ham chetlatildi. Sudlardan, diniy sig’inishlardan, ko’pchilik patriarxal oilalar ayolga xuddi t o zza bo’lmagan odam sifatida qarashdi. Ayniqsa ayollarni hayz ko’rgan payti tuqqan payti shunday sanaldi. Goldlarda ayollar hayz ko’rgan paytda baliq ushlaydigan qayiqlardagi asboblarni ustidan bosib o’tishiga, uylarida tug’ishga va h.k. ruxsat berishmagan. 3. So’nggi matriarxat Ibtidoiy jamiyatni tugash jarayonida hamma vaqt ham matriarxat o’rniga patriarxatni k ye lishi bilan tugamadi. Etnograf olimlardan A.M.Zolotaryov va S.P.Tolstovlarning fikricha ibtidoiy jamiyatni sinfiy tuzumga o’tish jarayoni aynan so’nggi matriarxat davrida bo’lgan. Taraqqiyotning bunday varianti, ya’ni so’nggi matriarxat juda yomon o’rganilgan. L ye kin bu davr ayrim etnografik materiallarda o’rganilgan. Masalan, mikroneziyalilarda, sumatraning malayts-minankabau qabilalari, tog’li Assamning garo, kxasi, tropik Afrikaning ashanti va dagomeya qabilalari aynan so’nggi matriarxat davrida yashayotgan qabilalar hisoblanishgan. Yuqoridagi barcha qabilalarda so tsial tabaqalanish jarayoni b o shlangan bo’lishiga qaramay matriarxatning juda kuchli qoldiqlari saqlanib qolgan edi. Bu narsa shuni ko’rsatadiki, xususiy mulk, sinflar va davlat hali matriarxat to’liq tugamay va uning o’rniga patriarxat kelmay turib paydo bo’lgan. Mikroneziyaliklar kolonizatorlar tomonidan bosib olinishi davrida bitta orolda omoch bilan y ye r haydab d ye hqonchilik qilishgan bo’lishsa, yana b o shqa orolda baliqchilik bilan va ularning birdan-bir uy hayvoni tovuq bo’lgan. Bu orollarning juda kambag’al tabiiy sharoiti ularning hunarmandchiligini nihoyatda chegaralab qo’ygan edi. Asosan toshni ishlash, chig’anoq, daraxt va o’simlik tolasini olish nisbatan rivojlangan edi. Xullas, orollilar ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiy tuzumga o’tish davrida turishar edi. Ular xususiy mulk, ijtimoiy te ngsizlik, nasliy aristokratiya va ayrim joylarda qullarni borligini bilishar edi. Shu bilan birga ularda onalik urug’i tashkiloti yo’qolmagan edi. Sharqiy Mikroneziyadagi orollarda ona urug’i bo’yicha alohida yashovchi urug’larni va onalik uyi jamoalarini b o rligini ko’rish mumkin. Ona uyi jamoalari matrilokal yoki dislokal nikohda 30-40 kishidan iborat alohida xo’jalik yuritishganini bilish mumkin. Mol-mulkni avloddan-avlodga o’tishi ona avlodi bo’yicha bo’lar edi. Ayollar bir qator huquqlar – ya’ni o’zlarining harakati bo’yicha mustaqil bo’lishar, hatto boshqa erkaklar bilan bo’lish huquqigacha saqlangan edi, mabodo er-xotin ajragan taqdirda bola onasi bilan qolishi kerak edi. Tarixda ham xuddi shunday so’nggi matriarxat ho latlarini uchratish mumkin. Tropik Afrikaning Lunda davlatida podshoni o’zini singlisiga uylantirish odati bo’lgan, chunki singlisining o’zi qonuniy davlat boshlig’i, ya’ni taxtning egasi ham hisoblangan. Xuddi shunday h o lat Buganda davlatida ham b o r edi, bu y ye rda davlat b o shlig’i podshoning onasi ham hisoblangan. Bushongo davlatida davlat boshlig’i podsho emas uning onasi hisoblangan. K ongo davlatida taxt dastlab erkak kishi tomonidan emas, balki ayol kishi tomonidan – tog’adan jiyanga berilgan. Qadimgi Misrda d ye yarli d o imo qarindoshlikni ota t o m o nidan hisoblanishiga nisbatan ona tomonidan hisoblanishi ustun turgan. Shuning uchun, odamlarni hayotida amakidan ko’ra to g’a, bo boni otasini dadasidan ko’ra onasining otasi ustun turgan. Misrda va Afrikaning o’rta asrlar tarixida haqiqiy qonuniy podsho bo’lishi uchun yoki o’z singlisiga, qiziga yoki o’gay onasiga (machexa) uylanishi k ye rak edi. Xettlar davlatida ham dastlab taxt ona tomonidan berilar edi. Patriarxat va so’nggi matriarxat bilan birga ibtidoiy jamiyat tuzumini yemirilishini boshqa variantlari ham kuzatilgan. Chukcha, koryak, eskimoslarning bir qismida va Amerika indeetslarida ona urug’i yemirilib bo’lgan, lekin ota urug’i hali shakllanib ulgurmagan edi. Ularning jamiyatlari katta oilalardan tashkil topgan bo’lib, territorial jamoalarga birlashgan edi. Jamiyatdagi asosiy mavqe erkaklarda edi. Bu urug’chilik tuzumini buzilishi davridagi “urug’siz” tuzum emas, balki patriarxatning o’ziga xos turlaridan biridir. Download 208.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling