9-mavzu. Mirtemir va zulfiya hayoti va ijodiy merosi


Download 140 Kb.
bet1/7
Sana25.02.2023
Hajmi140 Kb.
#1228609
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-MA\'RUZA

9-MAVZU. MIRTEMIR VA ZULFIYA HAYOTI VA IJODIY MEROSI.




REJA:
1. Mirtemir hayoti va ijodi haqida ma’lumot. Shoir ijodida davr tasviri.
2. Mirtemir she’riyatining insonparvarlik xarakteri. “Onaginam” va “Betobligimda” she’rlarida insoniy dardning o`ziga xos badiiy talqini.
3. Mirtemir –tarjimon.
4. Hayoti va ijodi. Zulfiya she’riyatining yetakchi xususiyatlari. Shoira she’riyatida hijron motivi. Baxt va sevgi, g`am-hijron shoira lirikasining qo`sh qanoti ekanligi.
5. “Xotiram siniqlari” dostonida shaxsiy ruhiy kechinmalar ifodasi.
Kalit so`zlar: Mirtemir hayoti va ijodi haqida ma’lumot. Shoir ijodida davr tasviri. Mirtemir she’riyatining insonparvarlik xarakteri. “Onaginam” va “Betobligimda” she’rlarida insoniy dardning o`ziga xos badiiy talqini. “Surat” dostonida “qalb dialektikasi” tasviri. Mirtemir she’riyatida xalqona ruhning yaqqol namoyon bo`lishi. Mirtemir –tarjimon.
Mirtemir XX asr o‘zbek she’riyatining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan ardoqli lirik shoirdir. Komil Yashin ta’kidlaganidek, Mirtemir yangi o‘zbek she’riyatining tamal toshini qo‘ygan ustoz, oqsoqol shoirlardandir.
Mirtemir Tursun o‘g‘li 1910 yilning 28 may kuni hozirgi Qozog‘iston Respublikasidagi Turkiston viloyatining Iyqon qishlog‘ida tug‘ilgan. Shoir qadimiy Turkistonda tug‘ilishni o‘zi uchun sharaf deb bilgan va bir she’rida bu tuyg‘uni quyidagicha ifodalagan edi:


Ha, men turkistonlik, Turkistondanman,
Olis bobolarning oltin tuprog‘i.
Munglik va jafokash bir jahondanman,
Jafokash jahonning qadim aymog‘i.

Mirtemirning bolaligi o‘tgan Iyqon qishlog‘ining nomi adabiyotshunos N.Karimov aniqlaganidek, ko‘p qon to‘kilgan, degan ma’noni anglatadi. Xuddi shu qishloqda Mirtemir o‘zbeklar urug‘i doirasida voyaga yetgan. O‘sha yerlik Isomiddin hoji dastlab Mirtemirga arab yozuvini o‘rgatgan. 1914-1915 yillarda uning ta’sirida Mirtemir avval eski maktabda, keyin Salohiddin Asfandiyorov, Xurshida Asfandiyorova kabi tatar ziyolilari rahbarlik qilgan eski Iyqon o‘quv yurtida boshlang‘ich bilim olgan. Uning keyingi bilim olishi o‘z davrining ilg‘or fikrli kishilaridan bo‘lmish Bahrom amakisi ta’sirida davom etgan. 1921 yilning kuz kunlaridan birida endi 11 yoshga kirgan Mirtemir xuddi o‘sha Bahrom amakisi bilan Toshkentga jo‘naydi. Toshkentda Mirtemir “Almaiy” ish maktabiga o‘qishga kiradi. O‘sha paytda maktabga Nazrulla Inoyatov rahbar bo‘lib, Mirtemir bilan oldin-ketin Izzat Sulton, Ergash, Jumaniyoz Sharifiy, Abdulla Zohidov singari kelajakda o‘zbek ilm-fanining mashhur namoyandalari darajasiga ko‘tarilgan shaxslar o‘qigan edi. Albatta, bunday mo‘tadil iqlim Mirtemirning yaxshi bilim olishiga va har tomonlama rivojlanishiga kuchli ijobiy ta’sir ko‘rsatgani tabiiydir. Shunday ta’sirlar va amakilarining da’vati bilan u 1923 yilda “Almaiy” ish maktabini bitirgach, Toshkent shahridagi O‘lka o‘zbek erlar bilim yurtida o‘qishni davom ettiradi. Bu bilim yurtida Mirtemir o‘ziga muayyan ta’sir ko‘rsatgan domlalar orasida Olim Sharafiddinov, Abdurahmon Sa’diy, Qayum Ramazon va Oybeklarni katta hurmat bilan tilga oladi. Xuddi shunday ustozlar va bilim yurtidagi adabiyot, drama to‘garaklari Mirtemirda badiiy ijodga qiziqish uyg‘otadi. Bilim yurtida o‘qib yurgan chog‘larida u mumtoz o‘zbek va fors-tojik adiblari qatorida o‘sha paytlarda mashhur bo‘lgan V.V.Mayakovskiy, S.Yesenin, A.Bezimenskiy, I.Utkin, A.Jarov singari rus shoirlari asarlari bilan yaqindan tanishgan. Mirtemirning dastlabki mashqlari va tarjimalari bilim yurtida chiqadigan “Yosh kuch” devoriy gazetasida va “Yosh qalamlar” qo‘lyozma jurnallarida nashr etilgan, lekin ular bizgacha saqlanib qolmagan.


1929 yilda O‘lka bilim yurtini bitirgach, Mirtemir mashhur adabiyotshunos Sotti Husayn boshliq bir guruh yoshlar qatorida Ozarbayjon, Volga bo‘yi, Tatariston, Boshqirdiston, Moskva, Leningrad shaharlariga sayohat qiladi. Bu safar davomida, ayniqsa, Ozarbayjon yozuvchilar uyushmasidagi uchrashuvlar, Ja’far Jabborli, Sulaymon Rustam, Mirjalol kabi yozuvchilar bilan suhbatlar Mirtemir qalbida kuchli taassurot qoldiradi. Xususan, taniqli Ozarbayjon shoiri Sulaymon Rustamning “Alamdan nash’aya” kitobini sovg‘a qilgani Mirtemirning bir umr yodida saqlanib qolgan. Umuman, bu safar hayoti va ijodida katta iz qoldirganligini Mirtemir keyinchalik qayta-qayta tilga olgan hamda o‘z poyeziyasidagi muhim xususiyatlardan biri, ya’ni Moskva haqida go‘zal she’rlar yozish san’ati uning ta’sirida shakllanganligini alohida qayd qilib o‘tgan edi.
1929 yil martida bilim yurtini tugatgan Mirtemir Samarqandga borib, Respublika Markaziy Ijroiya komiteti raisi Y.Oxunboboyevning to‘rtinchi kotibi bo‘lib ishlaydi. 1929 yilning yozida esa u Samarqand Pedagogika Akademiyasiga o‘qishga kiradi. Shu yerda yosh shoir Hamid Olimjon orqali Fitrat, Abdulla Alaviy, Botu, Oltoy kabi adiblar bilan tanishadi. Ularning maslahatlari va yordamlari bilan Mirtemir 1931 yilda Samarqand musiqali drama teatrining go‘zal aktrisasi Halima Rahimovaga uylanadi. Ular 1932 yil 14 yanvar kuni Klara degan qiz ko‘radilar. Lekin bunday go‘zal va “baxtga to‘liq“ hayot uzoq cho‘zilmaydi. Botu va Oltoy kabi Mirtemir ham Qosim Boboyev singari vulgar sotsiologizm botqog‘iga botgan tanqidchilar tomonidan “simvolist, idealist, mayda burjuaziyaning o‘zginasi”, deb qoralanadi. Bunday soxta bo‘htonlar tez orada Mirtemir haqida o‘ta yolg‘on siyosiy tuhmatlar to‘qib chiqarilishi, ya’ni “millatchilik”da ayblanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Natijada, Pedakademiyadan ketgan Mirtemir 1932 yil 15 aprelida Agro-kolxoz institutini sirtdan tugatib, paxtakor-agronom ixtisosligi bo‘yicha shahodatnoma oladi va Samarqanddagi Oliy o‘quv yurtlarida ijtimoiy fanlardan dars beradi. Faqat bunday hayot ham uzoq davom etmaydi. 1932 yil 7 avgust kechasi GPU xodimlari Mirtemirning uyiga bostirib kirib, tintuv qiladilar, o‘zini esa qamoqxonaga olib ketadilar. 1932 yil 4 noyabrida Mirtemir Toshkent qamoqxonasiga ko‘chirilib, uch yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. 1934 yil 18 iyul kuni Mirtemir etap bilan Moskva viloyatidagi Dmitrov mehnat-tuzatish lageriga olib ketiladi va u qolgan muddatni Moskva-Volga kanali qurilishida o‘tkazadi. Qurilishdagi yaxshi tarbiyaviy ishi uchun Mirtemir 1935 yil 1 yanvar kuni ozodlikka chiqarish haqida xabar oladi. Faqat bu orada uning oilasi barbod bo‘lgan edi: onasi kasalxonada olamdan o‘tgan, Klara ismli qizchasi bevaqt vafot etgan va sevimli xotini Halima Rahimova boshqa erga tegib ketgan edi.
Toshkentga qaytgan Mirtemir dastlab bolalarni badiiy tarbiyalash markaziy uyida adabiy bo‘lim mudiri, “Yangi hayot” gazetasida, O‘zbekiston Davlat filarmoniyasida adabiy xodim lavozimlarida xizmat qilgan, so‘ngra 1940 yilda Yozuvchilar uyushmasiga a’zo sifatida qabul qilingan. Qisqa muddat u opera teatrida adabiy emakdosh bo‘lganidan so‘ng Mirtemir faoliyatining katta qismi Yozuvchilar uyushmasida maslahatchilik bilan o‘tgan.
Mirtemir 1935 yil yozida otasining maslahati bilan ammasi Bibi Sahroning farzandi – Yorqinoy (To‘rash Abduqodir qizi)ga uylangan va ko‘plab bolalar ko‘rgan.
Xullas, Mirtemirning katta ijod yo‘liga chiqquncha bosib o‘tgan hayot dovonlari kutilmagan azob-uqubatlar-u qiyinchiliklarga, dahshatli razolatlar-u fojialarga to‘liq bo‘lgan. Mana shu izlanishlar bosqichida ham shoir “Sho‘lalar qo‘ynida”, “Zafar” (1929), “Qaynashlar” (1931), “Bong” va “Kommuna” (1932) she’riy to‘plamlarini, shuningdek “Bong”, “Jang”, “Barot”, “Agronom” (1930), “Sotsializm” (1931), “Xidir” (1932), “Ajdar” dostonlarini e’lon qildi hamda shiddat bilan adabiyotga kirib keldi.

* * *

Mirtemir adabiyotga 20-yillarning o‘rtalarida kirib kelgan. Uning birinchi she’ri “Tanburim tovushi” 1926 yilda “Yer yuzi” jurnalining noyabr’ oyida chiqqan 7 sonida bosilgan edi. U an’anaviy o‘zbek lirikasi namunalaridan butkul farqlanib turuvchi sochma she’r shaklida yozilgan bo‘lib, yosh shoirning o‘z his-tuyg‘ularini va o‘y-fikrlarini ifodalash yo‘lida qanday izlanishlar, mashqlar jarayonini boshidan kechirayotganligidan dalolat berar edi:



Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling