Ma’ruzachi: PhD. Sh.Qiyosov
“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” FANI
“IQTISODIYOT, BOSHQARUV, SOLIQLAR VA SUG’URTA” KAFEDRASI
REJA:
1. Ijtimoiy soliqning iqtisodiy mohiyati va soliq to‘lovchilari.
2. Ijtimoiy soliqni solish obyekti hamda soliq bazasi.
3. Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi.
Ijtimoiy soliqning iqtisodiy mohiyati
va soliq to’lovchilari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2004 yilgi davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 567-son qaroriga muvofiq 2004 yil 1 yanvardan boshlab mehnatga haq to‘lash fondidan ijtimoiy sug‘urtaga (byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi) majburiy badallar to‘lash o‘rniga mulkchilik shaklidan qat’i nazar yuridik shaxslar mehnatiga haq to‘lash jamg‘armasidan yagona ijtimoiy to‘lov joriy qilindi. Yagona ijtimoiy to‘lov davlat soliq va yig‘imlariga tenglashtirildi.
Ijtimoiy soliqning iqtisodiy mohiyati
va soliq to’lovchilari
2020-yil 1-yanvardan yangi tahrirdagi Soliq kodeksining kuchga kirishi bilan yagona ijtimoiy to’lov o’rniga ijtimoiy soliq joriy etildi. Ijtimoiy soliq iqtisodiy mohiyatiga ko’ra bevosita soliq bo’lib, amaldagi Soliq kodeksining 402-409 moddalariga muvofiq undiriladi.
Soliq kodeksining 402-moddasiga muvofiq, ijtimoiy soliqni soliq to’lovchilari deb quyidagilar e’tirof etiladi:
O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari.
Ijtimoiy soliqni solish obyekti hamda soliq bazasi
Soliq kodeksining 403-moddasiga binoan, ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to’lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning soliq solish ob’ektidir. O’zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko’rsatishga doir shartnomalar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi norezidenti bo’lgan yuridik shaxsga to’lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq solish ob’ektidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |