9 mavzu. Korxonaning daromadi va foydasi Optimal ishlab chiqarish hajmlarini aniqlash va daromadni maksimal darajasini aniqlash


Download 307.73 Kb.
bet1/4
Sana14.12.2022
Hajmi307.73 Kb.
#1004851
  1   2   3   4
Bog'liq
9 mavzu. Korxonaning daromadi va foydasi


9 mavzu. Korxonaning daromadi va foydasi
3. Optimal ishlab chiqarish hajmlarini aniqlash va daromadni maksimal darajasini aniqlash
4. Korxona rentabelligi
3. Optimal ishlab chiqarish hajmlarini aniqlash va daromadni maksimal darajasini aniqlash
Xarajatlarni kamaytirishning hal qiluvchi sharti doimiy texnologik taraqqiyotdir. Yangi texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, texnologiyani takomillashtirish, ilg‘or materiallarning turlarini joriy etish mahsulot tannarxini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.
Ishlab chiqarishning o‘sishi bilan korxonaning foydasi nafaqat xarajatlarning kamayishi, balki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sonining ko‘payishi hisobiga oshadi.
Shunday qilib, mahsulot ishlab chiqarish hajmi qanchalik katta bo‘lsa, korxona tomonidan olingan foyda shuncha ko‘p bo‘ladi.
Mahsulot tannarxini pasaytirish uchun kurashda eng muhim narsa bu korxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatining barcha sohalarida qat’iy iqtisodga rioya qilishdir.
Mamlakatimizda iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga turli darajadagi juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. Omillarning ta’sir darajasi salmog‘ining katta yoki kichik bo‘lishi, muhim yoki muhim emasligiga qaramay, har biri natija tavsifidagi o‘zgarishlarda o‘z o‘rniga ega.
Korxonalarning biznes faoliyatida yuqori samaraga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ham iqtisodiy sub’ektlarni rivojlantiruvchi muhim omillardan biri sanaladi. Ushbu omil iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda, ham mikro (korxona miqyosida), ham makro (korxonalar miqyosida) darajada katta ahamiyatga ega.
Mamlakatimiz iqtisodiyotidagi islohatlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish ekanligi belgilab qo‘yilgan. Demak, bu boradagi ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir.

Download 307.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling