9-mavzu: Mulоqоt psiхоlоgiyasi Reja: Muloqot va nutq haqida tushuncha, muloqot turlari


b) Produktiv nizoning kelib chiqish sabablari quyidagilardan iborat


Download 34.5 Kb.
bet9/11
Sana18.06.2023
Hajmi34.5 Kb.
#1562144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
vZvBnr1tTl1jgVnS48 J1jr57DCIlf-6

b) Produktiv nizoning kelib chiqish sabablari quyidagilardan iborat:

Birgalikdagi faoliyatning muvaffaqiyatli ro`y berishi ko`p jihatdan kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-birini qanday idrok etayotganini, har bir ishtirokchida boshqa ishtirokchi haqida qanday tasavvurlar shakllanayotganligiga bog`liq. Bu esa muloqotning perseptiv tomonini o`rganish zaruratini vujudga keltiradi.
Kishilarning bir-birini idrok etish jarayoni muloqotning ajralmas qismi bo`lib, u muloqotning perseptiv tomonini tashkil etadi.
Insonning inson tomonidan idrok etilishi “ijtimoiy persepsiya” deyiladi. Dastlab bu atama Dj.Bruner tomonidan 1947 yil ishlatilgan bo`lib, u perseptiv jarayonlarning ijtimoiy determinasiyasini anglatgan. Keyinchalik bu atama boshqacharoq ma`noga ega bo`lib, u ijtimoiy ob`ektlarni, ya`ni odamlar ijtimoiy guruhlar, katta ijtimoiy tuzilmalarni idrok etish jarayonini anglata boshlagan.
Ijtimoiy perseptiv jarayonlarda individ quyidagilarni idrok etishi mumkin:
A. o`z guruhiga munosib individni;
B. boshqa guruhga mansub individni;
C. o`zining guruhini;
D. o`zga guruhni.
Ijtimoiy perseptiv jarayonlarda guruh quyidagilarni idrok etishi mumkin:
A.o`z individini;
B.o`zga guruh individini;
C.o`zini;
D.o`zga guruhni.
Rus psixologi A.A.Bodalev "insonni inson tomonidan idrok etilishig“" sinonim ravishda "insonning boshqa ins”nni bilishi" ibora“ini qo`llaydi. Inson jamiyat a`z”si sifatida qabul qilinganligi sababl` muloqotda ham shaxs sifatida namoyon bo`ladi. S.L.Rubinshteyn aytganidek, "biz insonni tashqi xulq-atvoriga qarab “ni o`qiymiz". Bundan, insonni tashqi qiyofasi uni q”nday shaxs ekanligidan dalolat berishini anglashimiz mumkin.

Download 34.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling