9-mavzu: kasbiy faoliyatni samaradorligini oshirishda hissiy- irodaviy va shaxsiy fazilatlarning o‘rni. Reja
Download 234.51 Kb. Pdf ko'rish
|
9-ma\'ruza
Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlar:
His-tuyg'ular, ehtiyojlar, emosional, emosiya, affekt, kayfiyat, kuchli hiyajonlanish (stres), ehtiroslar, quvonch, hayratlanish, g'azablanish, nafratlanish,qo'rquv, hissiy zo'riqish, Iroda, shaxs, faollik, undovchi, tormozlash,lokallashtirish, irodaviy akt, intilish, istak, irodaviy zo'r berish, abuliya, apraksiya,yalqovlik, qat'iylik. ehtiyojlarning paydo bo'lishiga yoki boshqalarning yo'qolishiga, kishi organizmi ichida yuz beradigan jarayonlardgi o'zgarishlarga olib boradi. Kishining tevarak-atrofida va uning o'zida yuz berayotgan o'zgarishlar kishi uchun qanchalik katta ahamiyatga ega bo'lsa, his-tuyg'u kechinmalari ham shu qadar chuqur bo'ladi. Shunga ko'ra ro'y beradigan muvaqqat bog'lanishlar sistemasining jiddiy qayta qurilishi katta yarim sharlar qobig'i bo'ylab tarqalgan holda qobiq osti markazlariga ta'sir qiladigan qo'zg'alish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Miyaning katta yarim sharlar qobig'ining pastroqdagi bo'lmalarida organizm fiziologik faoliyatining har xil markazlari: nafas olish, yurak-qon tomirlari, ovqatni hazm qilish, ichik sekresiya bezlarini ishlatish va boshqa markazlar joylashgandir. Shuning uchun qobiq osti markazlarining qo'zg'atilishi bir qancha a'zolar faoliyatining kuchayib ketishiga olib keladi. Shu boisdan ham histuyg'ularning kechirilishi nafas olish maromining (kishi hayajonlanganidan bir lahza nafasi chiqmay qoladi, og'ir va o'xti-o'xtin nafas oladi) va yurak ish faoliyatining o'zgarishi (yurak urishdan to'xtab qoladi yoki tez-tez ura boshlaydi) bir vaqtda sodir bo'ladi, organizmning ayrim qismlariga qon kelishi o'zgarib (uyalganidan rangi qizarib, qo'rqqanidan oqarib ketadi), sekresiya bezlarining ishi buziladi (g'am-g'ussa ko'z yoshi to'kilishiga sababchi bo'lsa, hayajonlanib ketganda og'iz quriydi, qo'rqqanida badandan «sovuq» ter chiqadi va hoqazo. Tananing ichki a'zolarida yuz beradigan jarayonlarning qayd qilinishi va kishining o'zi tomonidan kuzatib borilishi nisbatan oson. Shu sababdan ham qadimgi zamonlardan buyon ularni ko'p hollarda his-tuyg'ularning sababchisi deb hisoblab kelingan. Xalq orasida haliga qadar ham «yuragim sezib turibdi», «yuragim g'ash» va shu kabi iboralar saqlanib qolgandir. Download 234.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling