Raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firma ishlab сhiqarish omillaridan birining narxi oshganda qanday qaror qabul qilishini kо‘rib сhiqamiz.
Chekli xarajat - qo'shimcha mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun qo'shimcha, ya’ni qo'shimcha xarajatlar, umumiy xarajatlarning o'zgarishi mahsulot hajmining o'zgarishiga (va qisqa muddatda - umumiy o'zgaruvchan xarajatlarning mahsulot hajmining o'zgarishiga bo'linishiga) teng.
Bozordagi narx P va firmaning boshlang‘ich (ishlab chiqarish omillari narxi о‘zgarmagandagi) chekli xarajat MC va firma foydasini maksimallashtiruvchi ishlab chiqarish hajmi Q bо‘lsin deylik.
1 - rasm. Chekli xarajatning ishlab chiqarish hajmiga bog‘liqligi
Faraz qilaylik, ishlab chiqarish omillaridan birining narxi oshdi deylik. Omil narxining oshishi chekli xarajat MC1 ni yuqoriga chapga MC2 ga siljitadi. Nima uchun deganda, har bir ishlab chiqariladigan mahsulot xarajati oshadi. Foydani yangi chekli xarajatda maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi Q2 ni tashkil qiladi, ya’ni Q2 hajmda
P = MC2
Shunday qilib, ishlab chiqarish omili narxining oshishi firmani mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqartirishga majbur qiladi.
Agar firma ishlab chiqarishni Q1 hajmda davom ettirganida shtrixlangan sohaga teng bо‘lgan zararni kо‘rgan bо‘lar edi.
Shtrixlangan soha firma
foydasining yo’qotilishi
mumkin bо‘lgan qismini
ifodalaydi.
Qisqa muddatli oraliq’ida firma kapitali miqdori о‘zgarmaydi, shuning uchun u foydani maksimallashtiradigan о‘zgaruvchan ishlab chiqarish omillari hajmini tanlashi lozim bо‘ladi. Ma’lumki, foydani maksimallashtirish bu umumiy daromad bilan umumiy xarajatlar ayirmasini maksimallashtirish demakdir, ya’ni
TR - umumiy daromad;
TC - umumiy xarajatlar.
4. Korxona rentabelligi
Xo‘jalik faoliyati samaradorligining umumlashtiruvchi mezon ko‘rsatkichi rentabellikdir.
Rentabellik - xo‘jalik faoliyatining samaradorlik darajasini bildiruvchi ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, u ma`lum vaqt (yil,oy,kvartal) davomida ishlab chiqarish faoliyatining foydaliligi (yoki zararliligini) ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |