9-mavzu: kasbiy faoliyatni samaradorligini oshirishda hissiy- irodaviy va shaxsiy fazilatlarning o‘rni. Reja
Download 234.51 Kb. Pdf ko'rish
|
9-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muxandis xodimlar faoliyati samaradorligini oshirishda hissiy-irodaviy va shaxsiy fazilatlarning o’rni.
Irodaviy akt (irodaviy harakat)da uni motivlashtirishning barcha uchto tomoni faollik
manbai, uning yo'nalganligi va o'z-o'zini boshqarish vositalari namoyish qilingandir. Irodaviy aktning bo'g'inlari. Irodaviy harakatlar sababli har doim ozmiko'pmi darajada anglanilgan xarakterda bo'ladi. U yoki bu ehtiyojning qanchalik anglanilganligiga bog'liq holda intilish va istakni ham farq qilsa bo'ladi. Intilish ham differensiyalashmagan, еtarli darajada anglanilmagan extiyojdan iborat faoliyat motivi. Istak faoliyatinning motivi sifatida extiyojning еtarli darajada tushunib еtilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda faqat extiyoj ob'yekti emas, balki uni qondirishning mumkin bo'lgan yo'llari ham tushunib еtiladi. Faoliyatning butun sabablari kishining yashash sharoitlarini aks ettirish va uning extiyojlarini fahmlash natijasi hisoblanadi. Ana shu sabablar orasida hayotning har bir daqiqasida bir xillari ko'proq, boshqalari kamroq ahamiyatga ega bo'ladi. Kishida turli extiyojlar ahamiyatining o'zgarishi munosabati bilan motivlar kurashi paydo bo'ladi, bir istak boshqa istakka qarama-qarshi qo'yiladi. Muhokama va motivlar kurashi natijasida qaror qabul qilinadi. Ya'ni muayyan maqsad va unga erishish usuli tanlanadi. Paydo bo'lgan qarorni muntazam ravishda bajarmaslik irodasi kuchsizligini ko'rsatadi. Irodaviyxatti-harakatning so'nggi jihati ijrodir. Unda qaror harakatga aylanadi. Ijroda, irodaviy xatti-harakatda yoki ishlarda kishi irodasi namoyon bo'ladi. Kishining irodasi haqida birgina yuksak g'oyaviy motivlarga qat'iy qaror va niyatlarga qarab emas, balki ishlarga qarab hukm chiqarish kerak. Muxandis xodimlar faoliyati samaradorligini oshirishda hissiy-irodaviy va shaxsiy fazilatlarning o’rni. Muxandis xodimlarida irodaviy fazilatlarni shakllantirish faoliyat samaradorligini ta’minlovchi psixologik omillardan sanaladi. Muxandis xodimlari o’z kasbiy vazifalarini benuqson bajarishlarini qiyinlashtiradigan, ba’zan xizmat faoliyatlarida maqsadga erishish uchun to’sqinlik qiladigan turli to’siqlarga duchor bo’ladilar. Bunday vaziyatlarda ular ushbu qiyinchiliklar va to’siqlarni engishga undovchi iro- daviy fazilatlarini namoyon qilishlari muhimdir. Irodaviy ko’nikmalarni rivojlantirish uchun mashg’ulotlar jarayoniga qo’yilgan vazifani bajarishga to’sqinlik qiluvchi muayyan elementlar, to’siqlarni kiritish katta yordam beradi. Irodani mustaqil tarbiyalash usullari quyidagi shartlarni o’z ichiga oladi: 1) irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishdan boshlash; 2) qiyinchiliklarni va to’siqlarni bartaraf etish ma’lum maqsadga erishish uchun amalga oshirilishini tushunish; 3) qabul qilingan qaror bajarilishi kerakligi; 4) maqsadga erishish bosqichlarini ko’ra olish juda muhimdir. Irodani tarbiyalashni arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat qilishdan boshlash kerak. Dastlab unchalik katta bo’lmagan qiyinchilikni, vaqt o’tishi bilan kattaroq qiyinchiliklarni muntazam ravishda enga borib, kishi o’zining irodasini mashq qildiradi va chiniqtiradi Muxandisxodimlarining kasbiy faoliyatida hissiy-irodaviy holatlarning o’rni beqiyosdir. Chunki xodimning murakkab vaziyatlarda qulay ruhiy holatni saqlash qobiliyati faoliyat samaradorligini ta’minlovchi omillardan biri sanaladi. Xodimning hissiy-irodaviy turg’unligi quyidagilarda namoyon bo’ladi: – ekstremal vaziyatlarda harakat samaradorligini pasaytiruvchi, adashishlar tug’diruvchi psixologik reaktsiyalarning yo’qligi; – psixologik jihatdan murakkab sharoitlarda kasbiy vazifalarni bexato bajarish; – kasbiy ziyraklikni saqlash, tavakkal, xavf-xatar, kutilmagan vaziyatlarga nisbatan oqilona ehtiyotkorlik bilan yondashish. Shu nuqtai nazardan xodim faoliyatining samaradorligi ko’p jihatdan o’z xatti-harakatlarini boshqara olishi, o’z his-tuyg’ularini nazorat qila olishiga bog’liq. Shuningdek, muxandisxodimlarining o’zlarini irodaviy boshqara olishi, murakkab vaziyatlarda tezkor, oqilona qarorlar qabul qilishi kasbiy qobiliyati bilan belgilanadi. Ya’ni xodim o’zini irodaviy boshqarish orqali salbiy hissiyotlarni yo’q qilishi, o’zida ishonch hissini uyg’otishi, diqqatini bir joyga jamlashi va butun kuchini qo’yilgan vazifani bajarishga safarbar etishi uning asosiy sifatlaridan sanaladi. Xodim o’zining psixologik holati va xatti-harakatlarini boshqara olmasligi uning irodasi sustligi, ijtimoiy-psixologik sharoitlarga moslashish qobiliyatining pastligidan dalolat beradi va bu aksariyat hollarda salbiy oqibatlarga olib kelishi barchaga ma’lum. Shu bois xodimlarning hissiy-irodaviy o’zini o’zi boshqarish yo’llari va usullarini egallashlari bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biridir. Xizmat faoliyatida kuchli irodaga ega bo’lgan, o’z hissiyotlarini boshqara oladigan, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashishda o’zining jismoniy va aqliy imkoniyatlaridan oqilona foydalana oladigan xodim ko’proq muvaffaqiyatga erishadi. Shu ma’noda hissiy-irodaviy boshqarishning asosiy maqsadi ham xodimning o’z ichki imkoniyatlaridan yuqori darajada foyda- lanishiga, ijodiy salohiyatining ochilishiga, kasbiy xislatlari va qobiliyatlari namoyon bo’lishiga yordam beradigan alohida psixologik xususiyatlarni shakllantirishdan iborat. Download 234.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling