9-Mavzu: Ma’muriy javobgarlikning asosiy xususiyatlari Reja


Download 29.81 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi29.81 Kb.
#1330852
Bog'liq
74598 9-мавзу


9-Mavzu:Ma’muriy javobgarlikning asosiy xususiyatlari


Reja:
1.Ma’muriy javobgarlik tushunchasi
2.Mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi

Ma’muriy javobgarlik tushunchasi


Ma’muriy javobgarlik — yuridik javobgarlikning alohida turi hisoblanadi. Bir vaqtning o'zida, ma’muriy javobgarlik ma’muriy- huquqiy majburlovning ko'rinishi bo'lib, uning barcha xususiyatlariga egadir.Ma’muriy javobgarlikka yuridik javobgarlikning barcha xususiyatlari ham xosdir. U huquqiy normalar asosida o'rnatiladi, shaxs tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qo'llaniladi va vako­ latli davlat organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan o’rnatilgan- protsessual tartibda huquqiy normalarda nazarda tutilgan sank­ siyalami qo'llashda ifodalanadi.
Ma’muriy javobgarlik masalasi ko‘pgina huquqshunos olimlar tomonidan tadqiq qilingan bo'lib, ularning aksariyati bu masalaga deyarli bir xilda yondoshgan: ma’muriy javobgarlik — bu ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solingan, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy-protsessual tartibda ma’muriy jazoni qo'llashdir.A.PAlyoxin ma’muriy javobgarlikni yuridik javobgarlikning barcha xususiyatlariga ega ekanligi bilan bir qatorda, quyidagi o'ziga xos xususiyatlarini ham ko'rsatib o'tadi: birinchidan, ma’muriy javobgarlik qonunlar bilan ham, qonu­ nosti hujjatlari bilan ham o'matiladi, ya’ni u o'zining normativ- huquqiy asosiga egadir. Jinoiy javobgarlik — faqat qonunlar bilan, intizomiy javobgarlik — qonun va qonunosti hujjatlari bilan, moddiy javobgarlik — mehnat va fuqarolik qonunchiligi bilan belgilanadi; ikkinchidan, ma’muriy javobgarlikning asosi bo'lib — ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi (qonun buzilishi va nojo'ya xatti-harakat qo'rinisliida). Jinoiy javobgarlikda — jinoyat, intizomiy javobgarlikda — intizomiy nojo'ya xatti-harakat, moddiy javobgarlikda — moddiy zarar yetkazish hisoblanadi; uchinchidan, ma’muriy javobgarlik subyekti sifatida fuqarolar, mansabdor shaxslar va yuridik shaxslar namoyon bo'ladi. Jinoiy javobgarlikda — fuqarolar va mansabdor shaxslar, intizomiy javobgariikda — xodim (jamoa subyektlarining intizomiy javobgarligi yuridik adabiyotlarda munozarali bo'lib kelmoqda), moddiy javobgarlikda — xodim (mehnat qonunchiligi boyicha), yuridik va jismoniy shaxslar (fuqarolik qonunchiligi boyicha) subyekt bo'lishi mumkin; to‘rtinchidan, ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — ma’muriy jazo choralari qo'llaniladi. Jinoyat uchun — jinoiy jazo, intizomiy nojo'ya xatti-harakat uchun — intizomiy jazo, moddiy zarar yetkazish uchun — mulkiy jazo qo'llaniladi; beshinchidan, ma’muriy javobgarlik qonun hujjatlariga binoan keng doiradagi davlat organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan qo'llaniladi. Jinoiy javobgarlik — sud organlari tomonidan, intizomiy javobgarlik — yuqori turuvchi davlat organi (mansabdor shaxs) tomonidan, moddiy javobgarlik — sud organlari tomonidan qo'llaniladi; oltinchidan, ma’muriy javobgarlik sudlanganlik holatini yoki ishdan bo'shatishni vujudga keltirmaydi, jinoiy javobgarlikda — sudlanganlik vujudga keladi, intizomiyda — ishdan bo'shatish mumkin; yettinchidan, ma’muriy javobgarlikni qo'llash uchun, bo'ysunuvning bolishi shart emas, intizomiy javobgarlikni qo'llashda esa bo'ysinuv mavjud bo'ladi.Yu.M.Kozlovning fikricha, ma’muriy javobgarlikka jazolash funksiyasi xos boiib, umumiy va individual ogohlantirish ahamiyatiga ega.Ma’muriy javobgarlik barcha fuqarolar uchun tatbiq qilinadigan umummajburiy qoidalami buzganlik yoki rioya etmaganlik uchun qo'llaniladi. Ular turli-tuman ko'rinishlarga ega boiib, o'ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, davlat va jamoat tartibi va xavfsizligi; tabiatni muhofaza qilish; mulkchilik; standartlashtirish; statistika va hisob-kitob; harakatlanish xavfsizligi va transport vositalaridan foydalanish; harbiy ro'yxat; chegara tartibi; kontrabandaga qarshi kurash; valuta muomalasi va boshqa qoidalar. Umummajburiy qoidalar turli vakolatli ijro hokimiyati organlari tomonidan o'matiladi. Ma’muriy javobgarlik, odatda, ma’muriy-huquqiy normalarning talablari buzilgan taqdirda vujudga keladi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilik, ma’muriy javobgarlikning mehnat, moliya, yer, hatto konstitutsiyaviy huquq normalarining buzilishi uchun ham qo'llanilishi mumkinligini ko'rsatadi. Bu o'z navbatida, ma’­ muriy javobgarlikning sohalararo ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. O'zbekiston Respublikasida ma’muriy javobgarlik masalalari huquqshunos olimlar Alimov X.R., Stasko V.N., Li A.A., Xvan L.B. va boshqalaming ishlarida tadqiq qilingan. Jumladan, Alimov X.R.ning ko'rsatishicha, ma’muriy javobgarlik — ommaviy-huquqiy tabiatga ega boiib, davlat oldidagi javobgarlik hisoblanadi. Bu —xizmat boyicha bo‘ysunmagan, aybdorlaiga nisbatan davlat organlari tomonidan qo'llaniladigan davlat oldidagi javobgarlikdir. Odatda, javobgarlik turlari deganda, uning tarkibiy tuzilishiga kiruvchi jazo choralari nazarda tutiladi. Lekin bu ikkala “javobgarlik” va “jazo” terminlarining mazmuniga e’tibor beradigan bo'lsak, ular turli tushunchalarda ifodalanadi. Javobgarlik jazoga qara­ ganda, kengroq doiradagi munosabatlarni qamrab oladi. Javobgarlik jazo choralari bilan bir vaqtda va boshqa huquqiy ta’sir etish choralarini ham o'z ichiga oladi. Ma’muriy javobgarlik huquqbuzaming ongi va irodasiga (xulq atvoriga) ta’sir etish darajasiga. qarab quyidagilaiga bo'linishi mumkin: 1) jismoniy ta’sir etishni nazarda tutuvchi ma’muriy javobgarlik; 2) moddiy ta’sir etishni nazarda tutuvchi ma’muriy javobgarlik; 3) ruhiy ta’sir etishni nazarda tutuvchi ma’muriy javobgarlik. Ma'muriy javobgarlikni qo'llovchi organlar vakolat doirasidan kelib chiqqan holda, ularni quyidagilaiga bo'lish mumkin: 1) sud organlari tomonidan qo'llaniladigan ma’muriy javobgarlik; 2) davlat boshqaruvi organlari (yoki vakolat berilgan organlar) tomonidan qo'llaniladigan ma’muriy javobgarlik. Ma’muriy javobgarlikni vujudga keltiruvchi asoslarga ko'ra, uning quyidagi turlarini ko'rsatish mumkin: 1) ma’muriy huquqbuzarlik uchun qo'llaniladigan ma’muriy javobgarlik; 2) kam ahamiyatli qilmishlar uchun qo'llaniladigan ma’muriy javobgarlik. Ma’muriy javobgarlikning bunday turlarga bo'linishi shartli hisoblanadi. Ba’zi huquqshunos olimlar, ma’muriy javobgarlik turlari sifatida jazo choralarini, ba’zi birlari, javobgarlik turlarini turli asoslaiga qarab bo'linishini (yuqorida ko'rib chiqqanimizdek), uchinchilari esa ma’muriy javobgarlik turlariga umuman to'xtalib o'tmagan. O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga asoslanib, ma’muriy javobgarlikning huquqbuzarlik subyektlariga ko'ra, quyidagi turlarini ko'rsatib o'tishimiz mumkin:
1) voyaga yetmaganlaming ma’muriy javobgarligi; 2) mansabdor shaxslaming ma’muriy javobgarligi; 3) xizmatchilar va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa shaxslaming ma’muriy javobgarligi; 4) xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslaming ma’muriy javobgarligi.Ko‘p yillar davomida, ma’muriy javobgarlikning huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda tutgan o‘rni oshib bordi. Oxirgi vaqtlarda esa u yanada faol namoyon bo'la boshladi. Ma’muriy javobgarlik boshqaruv sohasida davlatning jazo sanksiyalarini qo'llashning asosiy shakliga aylandi. Ma’muriy javobgarlik, o'zining normativ-huquqiy bazasiga ega bo'lib, hozirgi jarayonda u takomillashtirilmoqda. Yangi loyihada ma’muriy javobgarlikni tartibga soluvchi qonun hujjati, ma’muriy jarayonni tartibga soluvchi yangi qonun hujjati ishlab chiqilmoqda.
Mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 15-moddasining ikkinchi qismiga binoan mansabdor shaxs — bu mulk shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa, tashkilotda muayyan mansabni egallab turgan hamda rahbarlik, tashkiliy, farmoyish berish, tekshiruv-qazorat vazifalari yoki moddiy boyliklar harakati bilan bog'liq borgan vazifalar yuklatilgan shaxsdir.
Mansabdor shaxslar: a) boshqaruv tartibini, davlat va jamoat tartibini saqlash; b) tabiiy muhitni; d) aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasida belgilangan qoida­ larga; e) bajarilishini ta’minlash o'z xizmat vazifalariga kiradigan boshqa qoidalarga rioya etmaganlik bilan bog'liq ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Mansabdor shaxslar — ma’muriy javobgarlikning maxsus subyektlaridan biri bolib, ular tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklar turli ko'rinishlarda ifodalanishi mumkin: birinchidan — o'z xatti-harakatlari bilan o’rnatilgan umumajburiy qoidalami buzishlari (ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etishlari); ikkinchidan — mansabdor shaxslarning o'z bo'ysinuvida borgan shaxslarga o’rnatilgan qoidalarga zid keladigan ko'rsatmalarni berishlari; uchinchidan — umumajburiy qoidalarga rioya qilishni ta’minlash mansabdor shaxsning xizmat vazifalariga taalluqli boisa, o'z bo'ysinuvida borgan shaxslar tomonidan mazkur qoidalarga rioya etilishini ta’minlamaganliklari. Mansabdor shaxs sifatida ma’muriy javobgarlikka tortish vaqtida, amaldagi qonunchilik talabiga ko'ra, quyidagilarni: a) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning korxona, muassasa yoki tashkilotda ma’lum bir lavozimni egallab turganligini; b) unga rahbarlik qilish, tashkiliy, farmoyish berish, tekshiruv- nazorat qilish vazifalari yuklatilgan bo'lishini; d) unga moddiy boyliklar harakati bilan bog'liq vazifalar yuklatilgan bo'lishini aniqlash lozim. Mansabdor shaxslar tomonidan sodir etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklar, odatda ehtiyotsizlikda ifodalanadi. Mansabdor shaxs, o'z harakatlarining zararli oqibatlarga olib kelishini oldindan ko'ra bilsa ham, lekin kaltabinlik bilan ularning oldini olish mumkin deb o'ylaydi yoki bunday oqibatlar kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko'ra bilmaydi, holbuki bularni ko'ra bilishlari lozim. Mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar turli xildagi vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, mangabiga sovuqqonlik bilan qaraganligi natijasida sodir etilgan harakatsizliklarda ifodalangan boiishi mumkin.
Mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilishi ham mumkin. Bu ayb shakli masalan, mansabini suiste’mol qilishda ifodalanishi mumkin. Mansabdor shaxslarning ma’muriy huquqbuzarligi, ayni vaqtda, uning xizmat qoidalarini buzish, ya’ni intizomiy nojo'ya xatti- harakatni sodir etish ham hisoblanadi. Intizomiy nojo'ya xatti- harakat uchun mehnat qonunchiligida intizomiy javobgarlik (intizomiy jazo choralari) nazarda tutilgan. Lekin shu narsaga alohida e’tibor berish kerakki, bitta huquqbuzarlik uchun faqatgina bitta javobgarlik chorasini qo'llash mumkin, ya’ni mansabdor shaxsning o’rnatilgan qoidalami buzishiga (huquqbuzarlikni sodir etishiga) nisbatan ikkita javobgarlikni qo'llash mumkin emas. O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga binoan mansabdor shaxslarga nisbatan — jarima tariqasidagi ma’muriy jazo qo'llanilishi mumkin. Shu o'rinda ta’kidlab o'tish lozimki, mansabdor shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan jarima miqdori, fuqarolarga qo'llaniladigan jarima miqdoridan oshiq belgilangan.
Harbiy xizmatchilar va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa shaxslarning javobgarligi.
O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 16-moddasiga binoan, harbiy xizmatchilar va yig'inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ma’muriy huquqbuzarlik uchun intizom ustavlariga muvofiq javobgar bo'ladilar. Harbiy xizmatchilar va yig'inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kirmaydigan, intizom ustavlari yoki intizom to'g'risidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu ustav yoki qoidalarda to'g'ridan-to'g'ri nazarda tutilgan hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy javobgar bo'ladilar, boshqa hollarda, esa umumiy asoslarda ma’muriy javobgar bo'ladilar.
Amaldagi qonun hujjatlariga binoan, harbiy xizmatchilarga — O'zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari saflarida, Ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlarida va Milliy xavfsizlik xizmati qo'shinlarida (chegara qo‘shinlarida) haqiqiy harbiy xizmatni o'tayotgan shaxslar kiradi.O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati organlarining oddiy askarlari va boshliqlari tarkibidagi shaxslar ham harbiy xizmatchilarga tenglashtirilgan. Ichki ishlar organlari, shu jumladan, milisiyaning oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ham ma’muriy huquqbuzarlik uchun ulaiga teng darajada javobgar bo'ladilar. O'zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida» gi Qonuni'ga binoan, harbiy xizmatchilar va yig’inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar harbiy intizom va jamoat tartibini buzganliklari uchun qo'mondonlar (boshliqlar) oldida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom ustavi boyicha javobgar bo'ladilar. Harbiy intizomni va jamoat tartibini buzishga qaratilgan huquqbuzarliklar jumlasiga, o’rnatilgan har qanday umummajburiy qoidalami buzishni kiritish mumkin. Tegishli davlat organlari yoki mansabdor shaxslar harbiy xiz­ matchilar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganini aniqlagan vaqtda, huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomalar va boshqa ishga taalluqli materiallarni aybdoming Qurolli Kuchlar Intizom ustavi boyicha javobgarligi masalasini hal qilish uchun boshliqlaiga beradilar. Harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan quyidagi ma’muriy huquqbuzarliklar uchun, umumiy asoslarda ma’muriy javob­ garlikni qo'llash mumkin: 1) yo'l harakati qoidalarini buzganda; 2) ov qilish, baliq tutish va baliq zaxiralarini saqlash qoidalarini buzganda; 3) bojxona qoidalarini buzganda. Amaldagi qonun hujjatlarida harbiy xizmatchilarga nisbatan qoilanilmaydigan ma’muriy javobgarlik choralari ham ko'rsatib o'tilgan. Jumladan, birinchidan, harbiy xizmatchilar va yig'inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslarga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qollanilmaydi; ikkinchidan, muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarga jarima solinishi mumkin emas.
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boimagan shaxslaming ma’muriy javobgarligi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 17-moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bolmagan shaxslar umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortilishlari lozim. Immunitetga ega bolgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning O'zbekiston Respublikasi qatnashchi bo'lgan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid bolmagan qismi qollaniladi. Xorijiy fuqaro — bu O'zbekiston Respublikasi hududida bolgan, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmagan va xorijiy davlat fuqaroligi mavjud bolgan jismoniy shaxsdir. «O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g‘risida»gi Qonunning 11-moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasi hududida yashab turgani holda O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bolmagan va chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan dalillari bolmagan shaxslar — fuqaroligi bo'lmagan shaxslar deb hisoblanadi. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bolmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasi fuqarolari singari bir xildagi huquq va majburiyatlarga egadir, qonun hujjatlarida ko'rsatib o'tilgan cheklovlar bundan mustasno. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bolmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasi hududida bolgan vaqtlarida sodir etgan ma’muriy huquqbuzarliklari uchun qonun hujjatlari bilan o’rnatilgan tartibda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari singari umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. Xorijiy fuqarolarning ma’muriy javobgarligining o'ziga xos xususiyatlaridan biri — bu ayrim toifadagi xorijiy fuqarolaming immunitet huquqiga ega bo'lishidir. O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan hamda O'zbekiston Respublikasi bilan tuzilgan xalqaro shartnomalarga binoan xorijiy fuqarolar ma’muriy yurisdiksiyadan immunitetga (daxlsizlik) ega bo'lishlari mumkin. Ular tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik ishlari diplomatik yo‘l bilan hal etiladi. Bu toifadagi xorijiy fuqarolar jumlasiga: diplomatik vakolatxonalarning boshliqlari (elchilar, ishonchli vakillir) va xorijiy davlatlar vakolatxonalarining diplomatiya xodimlari: maslahatchilar, savdo vakillari, savdo vakillarining o'rinbosarlari, harbiylar, harbiy- havo va harbiy-dengiz attashelari va ularning yordamchilari, atta- shelaming birinchi, ikkinchi, va uchinchi kotiblari va diplomatik vakolatxonalaming arxivchi-kotiblari. Immunitet huquqi diplomatik vakolatxonalar boshliqlarining oila a’zolariga va diplomatiya xodimlariga mansub shaxslaming oila a’zolariga ham (agar ular mazkur shaxslar bilan birga yashasalar va O'zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmasalar) tatbiq etilishi mumkin. Bundan tashqari, konsullik vakolatxonalarining boshliqlari (bosh konsullar, konsullar, konsullarning o'rinbosarlari) va boshqa konsullik lavozimidagi shaxslar ham immunitetga ega bo'lishlari mumkin. Ular o'zlarining xizmat faoliyatiga taalluqli sohalarda ma’muriy yurisdiksiya immunitetidan foydalanadilar. O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 23-moddasi 3-qismiga binoan qonun hujjatlarida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun xorijiy fuqarolami va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni O'zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish nazarda tutilishi mumkin.
Yuridik shaxslaming ma’muriy javobgarligi
Oxirgi vaqtlarda, yuridik shaxslaming ma’muriy javobgarligi muammosi vujudga keldi. Mazkur masala huquqshunos olimlaming turli munozaralariga olib keldi. Ba’zi huquqshunos olimlar yuridik shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo'llanilishi mumkinligini ko'rsatsa, ikkinchi guruh olimlar, uni inkor etadi. Ba’zi davlatlarning, masalan, Rossiya Federatsiyasida, yuridik shaxslaming ma’muriy javobgarlik masalasi — ma’muriy javobgarlikni tartibga soluvchi asosiy qonunida mustahkamlab qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasida Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga binoan yuridik shaxslar ma’muriy javobgarlik subyekti hisoblanmaydi.2000-yil 15-dekabrda O'zbekiston Respublikasining «Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun bilan qurilish sohasidagi yuridik shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik qo‘llanilishi belgilab berildi. Jumladan, qonunga binoan, qurilish sohasidagi huquqbuzarlik — bu yuridik shaxslar tomonidan aholi punktlarini, binolar va inshootlami rejalash va qurish bosh rejalarining, loyihalarining buzilishi, davlat standartlari, qurilish normalari va qoidalari, texnik shartlariga, qurilish va binokorlik materiallari sanoati sohasidagi boshqa normativ hujjatlarning talablariga binolar, imoratlar, inshootlarning, ulaming qismlari yoki konstruksiya ayrim elementlarining chidamliligi, mustahkamligi, puxtaligi, ishlab chiqarilayotgan binokorlik materiallari, konstruksiyalari va buyumlarining chidamlilik parametrlari pasayishi va yo‘qotilishiga sabab bo'lgan tarzda rioya etilmasligi, shuningdek, obyektlarni qurish va ularni foydalanishga qabul qilib olishning belgilangan tartibini buzadigan xatti-harakat hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan loyihalash, qurilish-montaj ishlarini bajaruvchi, binokorlik materiallari, konstruksiyalari va buyumlarini ishlab chiqaruvchi, qurilishda buyurtmachi hisoblanuvchi yoki bir yo‘la buyurtmachi va pudratchi vazifalarini bajaruvchi yuridik shaxslarga qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy tartibda jarima solinadi. Yuridik shaxsning javobgarlikka tortilishi uni o‘zi yo‘l qo‘ygan qoidabuzarliklami bartaraf etish va zararning o‘mini qoplash majburiyatidan, shuningdek, aybdor mansabdor shaxslarni intizomiy, ma’muriy, fuqaroviy-huquqiy va jinoiy javobgarlikka tortishdan ozod etmaydi. Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar tog’risidagi ishlarni O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda ko'rib chiqish va jarima solish huquqiga: O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasining raisi va uning o'rinbosarlari; Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi boshlig'i va uning o'rinbosarlari; Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, viloyatga bo'ysinuvchi shaharlar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining boshliqlari hamda davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalarining boshliqlari va ulaming о‘rinbosarlari egadirlar. Qurilish sohasida yo‘l qo'yilgan huquqbuzarlik uchun yuridik shaxsdan jarima undirish tegishli mansabdor shaxslaming qarori asos bo'ladi. Yuridik shaxs jarimani jarima solish to'g'risidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran о’n besh kundan kechiktirmay tolashi kerak. Yuridik shaxs o'ziga nisbatan chiqarilgan jarima solish to'g'risidagi qarorga rozi bo'lmagan taqdirda, bu qaror ustidan bo'ysinuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki sudga qonun hujjatlariga muvofiq shikoyat qilishi mumkin. Bunda jarima solish to'g'risidagi qaroming amal qilishi shikoyatni ko'rib chiqish muddatiga to'xtatib turiladi.


Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar:



    1. Erkin Xojiyev, To’qin Xojiyev. Ma’muriy huquq. Darslik. – T.: “Fan va texnologiya”, 2008. – 608 b.

    2. Ma’muriy huquq: Darslik / X.T. Odilqoriyev, I.Ismailov, N.T. Ismailov va boshq.; prof. X.T. Odilqoriyev va B.E.Qosimovning umumiy tahriri ostida. – T.: O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2010. – 640 b.

    3. Xamedov I.A., Xvan L.B.,Say I.M. Administrativnoe pravo Respubliki Uzbekistan. - T.: Konsauditinform – Nashr – 2012.




Download 29.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling