9-Mavzu: menejment axborot tizimlari reja


Qarorlarni qabul qilishni qo’llab quvvatlash tizimlari


Download 0.82 Mb.
bet2/3
Sana15.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1270384
1   2   3
Bog'liq
9-maruza BX

Qarorlarni qabul qilishni qo’llab quvvatlash tizimlari
Qarorlar qabul qilishni qo‘llab-q u v v a t l o v c h i t i z i m l a r natijalarini oldindan bashoratlash mushkul bo‘lgan qisman strukturalashtirilgan masalalar uchun xizmat qiladilar. Axborotlarni boshqaruv va operatsion bo‘g‘in axborot tizimlaridan oladilar.
Bunday tizimlardan qaror qabul qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi menejerlar, mutaxassislar, analitiklar va boshqalar foydalanadilar.
Qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi tizimlarning tavsiflari:
-bashoratlash qiyin bo‘lgan muammolar yechimlarini olishni ta’minlaydilar;
-modellashtirish va tahlil qilishning murakkab uskunaviy vositalari bilan qurollanganlar, masalaning qo‘yilishiga va berilgan ma’lumotlar parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish asosida mos yechimlar olish imkoniyatini yaratib beradilar;
-kun davomida turli xil sharoitlar bo‘yicha mos parametrlar asosida yechimlar olish va qulaylikka ega bo‘lishilari bilan farqlanadilar;
-maksimal darajada foydalanuvchi ehtiyojlariga javob beruvchi texnologiyalga egadirlar.

Menejment texnikasi tushunchasi va tasnifi.

Menejment texnikasi tushunchasi va tasnifi.

Menejment texnikasi - bu aqliy mehnat texnikasi, menejment tizimida axborotni qayta ishlash texnikasidir. Texnika vositalari qanchalik takomillashgan bo'lsa, menejment texnologiyasi, menejment mehnatini tashkil etish va butun menejment jarayoni shunchalik samarali bo'ladi.

Hisoblarga asosan mamlakat iqtisodiyotini maqbul boshqarish uchun yil davomida 10 ta elementar arifmetik operatsiya bajarish zarur bo'lsa, boshqaruv apparati xodimlari 10 ta, ya’ni 10 ming marta kam operatsiya bajarish qobiliyatiga ega ekanlar. Bu muammoni muvaffaqiyatli hal etish uchun menejment mehnatini takomillashtirish, axborot to'plash hamda qayta ishlashni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarur.

Menejment texnikasini faqat hisoblash mashinalari bilangina bog'lash noto'g'ridir. Dastlabki texnika vositalari 100 yil burun paydo bo'lgan ruchka, chizg'ichdan tortib EHM va kompyutergacha bo'lgan texnika vositalarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: orgtexnika va hisoblash mashinalari.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling