9-mavzu: Mashinalarning texnik holati bilan bog`liq bo`lgan yo`l  transport hodisalarining (yth) tahlili


Download 147.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana05.01.2022
Hajmi147.86 Kb.
#209994
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-leksiya

yo`lovchilarni tushib ketishi - harakatlanayotgan transport vositasidan yoki 

tez  harakatlanayotgan  transport  vositasining  traektoriyalarini  to`satdan  o`zgarishi 

oqibatida yo`lovchilarni salondan (kuzovdan) tushib ketish hodisa va h.k.; 

boshqa  turdagi  YTH  -  yuqorida  ko`rsatilgan  turlarga  tegishli  bo`lmagan 

hodisa:  tashib  ketilayotgan  yukning  tushishi  yoki  transport  vositasining 

g`ildiragidan  odamga,  hayvon  yoki  boshqa  transport  vositasi  tomoniga  otilgan 

predmet va boshqalar tufayli sodir bo`lgan hodisa. 

YTH  oqibatining  darajasi  bo`yicha  uch  guruhga  bo`linadi:  o`limga  olib 

keladigan; insonlarning jarohatlanishi bilan bog`liq; moddiy zarar etkazadigan. 

Jismoniy jarohatlanishlar: jiddiy, jiddiyroq va yengil turlarga bo`linadi. 

O`zbekiston  Respublikasida  o`rtacha  yillik  YTH  turlari  bo`yicha 

taqsimlanishi quyidagicha,%: 

Transport vositalarining urilishi: 

yo`lovchilarga……………………………………………..….………………39...40  

to`siqlarga…………………………………………….……………….………5...5,5  

to`xtab turgan transport vositasiga…………………..……………………...2,5...3,5  



velosipedchiga……….………………………………..……………………2,5...3,2  

transport vositalarining o`zaro urilishi ……………………..…………….…20...32  

transport vositalarining ag`darilib ketishi……………….………………..…13...19  

boshqa turdagi YTH ………………………………………….…….…………….2  

Yo`l  xarakat  ishtirokchilari  uchun  eng  xavfli  hodisa  bu  transport 

vositalarining  to`qnashuvi  va  piyodalarni  urib  yuborishi.  Ushbu  turdagi  YTH 

o`limga olib kelish va shikastlanishning deyarli 70 %ini tashkil etadi. 

Respublikada yiliga 75% holatlarda YTH haydovchilarning xatosi, 25% esa 

piyodalar  aybi  bilan  sodir  bo`lmoqda.  Yo`l-transport  hodisalarining  taxminan  10 

foizi  yo`llarning  qoniqarsiz  holatiga,  taxminan,  2  %  -  transport  vositalarining 

texnik  nosozligiga  bog`liq.  100%  (75  +  25  +  10  +  2)  miqdordan  oshib  ketishi 

avariya  sabablarini  bir  vaqtning  o`zida  bir  necha  aloqador  ekanligini  qayd  etish 

bilan izohlanadi. 

YTH sabablarini tahlil qilish, ularni quyidagi bir necha guruhlarga tushirish 

imkonini beradi: 

-  yo`l  xarakti  ishtirokchilari  tomonidan  yo`l  harakati  qoidalariga  rioya 

etmaslik; 

- haydovchilarning mashina boshqaruv rejimini noto`g`ri tanlashi va natijada 

transport  vositasining  sirpanib,  tag`darilib  ketishi,  to`qnashuvlar  va  h.k.  vujudga 

kelishi; 

-  charchash,  kasallik,  spirtli  ichimliklar,  giyohvand  moddalarni  iste’mol 

qilish yoki normal holat o`zgarishlariga olib keladigan omillarning ta’siri (ishdagi 

yoki  oiladagi  tashvishlar,  qarindoshlar  kasalligi  va  boshqalar)  oqibatida  harakat 

ishtirokchilarining psixofizologik vazifalari kamayganligi; 

- transport vositalarining texnik holatining talabga javob bermasligi

 

- yuklarni noto`g`ri joylashtirish va o`rnatish; 



-  yo`l  va  yo`l  infrastrukturasi  elementlarini  qurilishi  va  ularni  saqlash 

holatlarining qoniqarsizligi; 

 

- yo`l transport xaraktlarini qoniqarsiz tashkil etilishi va boshqalar. 



 

Tadqiqot  natijalari  va  statistik  ma’lumotlarga  ko`ra,  YTH  vujudga 

kelishining  asosiy  sababi  –  haydovchilar  tomonida  yo`l  harakati  qoidalarini 

buzilishi. 

Eng  katta  miqdordagi  YTHlar  haydovchilar  tomonidan  transport  vositasini 

mast  holda  boshqarish  (taxminan  25%),  tezlikni  oshirish  (17%  dan  ortiq),  quvib 

o`tish qoidalarini buzish (deyarli 16%) tufayli sodir bo`lmoqda. 

Ayniqsa  jiddiy  oqibatlarga  olib  keladigan  YTH  larini  odatiy  sabablari  – 

quvib  o`tish  qoidalarini  buzish  (45%  dan  ko`p),  tezlikni  oshirish  (qariyb  20%), 

ichkilikbozlik  (11%),  manevralar  qoidalarini  buzish  (9%),  chorrahalardan  o`tish 

(6,5%), temir yo`l kesishmalaridan noto`g`ri o`tish (4,5%), odamlarni tashish (4% 

ga),  masofani  saqlamaslik  (2,5%  dan  ortiq),  tartibga  solish  signallariga  rioya 

qilinmaslik (2% ga), haydovchini charchashi, rul chambaragida uxlab qolishi (2% 

gacha) xollari hisoblanadi. 




Download 147.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling