9-mavzu: Mulоqоt psiхоlоgiyasi Reja: Muloqot va nutq haqida tushuncha, muloqot turlari
Download 34.5 Kb.
|
vZvBnr1tTl1jgVnS48 J1jr57DCIlf-6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mimika
- Paralingivistik va ekstralingvistik belgilar tizimi
Noverbal kommunikasiyaga belgilarning edag-kinetik tizimi kirib, ularga jestlar (qo`l harakatlari), mimika (yuz harakatlari) va pantomimika (qo`l, oyoq, tana harakatlari) kiradi.
Jestlar – insonning qo`l harakatlari bo`lib, u orqali insonning ichki holati, biror bir ob`ektga munosabati va tashqi olamga yo`nalganligi ifodalanadi. U yoki bu xalqlarda jestlar turlicha qabul qilinadi. Italyan va fransuzlar o`z muloqotlarini jestlarsiz tavsavvur eta olmaydilar. O`zbek xalqida nutqda jestlardan foydalanish yaxshi odat sifatida qabul qilinmaydi. Lekin shuni ham ta`kidlash lozimki, noverbal kommunikasiya og`zaki nutqda aytilmay qolgan fikrlarni ifoda etish imkonini beradi. Mimika – inson yuz harakatlarining bir qismi bo`lib, u orqali insonning o`ylari, xatti-harakatlari, tasavvurlari, xotirlashi, taajjubi va hokazolarda namoyon bo`ladi. Pantomimika – inson tanasi yoki uning qismlari yordamida ifodalanadigan harakatlar tizimidir. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, kundalik muloqot jarayonida so`zlar 7% ni, tovushlar va intonasiya 38% ni, nutqsiz muloqot esa 55% ni, tashkil qiladi. Publisiy aytganidek, biz “Ovoz bilan gapiramiz tana bilan suhbatlashamiz”. Noverbal kommunikasiyaning boshqa belgilar tizimini ko`rib chiqaylik. Paralingivistik va ekstralingvistik belgilar tizimi – bu lokalizasiya tizimi bo`lib, u ovoz sifatida diapozonini nutqdagi pauzalar, yo`tal, yig`I, kulgu, nutq tempida namoyon bo`ladi. Muloqot jarayonida muloqotga kirishuvchilarni bir-birlariga nisbatan joylashishlari ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, auditoriyadagi edagog joylashishi muloqot uchun juda noqulaydir. Ayniqsa, seminar mashg`ulotlari jarayonida o`qituvchi, ma`ruzachi muloqoti vaqtida qolganlari munozarada faol ishtirok etish imkoniyatiga ega emasdirlar. Seminarlarni yoki shu kabi suhbatlarni “T” shaklida joylashgan stol stullarda o`tkazish ham foydali, lekin dumaloq shaklda joylashtirilgan stol, stullarda muloqot juda samaralidir. Vizual muloqotda “ko`z kontakti” belgilar tizimi ham qo`llaniladi. Ushbu tizim pedagoglar, rahbarlar ish faoliyatida muhim ahamiyatga egadir. Qiziqarli belgilar tizimi sifatida muloqot jarayonida gul, fotorasm va boshqalardan foydalanish mumkin. Ehtimol gullar orqali insonlar ma`lum bir ma`lumotni uzatish imkoniyatiga egalar. Shu bois gullar tarixi haqida ayrim ma`lumotlarni keltiramiz. Gullar tili qadimda Sharqda paydo bo`lgan. Uni ayollar yaratishgan. O`z yuzlarini ochish imkoniyatiga ega bo`lmagan ayollar o`z hislarini va kayfiyatlarini gullar orqali ifodalashga harakat qilganlar. Assosiasiya sifatida paydo bo`lgan belgilar qat`iy odatlarga aylangan. Masalan, azaliya guli sog`inch, yolg`izlik, gnasint qunchalarining soni uchrashuv kunini, qo`ng`iroq gullar soni uchrashuv vaqtini anglatadi. XIX asrga kelib, gullar tili dastlab Fransiyada, so`ng Angliya va butun jahonga tarqalgan. Asta-sekin gullar tili bilan ranglar tili ham yuzaga keldi. Jumladan, Yevropaning ko`p davlatlarida siyoh rang do`stlik, hashamatlilik, to`kinlik ramzi bo`lsa, Yaponiyada-ham og`riq belgisi bo`lgan. Har qaysi rang ma`lum holat, kayfiyat ma`nosini anglatadi. Jumladan qizil rang hayot, sevgi, pushti – yoshlik, sariq – baxt, quyosh, to`y, xursandchilik, yashil – tinchlik, xotirjamlik, ko`k – ishonch, vafo, qora – tantanavorlik, qayg`u, oq – poklik, beg`uborlik ramzi sifatida tushuniladi. Download 34.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling