9-mavzu: Odamning bilish qobiliyatlari Reja: 1- odamning bilish qobiliyati
Download 33.78 Kb.
|
enkonometrika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Subyektiv haqiqat
- Formal mantiq mezoni.
Obyektiv haqiqat – bu bilish subyektning xususiyatlariga bog‘liq bo‘lmagan obyektiv mavjud narsalar, voqea, hodisalar to‘g‘risidagi bilimlardir. Masalan, Yer Quyosh atrofida aylanadi. Bu obyektiv fakt. Odam bu to‘g‘rida biladimi – bilmaydimi, unga yoqadimi – yoqmaydimi – Yerning Quyosh atrofida aylanishi unga bog‘liq bo‘lmagan obyektiv haqiqat.
Subyektiv haqiqat – bilish subyektining xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan bilimlardir.. U obyektiv haqiqatga mos kelishi yoki mos kelmasligi mumkin. Masalan, O‘rta asr ilohiyotchilari yerni dunyoning markazi deb o‘ylaganlar. Bu ularning subyektiv nuqtai nazari (subyektiv haqiqat) edi. Uyg‘onish davrining naturfaylasuflari N.Kopernik va Dj.Bruno yer dunyoning markazi emas va Quyosh atrofida aylanadi deb faraz qildilar. Ularning subyektiv kosmologik qarashlari obyektiv haqiqatga mos keladi. Obyektiv haqiqatning qanday mezonlari (belgilari) mavjud? Odam qanday qilib o‘z bilimining to‘g‘riligini tekshirishi mumkin? Inson qadimdan boshlab o‘z bilimlarining haqiqatligini, uning xatodan farqini ajratuvchi mezonni topishga harakat qilib kelgan. Shu sababli falsafada bilimlarning haqiqatligi mezoni muammosi va uni hal qilishga doir turlicha qarashlar paydo bo‘lgan. Falsafada har xil haqiqat mezonlari ilgari surildi. Ulardan eng muhimlari – formal mantiq mezoni, amaliyot mezoni, psixologik mezon, estetik mezon. Bunday qarashlarning dastlabkisi bu haqiqatning formal mantiq mezonidir. Formal mantiq mezoni. Bu mezonga ko‘ra, bilim haqiqat bo‘lishi uchun bu bilimni ifodalovchi fikr ikkinchi biror fikrga muvofiq kelishi yoki bu bilim boshqa bilimdan zaruran kelib chiqishi lozimdir. Lekin bunga idealistlar va materialistlar turlicha yondashganlar Masalan, obyektiv idealistlar haqiqatning mezoni, deb mutlaq g‘oyaning o‘z-o‘ziga mos kelishini tushunadilar subyektiv idealistlar esa, haqiqatning mezonn subyektning o‘zi yoki uning tafakkuridir, subyekt nimani haqiqat, deb bilishi uning o‘ziga, xohishiga bog‘lik deyishadi. Ba’zi subyektiv idealistlar esa bilimlarning haqiqatlik mezonini subyekt tasavvurlari va tushunchalarining aniq va ravshan bo‘lishidan, ularning umumahamiyatliligidan yoki subyektiv tajribalardan axtaradilar. Materialistlar bo‘lsa, bilimlarning haqiqatlik mezoni deb amaliy faoliyatni oladilar. Ular bilish nazariyasida amaliyot inson bilimlarining to‘g‘ri yoki xatoligini aniqlovchi mezondir. XX asr nepozitivizm oqimi vakillari o‘z bilish nazariyalarida haqiqatning mezoni deb kogerensiya prinsipini oladilar. Bu prinsipga ko‘ra ular haqiqatning mezoni deb bilimning o‘z-o‘ziga mos kelishini tushunadilar. Nepozitivizmning boshqa bir guruhi vakillari esa bilimlarning haqiqatlik mezoni sifatida verifikatsiya prinsipini ilgari suradilar. Bu prinsipga ko‘ra, bilimlarni hissiy tajriba, kuzatish, eksperiment yo‘llari bilan tekshirish mumkin. Biroq bizga ma’lumki, fanlarda paydo bo‘lgan ba’zi g‘oyalar va qarashlarning haqiqatligini bunday hissiy tajribalar asosida tekshirib bo‘lmaydi. Shu sababli ingliz faylasufi K.Popper verifikatsiya prinsipi bilan tekshirishni «nazariyani tasdiqlovchi dalillarga qarama qarshi, ularni rad qiluvchi, faktlarni qidirib topish bilan takomillashtirish» g‘oyasini ilgari so‘radi. K.Popperning bu g‘oyasi fanlardagi nazariy tizimlarning tatbiq etilish chegaralarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Biroq u inson bilimlarining haqiqatligini isbotlovchi mezon bo‘la olmaydi. Pragmatizm oqimi vakillari esa, har qanday ishning, amalning va bilimning haqiqatlik mezoni uning insonga keltiradigan foydasi bo‘lishi kerak, deyishadi. Haqiqatda esa foydali bo‘lish, foyda keltirish - bular inson bilimlarining haqiqatlik mezoni emas. Ekzistensializm falsafasi vakillari bo‘lsa, inson bilimlarining haqiqatlik mezoni - bu har bir kishining o‘z ehtiyoji, maqsad va manfaatlaridir, deyishadi.Ularning qarashicha hech qachon ikki kishining ehtiyoji, intilishlari bir-biriga to‘la mos kelmaydi Shu sababli haqiqatning barchaga baravar bo‘lgan mezoni bo‘lishi mumkin emas. Inson bilimlarining haqiqatligi yoki xatoligi odatda uning bu bilimlardan o‘z amaliy faoliyatida foydalanishida ma’lum bo‘ladi. Haqiqat bo‘lgan bilimlar uni o‘z ko‘zlagan maqsadiga to‘g‘ri olib boradi, xato bilimlar esa uning faoliyatini muvaffaqiyatsizlikka olib keladi Shuning uchun bilishning dialektik-materialistik nazariyasi inson bilishning haqiqatlik mezoni deb amaliyotni oladi. Chunki insonning har qanday sohaga oid yangi bilimini haqiqat ekanligini aniqlamoq uchun, albatta, amaliyotda tekshirib ko‘riladi. Amaliyot inson bilish jarayonida hosil bo‘lgan har bir bilimning haqiqatligini tasdiqlash bilan birga, hosil qilgan bu bilimning cheklanganligini, bir tomonlamaligini hatto xato yoki g‘ayri ilmiyligicha ham aniqlab beradi. Lekin shuni ham aytish kerakki amaliyot ham inson bilimlarining haqiqatlik mezoni sifatida mutlaq emas. Sababi: inson bilimlarining haqiqatligi yoki xatoligi amaliyotda tasdiqlanishi aslo to‘liq bo‘lmaydi. Shuning uchun barcha davrlarda inson bilimlarining barcha sohalarida hali haqiqatligi tasdiqlanmagan yoki xatoligi to‘la aniqlanmagan ko‘pgina muammo va gipotezalar mavjudki, ular kelgusi avlodlar tomonidan tuzatilib, to‘ldirilib, tasdiqlanib yoki qilinib boriladi. Shu boisdan ma’lum sharoitlarda inson bilishi erishgan fundamental bilimlarni haqiqatligini amaliyotda tasdiqlash yoki xatoligini rad qilish uchun ba’zan bir necha daqiqa, bir necha soat yoki bir necha kun talab qilinsa, ba’zan bu muddat bir o‘n yil yoki bir necha yuz, hatto minglab yillarni o‘z ichiga olishi mumkin. Umuman, amaliyot haqiqat mezoni sifatida insonning to‘g‘ri bilimlarini xato bilimlardan farq qilishda katta ahamiyatga ega. Bu mezon, birinchidan, inson bilimlari borliqning to‘g‘ri in’ikosi ekanligini tasdiqlasa, ikkinchidan, u borliqni noto‘g‘ri aks ettiruvchi qarashlarning xatoligini ochib beradi. Download 33.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling