9-mavzu: ishlab chiqarish jarayoni va ishlab chiqarish operatsiyalari
Download 53.44 Kb.
|
1 2
Bog'liq9-мавзу
9-mavzu: ISHLAB CHIQARISH JARAYONI VA ISHLAB CHIQARISH OPERATSIYALARI 9.1. Ishlab chiqarish jarayoni va uning turlari 2008 yilda boshlangan va bugungi kunda ko‘lami tobora kengayib va chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish — O‘zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo‘lidir. 1 Asoslangan mehnat normalari ish joylarining tashkiliy -texnikaviy sharoitlarini hamda ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olishi uchun mehnatni normalash, ishlab chiqarish jarayonining elementlarini, ish vaqti sarfini va jihozlardan foydalanish vaqtini puxta o‘rganish taqozo qilinadi. Ishlab chiqarish jarayoni deganda, mehnat va tibiiy jarayonlarning mehnat predmetlari (xom ashyo, materiallar, yarimfabrikatlar va h.k.) bilan chambarchas bog‘liq holda amal qilishi natijasida xom ashyodan ma’lum bir turdagi tayyor mahsulotning yaratilishi tushuniladi. Ishlab chiqarish jarayonida xodimlar mehnat qurollaridan foydalanganlari holda xom ashyoga, materiallarga, yarimfabrikatlarga va h.k.larga ta’sir ko‘rsatadilar, oldindan o‘ylab, ularni o‘zgartiradilar va tegishli mehnat mahsuliga aylantiradilar. Bu jarayonda mehnat predmeti bir qancha bosqichlarni bosib o‘tadi. Ularning har biri ishlab chiqarish jarayonining bir qismini ifoda etadi. Mehnat predmetini o‘zgartirishning butun bir jarayoni singari, ayrim juz’iy jarayonlar ham mehnat predmetini o‘zgartiradi, bu odatda, texnologik jarayon deb ataladi. U ishlab chiqarish jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonida texnologik jarayondan tashqari, transport va tekshirish (nazorat) jarayonlari ham bo‘ladi. Transport jarayoni tayyor mahsulotlarni, mehnat qurollarini, xom ashyolarni ortish, tashish va tushirishdan iborat. Tekshirish(nazorat) jarayoni ishlab chiqarish elementlarini, xom ashyolarni va pirovard mahsulot sifatini tekshirish hamda maxsus joylarda sinab ko‘rishdan iborat. Korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlari bir-birlaridan tayyorlab chiqariladigan mahsulotlarining xarakteri, ishlatiladigan xom ashyolari va mahsulot tayyorlash (xizmat ko‘rsatish) texnikaviy usullari va shu bilan birga, tashkil qilish shakllari jihatidan far= qiladi. SHunday qilib, buyum (detal) ishlab chiqarish jarayoni – tashkiliy jihatdan bir-biri bilan bog‘langan juz’iy jarayonlar majmuidir. Bu jarayonlar asosan quyidagilardan iborat: a) ishlanish darajasi, turli bosqichda asosiy va yordamchi materiallarni olish, ularning saqlanishini va bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga tashilishini nazorat qilish jarayonidan; b) har bir ish joyini ishga yoki xizmat ko‘rsatishga shay qilib qo‘yish va bu erda ish davom etishiga shart-sharoit yaratish uchun kerakli asbo-uskunalar bilan ta’minlash jarayonidan; v) texnologik jarayon, ya’ni predmetining shaklini, hajmini, tashqi va ichki ko‘rinishini, xususiyatini va holatini o‘zgartirish natijasida tayyor mahsulotga aylantirish yoki ayrim bo‘laklarni bir butun (uzel, agregat, buyum) qilib yig‘ish yo‘li bilan bevosita mahsulot tayyorlash jarayonidan; g) qismlar va tayyor buyumlarning, ularga qo‘yilgan talablariga muvofiq ishlangan-ishlanmaganligini, yig‘ilgan-yig‘ilmaganligini aniqlash uchun texnikaviy nazoratni tashkil etish va sinovdan o‘tkazish jarayonidan; d) tayyor mahsulotni, qismni maxsus idishlarga joylash yoki taxlash va ehtiyot qilib saqlash jarayonidan. Ishlab chiqarish jarayonining strukturasini o‘rganish uchun jarayon qanchalik oqilona loyihalanganini, uning tarkibi va tarkibiy qismlari texnologik va tashkiliy jihatdan bir-biriga uyg‘unligini aniqlash kerak. Mehnatni normalash uchun ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiradigan mehnatning xarakteri asosiy rol o‘ynaydi. Bu jihatdan ishlab chiqarish jarayonlari: qo‘lda bajariladigan mehnat jarayoniga, qo‘lda bajariladigan mexanizatsiyalashgan jarayoniga, mashina aralash qo‘l mehnati jarayoniga, mashinalashgan jarayonga, avtomatlashtirilgan va apparaturali jarayonlarga bo‘linadi. +o‘lda bajariladigan mehnat jarayoni deganda, ayrim yoki bir guruh (brigada) ishchilarning bevosita odam a’zolari yordamida yoki odamning o‘z energiyasi hisobiga ishlatiladigan oddiy qo‘l mehnati =o‘rollari (kurak, bolg‘a,arra va h.k.) yordamida yoki bularsiz ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishi tushuniladi. Masalan, qolip quyish, tayyor mahsulotni idishlar (taralar)ga joylash, detalni egovlash, paxta, sabzovatlarni yig‘ib-terish kabilar qo‘lda bajariladigan mehnat jarayoniga kiradi. +o‘lda bajariladigan mexanizatsiyalashtirilgan jarayon deganda, biron energiya turi hisobiga ishlatiladigan oddiy mehnat qurollari yordamida qo‘lda bajariladigan jarayon (elektr parmada parmalash kabi) tushuniladi. Mashina aralash qo‘l mehnati jarayoni deganda, ishlab chiqarish jarayoni ayrim xodimlar yoki bir guruh xodimlarning (brigada) bevosita ishtiroki bilan mexanik mehnat qurollari yordamida amalga oshirilishi tushuniladi. SHu bilan birga, bir vaqtning o‘zida mashina quvvatidan ham, kishining kuchidan ham foydalanishga erishiladi. Bunga yana xodim tomonidan qo‘l kuchi bilan ishlatiladigan mexanizmlar yordamida bajarilgan jarayonlar ham kiradi. SHaxtada kon qazuvchining bolg‘a bilan ko‘mirni urib tushirishi, presslarda rezina buyumlarni kesish, tikuv mashinasida keyim-kechak tikish, qo‘l bilan harakatga keltiriladigan tokarlik jihozida detallarni yo‘nish, parmalash jihozida detallarni teshish va hokazolar bunga misol bo‘la oladi. Mashina mexanizmlari yordamida (apparatlardagi issiqlik energiyasi, elektr energiyasi yoki kimyoviy energiya hisobiga) texnologik ta’sir etiladigan, yordamchi ishlar esa qo‘lda bajariladigan (yarimfabrikatlarni zapravka qilish, uzilgan iplarni ulash kabi) jarayon, mashina (apparatura) jarayoni, deb ataladi. Yigiruv, to‘quv ishlab chiqarishidagi (qo‘lda proborka qilishdan tashqari) hamma jarayonlar (xom surpni qozonlarda qaynatish va h.k.) mashina jarayonlariga kiradi. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayoni mashinalashgan jarayondan shu bilan far=lanadiki, unda mashinaning o‘zi avtomatik suratda harakat qiladi, xodim esa uning avtomatik ishlashini faol kuzatib boradi. Bunga avtomat jihozlar, robotlar, avtomat to‘qimachilik jihozlari va h.k.lar misol bo‘la oladi. Apparatura bilan ishlaydigan ishlab chiqarish jarayonida bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar mehnat predmetiga issiqlik, quyosh, elektr yoki kimyoviy energiya bilan ta’sir etuvchi muayyan konstruksiyadagi apparatlar orqali amalga oshiriladi. Bunda ishchilar yoki ishchilar brigadasi apparatning ishini faqat kuzatib, ishlab chiqarish jarayonlarining borishini yo‘lga solib (regulirovka qilib) turadi. Bunga masalan, vargankada cho‘yan eritish, detallarni chiniqtirish, toblash va sementlash, metallarga termik ishlov berish, kimyo va oziq-ovqat sanoatidagi ko‘pgina jarayonlar, domna pechlarida cho‘yan eritish, elektr va marten pechlarida po‘lat eritish, shisha zavodlarida shishalarni eritib qaynatish, chinni pishirish kabi jarayonlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Ishlab chiqarish jarayonining yuqorida ko‘rsatilgan tartibda turlarga bo‘linishi faqatgina mehnatni tashkil etish va uni normalashdagina emas, balki xodimlarni mehnatining turlari bo‘yicha statistik taqsimlashda, mehnat jarayonini mexanizatsiyalash va uni tashkil etishni takomillashtirishda ham katta rol o‘ynaydi hamda ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish)ni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish hisobiga mehnat samaradorligini yanada o‘stirish yo‘llarini aniqlash imkonini beradi. Ishlab chiqarish jarayonlarining vaqt-vaqti bilan takrorlanib turishi ularning asosiy qismi bo‘lgan texnologik jarayon qanchalik davom etishiga bog‘liq. SHunga qarab, ishlab chiqarish jarayonlari to‘xtab ishlaydigan (bu, o‘z navbatida, siklli va davriy jarayonga bo‘linadi) va to‘xtovsiz ishlaydigan jarayonlarga bo‘linadi. Siklli jarayonlarda ishlab chiqarish jarayoni dam to‘xtab, dam takrorlanib turadi, davriy jarayonlarda esa bir siklning boshidan to oxirigacha u qadar to‘xtalish bo‘lmaydi, shuning uchun bu erda jarayonning uzoq davom etishi bilan o‘lchanadigan to‘xtalishni siklli deb ayta olmaymiz. Siklli to‘xtab ishlaydigan jarayonlarga asosan mexanik jarayonlar, davriy to‘xtab ishlaydigan jarayonlarga avtomatik jarayonlar, to‘xtovsiz ishlab chiqarish jarayoniga apparaturalarning ishlashi kiradi. Bunda issiqlik energiyasi yoki yana boshqa turdagi energiyalar, kimyoviy moddalar ta’siri ostida ishlov berilayotgan mehnat predmetining jismiy-kimyoviy xususiyatlarida to‘xtovsiz o‘zgarishlar yuz berib turadi. To‘xtovsiz ishlab chiqarish jarayonlarida texnologik omil (faktor) sifatida davriylik alomatlari bo‘lmaydi, chunki ish jarayonining to‘xtab - to‘xtab davom etishi va qaytalashi texnologik jihatdan qancha davom etishi bilan belgilanmasdan, balki bir ta’mirlash bilan ikkinchi ta’mirlash o‘rtasida jihozlarning ishlash muddati bilan yoki turli tashkiliy - texnikaviy sabablarga ko‘ra, ishlanadigan xom ashyoning berilmay qolishi bilan belgilanadi. Har bir ishlab chiqarish jarayonida ishlov berish (qayta ishlash) siklli bo‘ladi. Bu sikl ishlov beriladigan har bir mahsulot birligiga ketgan vaqtdir. Jarayon qanchalik avtomatlashtirilgan bo‘lsa, undagi sikllilik shuncha kamayadi. Bunda ijrochining mashinani rostlash, texnologik jarayonning borishini kuzatib turish, ish joyiga xizmat ko‘rsatishga doir yordamchi ishlar bilan shug‘ullanish, ish joyini joriy ta’mirlash kabi vazifalari ko‘payadi. Aksincha, ishlab chiqarish jarayoni qancha kam avtomatlashtirilgan bo‘lsa va uzoq davom etsa, sikllilik shuncha ortadi, ishchining operativ vazifalari shuncha ko‘payadi. Ishlab chiqarish jarayonlari asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlariga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarish jarayonlari shunday jarayonki, ularning yordamida xom ashyolar, yarimfabrikatlar, materiallar tayyor mahsulotga aylanadi. To‘qimachilik korxonalarida bunday jarayonlarga surplarni to‘qish, arqonlarni yigirish, to‘qilgan surplarni qozonlarda qaynatish, ularni bo‘yash va h.k.lar misol bo‘ladi. YOrdamchi ishlab chiqarish jarayoni esa, asosiy ishlab chiqarish jarayoni to‘xtovsiz, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi (davom etishi)uchun kerakli sharoit yaratib beradi. Bunga korxonaning o‘zi uchun elektr energiya, bug‘, issiq suv, ehtiyot qismlar ishlab chiqarish, jihozlarni, asbob-uskunalarni ta’mirlash, xom ashyolarni, tayyor mahsulotlarni omborxonada saqlash kabilar misol bo‘la oladi. Download 53.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling