9-mavzu: muloqot psixologiyasi reja


Aniq va to‘g‘ri tushunishga taalluqli qonuniyatlarga quyidagilar kiradi


Download 316.73 Kb.
bet11/12
Sana30.10.2023
Hajmi316.73 Kb.
#1734147
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
9-mavzu muloqot psixologiyasi reja

Aniq va to‘g‘ri tushunishga taalluqli qonuniyatlarga quyidagilar kiradi:
1.Boshqa odam haqidagi ma’lumotning miqdoriy tomoni. Birinchi bor to‘qnashgan odamlarda bir-birlari haqida faqat birlamchi tasavvurgina hosil bo‘lishi mumkin. Amerikalik tadqiqotchilar talabalarga boshqa talabalarga baho berish topshirig‘ini berishgan. Baholar birinchi to‘qnashuv natijasiga ko‘ra, bir haftadan keyingi qayta to‘qnashuv natijasida va ikki haftadan keyin tekshirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, eng aniq tasavvur ikki haftalik tanishuvdan keyingina paydo bo‘lar ekan.
2.Ma’lumotlarni olish tartibi. Boshqa odam haqida berilgan ma’lumotga asosan unda o‘sha odam haqida muayyan fikr hosil qilish oson, lekin uni qayta qurish, o‘zgartirish ancha mushkul.
3.Normal intellektning bo‘lishi. Intellekt juda yuqori bo‘lganda ham, juda past bo‘lganda ham boshqa odamni to‘g‘ri tushunish qiyin.
4.Maxsus tayyorgarlikning bo‘lishi. Mutaxassislar 4-kursda o‘qiyotgan psixolog talabalar bilan portret chizadigan rassomlarning boshqalarga bergan psixologik baholarini solishtirishlari natijasida rassomlarning baholari ancha aniqroq bo‘lib chiqqanining guvohi bo‘lishgan.
5.Hissiy holatning ta’siri. Nurrey degan olimning tadqiqotlarida turli emotional holatni boshidan kechirayotgan shaxslarga boshqa odamni baholash topshirig‘i berilgan. Bir seriyada tekshiriluvchilarga elektr toki bilan ta’sir etib turib, boshqa odamning rasmini baholashni tavsiya etishganda, baholanayotgan shaxsda johillikka yaqin sifatlar ham borligi aytilgan. Yaxshi emotsional holat boshdan kechirilayotgan seriyada esa o‘sha odamda asosan yaxshi sifatlar qayd etilgan.
6.Shaxsning ochiqligi. Kundalik muloqotda ochiq, samimiy odam bilan tund, pismiq odam baholari o‘rtasida sifat farqlari aniqlangan. Bundan tashqari, odamning muloqot tajribasining boyligi ham uning boshqalar haqidagi tasavvurlarining aniq bo‘lishini ta’minlaydi
Demak, yuqoridagi barcha qonuniyatlarni hisobga olgan holda, shaxs tarbiyasi bilan shug‘ullanish uni kelgusidagi murakkab va xilma-xil muloqot jarayonlariga psixologik tayyorlaydi. Bunday tayyorgarlik, ayniqsa, bo‘lg‘usi psixologlar, pedagoglar va rahbarlar uchun muhimki, ular o‘z kasblari tufayli turli muloqot vaziyatlariga duch keladilar va har bir vaziyatda ulardan nihoyatda o‘tkir dadillik, odob va kishilar psixologiyasini bilgan holda ularni to‘g‘ri tushunish malakasi talab qilinadi. Bir so‘z bilan aytganda, bu muloqotdagi bilimdonlikdir.



Download 316.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling