9 mavzu. Korxonaning daromadi va foydasi Optimal ishlab chiqarish hajmlarini aniqlash va daromadni maksimal darajasini aniqlash


Korxona rentabelligi olingan foydani qilingan sarflarga taqqoslash orqali aniqlanadi va u foizlarda o‘lchanadi


Download 307.73 Kb.
bet3/4
Sana14.12.2022
Hajmi307.73 Kb.
#1004851
1   2   3   4
Bog'liq
9 mavzu. Korxonaning daromadi va foydasi

Korxona rentabelligi olingan foydani qilingan sarflarga taqqoslash orqali aniqlanadi va u foizlarda o‘lchanadi.
Rentabellik nazariyasida uning bir qancha turlari mavjud bo‘lib, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
- sotish rentabelligi;
- asosiy faoliyat rentabelligi;
- xususiy kapital rentabelligi;
- asosiy kapital ( fondlar ) rentabelligi;
- permanent kapital rentabelligi;
- aylanma kapital rentabelligi;
- qarzga olingan kapital rentabelligi;
- real asosiy kapital rentabelligi;
- investitsiyalangan kapital samaradorligi.
1. Sotish rentabelligi deganda, xar bir sotilgan maxsulot summasiga qancha xarajat qilinganlik darajasi tushuniladi.
Demak, bu ko‘rsatkich sotilgan maxsulot kiymati bilan ana shu maxsulotni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni takkoslash asosida yuzaga keladi. Bunday koeffitsient baxolash siyosatidagi o‘zgarishlarni va sotilgan maxsulot tannarxini nazorat qilish bo‘yicha korxonaning qobiliyatini tavsiflaydi.
Sotish rentabelligini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:

2.Asosiy faoliyat rentabelligi- ishlab chiqarishning foydaliligi, natijaliligidir. Bu ko‘rsatkich ishlab chiqarish samaradorligini tavsiflaydi va quyidagicha ifodalanadi:

3. Xususiy kapitalning rentabelligi - korxona (firma), tarmoq xususiy kapitalining foydaliligi va natijaliligidir. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Bunday koeffitsient xususiy kapitaldan foydalanish darajasini, ya`ni korxona tomonidan xususiy kapitalning o‘rtacha qiymatiga kancha sof foyda olinganligini ko‘rsatadi.
4.Asosiy kapital (fondlar) rentabelligi - asosiy fondlar va boshqa oborotdan tashqari aktivlarning foydaliligi. U quyidagicha aniklanadi:
5. Permanent kapital rentabelligi - permanent kapitalning foydaliligi, natijaliligidir. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi:


Download 307.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling