9.3. Transport vositalarining texnik nosozligiga bog`liq yo`l
transport
hodisalari
YTH taxminan 2% transport vositalarining texnik nosozligi tufayli sodir
bo`ladi. Transport vositalarining texnik kamchiliklari bilan bog`liq yo`l-transport
hodisalarini asosan, quyidagi nosozliklar olib keladi:
- tormoz tizimi (taxminan 30 % holatda);
- yoritish moslamalari (taxminan 25%);
- rul boshqarmasi (deyarli 11 %).
Nosozliklar transport vositasidan foydalanish jarayonida (eyilish, eskirish)
sodir bo`lib, Mashinaga texnik xizmat ko`rsatish sifatsiz bajarilishi bilan bog`liq
bo`lishi mumkin.
Nazorat savollari:
1. Avtomobil tarkibiy qismlarining ishonchlilik ko`rsatkichlari xavfsizligi
bilan bog`liqligi.
2. Yo`l harakati xavfsizligini ta’minlovchi transport vositasining asosiy
mexanizmlari va birikmalari.
3. YTH ning asosiy turlari.
4. Mashinalarning qaysi tizimlarining nosozligi YTH olib kelishi mumkin?