9-mavzu: ishlab chiqarish jarayoni va ishlab chiqarish operatsiyalari
Ishlab chiqarish operatsiyasi va uning tarkibiy qismlari
Download 53.44 Kb.
|
1 2
Bog'liq9-мавзу
9.2. Ishlab chiqarish operatsiyasi va uning tarkibiy qismlari
Texnologik jarayonning asosiy qismi operatsiyadir. Operatsiya deganda, muayyan mehnat predmeti ustida bir yoki bir necha xodimlar (brigada) tomonidan bir ish joyida jihozlarni qayta sozlamay hamda ishlanadigan buyumlar joyini o‘zgartirmasdan amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonining bir qismi tushuniladi. Demak, operatsiya mehnat predmeti, ish joyi va ijrochi doimiy, o‘zgarmasligi, shuningdek, mahsulot, xizmat yoki jarayon bosqichining tugallanganligi bilan xarakterlidir. Masalan, tokar jihozini qayta rostlamay va ish joyini qayta o‘zgartirmay qismlarga ishlov berish, qismlarni shtampovka2 qilishi, ekskavator temir yo‘l vagonlariga, avtomashinalarga foydali qazilmalarni ortishi, marten pechlarida po‘lat eritish va h.k. Buni misol bilan tushuntiramiz. Tokarlik jihozida detallar avval xomaki, keyin toza qilib ishlanadi, bu ikkala ish bitta jihozda, bitta ijrochi tomonidan bajariladi. Bu ishlov berish bitta operatsiyani ifoda qiladi. Agar xomaki ish bilan toza ish o‘rtasida metallga termik ishlov berilsa yoki bu ishlarni turli ishchilar bajarsa, bu ish uch operatsiyadan iborat bo‘ladi. Operatsiya ishlab chiqarish jarayonining bir qismini tashkil qilganligi uchun mehnat predmetidagi, unga ta’sir ko‘rsatadigan xodimning harakatlaridagi va u xizmat qiladigan jihozlardagi o‘zgarishlarni birga qo‘shib o‘rganish kerak. Demak, mehnatni tashkil etish va normalash uchun operatsiyaning asosini tashkil qiluvchi bu o‘zgarishlarni bir-biridan ajratib, alohida-alohida o‘rganilganda, mehnatni tashkil etish va normalashda ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Operatsiya texnologik jarayonlarni rejalashtirishning, tuzib chiqishning va mehnatni normalashning asosini tashkil qiladi. CHunki jihozlarning butun imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, ularning to‘xtovsiz ishlashiga erishmoq va bu jihozlarda ishlashga qancha ishchi kerakligini bilish uchun operatsiyani bajarishga ketadigan vaqt miqdorini hisoblab chiqish kerak. Ishlab chiqarish jarayonida quyidagi operatsiyalar: qo‘l bilan, qo‘lda bajariladigan, mexanizatsiyalashtirilgan, mashina aralash-qo‘l bilan, mashina bilan bajariladigan, avtomatlashtirilgan va apparatli operatsiyalar bo‘lishi mumkin. Odatda, xodim bir ish kuni (smena) davomida birkitilgan ish usullarini bajarish, bir ish joyidan ikkinchisiga o‘tish va jihozlar (mashinalar) ishlashini faol kuzatish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni bajaradi. O‘z navbatida, jihozlar ishlashini kuzatish ham faol, ham passiv bo‘lishi mumkin. Faol kuzatish – jihozlarni ishlash jarayonida sodir bo‘ladigan buzilishlarini yoki jihozlarning pasportida berilgan parametrlardan chetga chiqishni bartaraf qilish yoki uning oldini olish maqsadidagi kuzatishdir (masalan, pilik uzilganda xom ashyo nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun pilikchi mashinani kuzatishi). Passiv kuzatish esa, bu jihozlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bo‘lmasa ham, ish joyini tashlab ketishi mumkin bo‘lmagandagi kuzatish (masalan, ko‘p jihozlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodim ixtiyoridagi hamma jihozlar ishlab turib, xizmat ko‘rsatishga ehtiyoj bo‘lmaganda). Texnologiya jihatidan operatsiyalar perexodlarga (fazalarga) bo‘linadi. Perexod – operatsiyaning bir qismi bo‘lib, bitta kesuvchi asbob (keskich, freza va h.k.) bilan har bir yangi yuza va yuzalar hosil qilish uchun bir tartibda amalga oshiriladigan ishlov jarayonining tugallanishidir. Binobarin, perexod mehnat predmetiga ishlov berilayotgan yuzaning, qo‘llanilayotgan asbob-uskunalarning va ishlov berishdagi ma’lum tartibning o‘zgarmas birligini taqozo qiladi. Bu shartlarning (ishlov beriladigan yuzami, kesuvchi asbobmi, dastgohni moylash jarayonimi) birortasi o‘zgarishi bilan yangi perexod (faza) boshlanadi. Masalan, mehnat predmetining (biror detalning) yuzasi pog‘onali bo‘lsa, unga bir tekisda ishlov berish(yo‘nish) mumkin emas, har pog‘onaga yaqinlashganda moslama harakatini bir daqiqa to‘xtatib, ikkinchi pog‘onaga o‘tish kerak, mana shu o‘tish – perexod (faza) deb ataladi. Buni tushunib olish uchun yana bir misol keltiramiz. Aytaylik tokar tokarlik stanogida shesternya tayyorlayotganda ingichka temir g‘o‘lani qirqadi, parmalaydi, yo‘nib kertadi (o‘yadi) va kerakli diametrga keltiradi, mana shu ish to‘rt perexod (o‘tish-faza)dan tashkil topgan bitta operatsiyani ifoda etadi. Ishlab chiqarish jarayonining faol elementi hisoblangan texnologik jarayonni (operatsiyani) perexodlarga ajratish (bo‘lish) operatsiyaning texnologik mazmunini tashkil etadi. Ammo usha texnologik jarayonni bajaruvchi, xodimning mehnat samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirib topish va uni har tomonlama hamda batafsil o‘rganish, tahlil qilish uchun, ayniqsa, mahsulotni ko‘plab va yirik seriyalab ishlab chiqarish turlaridagi mehnatni tashkil etishda va normalashda har bir perexodni ham tarkibiy qismlarga bo‘lish foydadan xoli emas. Perexodlar ko‘pincha bir necha proxodlardan iborat bo‘ladi. Perexodlarning, o‘z navbatida, tartib bilan o‘zgarmasdan takrorlanishiga proxod deyiladi. Proxodlar – bu, boshqacha qilib aytganda, mehnat predmeti yuzasiga qayta - qayta ishlov berishdir. Metall kesish jihozlarida kesuvchi asbobning zagotovkani bir necha marta kesib o‘tishi, ya’ni yangi-yangi yuza hosil qilish jarayoni bunga misol bo‘la oladi. Ayniqsa, detallarga mexanik jihatdan qayta ishlov borish jarayonida ko‘p proxodli perexodlar uchraydi. Bunday operatsiyalardagi har xil proxodlarda detallarga beriladigan ishlov maqsadlarini amalga oshirish uchun operatsiyalarni bunday bo‘laklarga bo‘lish etarli emas. SHuning uchun unga ishlov berish jarayonini alohida olingan yoki bir guruh usullarga bo‘lish zarur. Demak, operatsiyaning texnologik jihatdan bo‘linishi, o‘z navbatida, mehnat sarfi jihatidan ham bo‘linishini talab qiladi. Bu erda operatsiya ayrim elementlarining izchilligi, mazmuni, bajarish usuli, sarflangan vaqt miqdori va ularning tarkib loyihasi o‘rganiladi va tahlil qilinadi. Mehnatni normalash ham shunga qarab tuziladi. Operatsiyalarning qismlarga bo‘linishi darajasi mehnat normalarining tahlili va hisob-kitobi qanchalik aniqlikda bo‘lishi kerakligiga bog‘liq. Operatsiyalarning mehnatga nisbatan yoki mehnat jihatidan mayda elementlarga bo‘linishi bir qancha maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi. Ulardan eng asosiylari quyidagilardan iborat: birinchidan, har bir ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyada mavjud bo‘lgan elemetlarning haqiqiy miqdorini aniqlash uchun, odatda, bir xil operatsiyani, bir xil malakali bir nechta xodim ijro etsa ham, ular tomonidan sodir etilgan elementlar miqdori bir xil emas, har xil bo‘ladi; demak, ikkinchidan, har bir operatsiyani bajarishda uchraydigan ortiqcha elementlarni aniqlab, ularni yo‘qotish, hech iloji bo‘lmasa, kamaytirish yo‘l va imkoniyatlarini topish uchun; uchinchidan, operatsiyani bajarish uchun zarur bo‘lgan elemenlar miqdorini aniqlash uchun; to‘rtinchidan, ishlab chiqarish ilg‘orlari tomonidan operatsiyani bajarishda qo‘llanadigan usul va uslublarni topish, har tomonlama tahlil etish, o‘rganish va ularni hayotga tatbiq etish uchun; beshinchidan, operatsiyani bajarish dovomida xodimning ikkala – o‘ng va chap qo‘li, balki ikkala oyog‘i bilan bajarish imkoniyatlari bo‘lgan usullar majmui, usullar, harakatlar va qimirlashlar kabi elementlarini topish, ularni bajarish tartiblari va yo‘llarini aniqlash hamda ishlab chiqarishga keng joriy etish; va nihoyat, oltinchidan, zarur deb tanlangan elementlarni (yuqorida qayd etilgan usullar majmui, usullar, harakatlar va qimirlashlarni) mantiqiy ketma-ketlikda bajarilish tartibini, yo‘lini aniqlash va loyihalashtirish uchun,ettinchidan- Mantiqiy ketma-ketlik (logicheskaya posledovatelnost) bajarilish tartibi va yo‘li bilan to‘g‘ri deb topilgan elementlardan iborat bo‘lgan operatsiyani nisbatan ilg‘or bo‘lgan (o‘ta ilg‘or xodimlar emas)3 tomonidan amaliyotda bajartirib ko‘rish uchun va loyihalashtirish operatsiyaga tegishli o‘zgartirishlar kiritish uchun; sakkizinchidan amaliyotda sinab ko‘rish natijasida operatsiyaning ayrim elementlar bir vaqtning o‘zida (birdaniga ayni zamonda, bir yo‘la) qimirlashlar ni bajarish tartiblarini izlab topish evaziga loyihalashtirilgan operatsiyaga, uning tarkibiga va bajarilish tartibiga tegishli o‘zgaritirishlar uchun ; Va nihoyat, to‘qqizinchidan, to‘g‘riligini isbotlangan birin-ketin bajarilish tartibiga yanada sayqal bnrish natijasida unga haqiqiy sarflanish kera bo‘lgan va har tomonlama asoslangan vaqt normasini hisoblash uchun. Ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo‘lgan har bir operatsiya mehnat sarfi jahatidan yoki mehnatga nisbatan asosan to‘rtga – usullar majmuiga, usullarga, harakatlarga va qimirlashlarga bo‘linadi. Usullar majmui asosan ikki va undan ortiq usullar yig‘indisidan iborat. Masalan, ishlov berilishi zarur bo‘lgan qism (detal) tokarlik jihoziga o‘rnatish va undan bo‘shatib olish usullari majmui, ikkita usuldan: a) ishlov berilishi oldidan qism (detal)ni tokarlik jihoziga mahkamlab o‘rnatish; b) ishlov berib bo‘lingandan keyin detalni jihozdan bo‘shatib olishdan iborat. Har bir usul, o‘z navbatida, tugallangan harakatlar yig‘indisidan iborat. Masalan, jihozni yurgizish usuli ikkita harakatlar yig‘indisidan, ya’ni: a) jihozni yurgizadigan dastakni qo‘lga olish; dastakni kerakli tomonga burash harakatlaridan iborat. YOki bo‘lmasa, jihozni to‘xtatish usuli ham ikkita harakat yig‘indisidan iborat, ya’ni: a) jihozni to‘xtatadigan rukoyatkani qo‘lga olish; b) dastakni kerakli tomonga burash. Odatda, har bir usul bajarilayotgan operatsiyaning tugallangan bo‘lagi yoki qismi hisoblanadi. Usullar asosiy texnologik, mehnat predmetiga bevosita o‘zgarish kirituvchi va yordamchi, ya’ni asosiy texnologik jarayon amalga oshishi uchun yordam beruvchi usullarga bo‘linishi mumkin. Masalan, perexod, mashinaning aylanuvchi qismi bo‘lgan valni xomaki yo‘nib, tekislash quyidagi usullarga bo‘linadi: Detalni patronga yaqinlashtirish. Detalni patronga qo‘yish. Detalni patronga mahkamlash. Jihozni yurgizib yuborish. Tokarlik kesish asbobini yaqin keltirmoq. Yo‘nib tekislash. Kesish asbobini chetga olish. Jihozni to‘xtatish. Detalni bo‘shatib ajratib olish. Detalni patrondan chiqarib olish. Detalni bir chetga olib qo‘yish. 1,10 va 11-usullar_joydan_joyga ko‘chirish: 2-usul-o‘rnatish: 3- va 9-usullar-mahkamlash va ajratib olish: 4,5,7,8-usullar jihozni boshqarish. Bular hammasi yordamchi usullar, deb ataladilar. 6-usul texnologik, ya’ni, mehnat predmetiga bevosita o‘zgarish kirituvchi usuldir. Perexodlarni usullarga bo‘lish ishlab chiqarish turiga va tahlilning batafsil olib borilishiga qarab yoki tarkibiy elementlarga bo‘lingan (differensiyasiya qilingan) yoki yaxlitlashtirilgan perexodlar (fazalar) butun bir usullar majmuiga bo‘linadi. Bu majmualar esa butun bir usullar yig‘indisini o‘z ichiga olib, bir aniq maqsadga qaratilgan bo‘ladi. Differensiatsiya qilingan perexodlar (fazalar) esa oddiy usullardan iborat bo‘ladi. Usullarni texnologik izchilligi yoki texnologik jarayonning davom etishiga ta’sir qiluvchi omillar birligi belgilariga qarab, yuqorida qayd qilganimizdek, usullar majmuiga birlashtirish mumkin. Ma’lum bir bir mehnat predmetini olish, uning joyini o‘zgartirish, undan qo‘lni uzish kabi elemetlarni bajarish uchun ishchining gavdasini, uning o‘zini, oyog‘ini, qo‘lini, qo‘lining panjasini, barmog‘ini bir marta (bir karra) qimirlashi (dvijeniyasi) qimirlash deb tushiniladi. Masalan, qalamni qo‘lga olish harakati quyida ko‘rsatilgan ikkita qimirlash yig‘indisidan iborat: a) qo‘lni qalamga uzatish; b) barmoqlar bilan qalamni qisib ushlash. Ommaviy ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish turlarida har bir qimirlash, o‘z navbatida, mikroelementli qimirlashlarga ham bo‘linishi mumkin. Masalan, qo‘lni qalamga uzatish qimirlashi gavdani rostlash, qo‘lni ko‘tarish va nihoyat, qo‘lni qalamga uzatish kabi mikro qimirlashlar yig‘indisidan iborat. Operatsiyalarni mehnat jihatidan bunday uzviy elementlarga bo‘lish ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish va undagi elementlar tarkibini yaxshilash uchun keng imkon yaratadi, shu bilan birga, ishlab chiqarish ilg‘orlarining ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish sohasidagi maqsadga muvofiq va bajarish uslublarini o‘rganish uchun xizmat qiladi. Ish kuni davomida xodimning mehnati minglab harakatlar va o‘n minglab qimirlashlarni o‘z ichiga olgan harakatlardan va ularning mamjmuidan tashkil topadi. Masalan, charxli tokar stanogida ishlovchi tokar, silliqlovchi jihozlar yordamida mayda qismlarga ishlov berish jarayonida bir ish kuni (smena) davomida 15 mingga yaqin, qayroqchi(zatochnik)-20 mingga yaqin takrorlanuvchi qimirlashlarni o‘z ichiga olgan harakatlarni bajaradi. Operatsiyaning har bir elementini bajarishning maqsadga muvofiq yo‘llarini topish, o‘z navbatida, ish vaqti sarfini qisqartirishga, binobarin, mehnat samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. SHunday qilib, ishlab chiqarish jarayonining bir qismi yoki bo‘lagi bo‘lgan har bir operatsiyani bu xilda texnologik va mehnat jihatidan tarkibiy qismlarga bo‘lib qarash mehnatni tashkil etish va normalash sohasida olib boriladigan ishlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. 1 Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009. – 4 б 2 Штамповка - =издирилган ёки сову= металлни икки былак =олип (штамп) орасига олиб уриб, буюм тайёрламо= 3 Ыта ил\ор ходимлар томонидан синаб кырилганда, улар эришгна натижаларни оз ми=дордаги ходимлар томонидан божарилиши мумкин быладит. Ундан таш=арии, корхоналардаги ходимларнинг катта =исмини, тахминан 70-80 фоизини, мещнат нормаларини ыртача бажарадиган ходимлар салмо\и ташкил этади. Download 53.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling