9-mavzu: Matematik ekskursiyalar tayyorlash va o‘tkazish metodikasi
Download 21.29 Kb.
|
1 2
Bog'liq9-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Nazorat uchun savollar
Matematik ekskursiya
Matematikadan sinfdan tashqari o‘tkaziladigan qiziqarli mashg‘ulotlardan biri ekskursiyadir. Ekskursiyalar maktabni turmush bilan nazariyani amaliyot bilan bog‘lash va hozirgi zamon fani yangiliklari bilan o‘quvchilarni tanishtirish maqsadida o‘tkaziladi. Matematik ekskursiyalar 1 va 2 sinflarda ochiq havoda yoki gimnastika zalida o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlarga bag‘ishlanadi. Maktab atrofidagi sharoitiga qarab boshqa ekskursiya ham bo‘lishi mumkin. Qurilish materiallari hajmini aniqlash uchun uy qurilishiga, vagon hajmini aniqlash, relslar va boshqa narsalar hajmlarini aniqlash uchun temir yo‘lga ekskursiyalar tashkil qilish mumkin. O‘quvchi ekskursiyalarni o‘tkazish uchun o‘qituvchidan sinchiklab tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi. O‘qituvchi ekskursiya o‘tkaziladigan joyga oldindan borib kelishi, ekskursovodga tushuntirishlarni qanday shaklda borishi haqida yo‘l-yo‘riq berish, ekskursiya vaktini belgilashi kerak. O‘tkaziladigan ekskursiyaning mazmuni o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi muhim, ular nima qilishlari va o‘zlarini qanday tutishlari oldindan bilishlari kerak. O‘tkaziladigan ekskursiyaning mazmuni o‘qituvchi ekskursiyaga borishdan oldin o‘quvchilar uchun uchraydigan yangi so‘zlarni tushuntirish kerak. Ekskursiya o‘tkazish paytida o‘quvchilar bu savollarga oid son ma’lumotlardan yozib oladilar va bu ma’lumotlardan foydalanib o‘quvchilar sinfda va uyda masalalar tuzadi. Bolalarning yer o‘lchash bilan bog‘liq bo‘lgan geometrik bilimini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida ularni imorat, minora, daraxtlarning balandliklarini eng sodda aniqlash yo‘li bilan tanishtirish mumkin. Bundan tashqari ko‘z bilan chamalash vazifasini berish bilan tanishtiriladi, ekskursiya vaqtlarida harakatli va o‘tirib o‘ynaladigan o‘yinlarni, ko‘ngilochar estafeta o‘yinlarni va ajoyib nomerlashni o‘tkazish o‘quvchilarning dam olish vaqtlarini band qilish maqsadida tavsiya qilinadi. O‘qish davrida ekskursiya muddati 1,5-2 soatga mo‘ljallanadi. Ekskursiya vaqtida har biri 15-20 minutgacha bo‘lgan 2-3 dam olish tashkil qilinadi, ekskursiya ham dars singari aniq bir reja asosida o‘tkaziladi. Ekskursiya maydonidan olingan ma’lumotlardan foydalanib, spravochnik jadvallar tuzish uchun ko‘rgazmali ko‘llanmalar tayyorlash uchun boshqa shu kabi maqsadlarda foydalaniladi. Ekskursiya nihoyasida zaruriy xulosa va natijalar chiqariladi va o‘quvchilarga aniq vazifalar topshiriladi, ekskursiyaga yakun yasaladi. Matematik ekskursiyalarning maqsadi – konkret hayotiy fakt va taassurotlarni talab qilish. Ekskursiya o‘tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo‘lishi nihoyatda muhimdir, shunday bo‘lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar. Maktabning joylashgan o‘rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, kombinatlarga, fermalarga, jamoa xo‘jaligi va davlat xo‘jaligi va boshqa joylarga ekskursiyalar o‘tkaziladi. Qurilish materialidan foydalanish, mashinalardan, ishchi kuchlaridan va boshqa narsalardan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mumkin. Shunday masalalardan ba’zilarini keltiramiz: 1. Bir soatda ekskavator 4 m uzunlikda poydevor chuqurligini kavlaydi. Shunday ish unumi bilan u 7 soatda qancha chuqurlik (o‘ra) kovlaydi? 2. Qurilishga yuk tashishda 4 ta avtomashina ishlamoqda. Ularning har birida bitta haydovchi va ikkita yukchi ishlaydi. Material tashishda hammasi bo‘lib qancha odam band? Ekskursiyadan olib kelingan qurilish materiallaridan mehnat darslari uchun stendlar tayyorlashda foydalanish mumkin, bunda binolarning maketlarini tayyorlash ham mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Toshpo‘latova M.I. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish T.: OOO «Jahon - Print», 2011. 2. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. (O O‘Y uchun darslik.) Toshkent. “Fan va texnologiyai” 2005 yil. 3. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan fakultativ darslarni tashkil etish metodikasi. Toshkent. “TDPU” 2005 yil. 4. Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish. Toshkent. “Uzkomtzentr” 2003 yil Nazorat uchun savollar: 1. Ekskursiya obektlarini ko‘rsatish metodlari. 2. Matematik ekskursiyalarning maqsadi. 3. Ko‘rganlarni taqqoslash metodi haqida ma’lumot bering. 4. Voqealarni lokalizatsiyalash metodi nima? Download 21.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling