9-Mavzu. Organik dielektriklar. Reja: Organik dielektriklar. Tabiiy qatron
Download 311.6 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq9-мавзу
9-Mavzu. Organik dielektriklar. Reja: 1.Organik dielektriklar. 2.Tabiiy qatron. 3.Sun'iy qatronlar. Tayanch so’z va iboralar: makromolekula, polimerlar, monomerlar, polimerlash, termoplastik, termoreaktiv, tabiiy qatron, kanifol, qahrabo, polietilen, polipropilen, polivinilxlorid, poliefir qatroni, qatroni rezina , elastometr, selyuloza , tabiiy shoyi, bitum Elektrotexnika, radiotexnika, elektronika va xalq xo`jaligining boshqa sohalarida polimerlardan ko`p sonli turli xil mahsulotlar ishlab chiqariladi. Yuqori molekulyar birikmalarning yuzta, mingta va undan kup atomlarning o`zaro kovalent bog`lanishidan vujudga kelgan molekulasi makromolekula deyiladi, aksariyat tabiiy va sintetik polimerlarning makromolekulalari takrorlanadigan bir xil atom gruppasi–elementar xalqalardan tashkil topadi. Bunday makromolekulalarga ega birikmalar polimerlar deb ataladi. Polimerlarni sintez qilishda ishlatiladigan quyi molekulyar birikmalar monomerlar deyiladi. Dielektriklar ichida yuqori molekulali organik materiallar alohida ahamiyatga egadir. Tarkibida uglerod moddasi bo`lgan birikmalar organik moddalar deyiladi. Reaktsiya natijasida monomerlardan polimerlar hosil bo`lishi polimerlash deyiladi. Polimerlash natijasida moddaning molekulyar massasi, suyuqlanish va qaynash temperaturasi ortadi; polimerlash jarayonida modda gaz yoki suyuq holatdan, quyuq yoki qattiq holatga o`tadi. Polimerlar asosan chiziqli va fazoviy va polimer guruhlarga bo`linadi. Chiziqli polimer molekulalarning tuzilishi zanjir va tola ko`rinishida bo`ladi. Tabiiy kauchuk, polietilen, siloksan kauchuklari chiziqli polimerlarga misol bo`ladi. Fazoviy (yoki tarmoqlangan) polimer molekulalari uchala koordinata o`qlari bo`yicha tekis joylashib, ixcham tuzulishga ega qaytariluvchi guruhlardan tashkil topadi. Chiziqli va fazoviy polimerlar xossalari jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Chiziqli polimerlar egiluvchan va qayishqoq bo`lib, temperatura ta'sirida ularning ko`pchiligi avval yumshab, so`ngra eriydi. Fazoviy polimerlar esa erimaydigan qattiq holatda bo`lib, ularga temperatura ta'sir ettirilganda kimyoviy yemirilish sodir bo`ladi. Polimerlarning termoplastik va termoreaktiv turlari bo`ladi. Termoplastik (plastik) polimerlar qizitilganda yumshab, osongina deformatsiyalanadi; erituvchi ta'sirida ular oson eriydi, temperatura ta'sirida elektr xossalarini deyarli o`zgartirmaydi. Termoreaktiv (reaktoplast) polimerlar qizitilganda qattiq (mexanik mustahkam) holatga o`tib, egiluvchanlik va eruvchanlik xususiyatlarini yo`qotadi. Temperatura ta'sirida ushbu materiallar fazoviy polimerlarga uxshash tuzilishga ega bo`ladi. Tabiiy qatron. Tabiiy qatron o`simlik va biogen birikmalardan tashkil topgan organik moddadir. Tropik o`simliklarda tabiiy qatron bo`ladi. U past temperaturada amorf holatda bo`lib, qizdirilganda avvaliga yumshab, plastik, so`ngra suyuq holatga o`tadi. Elektrotexnikada ishlatiladigan tabiiy qatronlar suvda erimaydi, ammo spirtda, efirda va o`zi bilan birga kimyoviy tabiati bir xil bo`lgan organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Hosil bo`lgan eritma quritilganda yupqa parda hosil bo`ladi. Tabiiy qatron yopishqoq bo`lib, suyuq holatdan qattiq holatga o`tishida jism yuzasiga mustahkam yopishadi. Bu material lok, kompaund, plastik massa, sun'iy yoki tabiiy tolasimon materiallarning tarkibiy qismi bo`lib xizmat qiladi. Kanifol–to`q sariq rangli murt modda bo`lib, daraxt yelimida ajratib olinadi. Kanifol spirt, benzin, benzol, skipidar, atseton, neft va o`simlik moylarida osongina eriydi, suvda esa mutlaqo erimaydi. Uning dielektrik xossalari quyidagicha: r = 2,8; tg =0.003; = 10 13 – 10 14 Om m; Е m = 10 – 15 MV/m. Elektr izolyatsiyasida kanifol lok va kompaund tayyorlashda, qatron tarkibida va yuqori kuchlanishli kabellar uchun neft moyiga qushimcha sifatida ishlatiladi. Qahrabo–och sariq-qo`ngir tusli o`simlik mahsulidir. Kahraboning zichligi 1050-1096 kgG`m3, yumshash temperaturasi 175-200 0 S. Uning dielektrik xossalari: r = 2,8; tg = 0,001; = 10 15 Om m; s = 10 17 Om. Bu qatron skipidar, benzin va moylarda yaxshi eriydi. Qahrabo qimmat bo`lganligi sababli, undan faqat maxsus o`lchov asboblarida va katta qarshiliklar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Sun'iy qatronlar. Polietilen uncha tiniq bo`lmagan qattiq termoplastik materialdir. Polietilen, namga, kimyoviy muhitga chidamli qayishqoq material hisoblanadi. Polietilen yuqori kuchlanishli kabel va kondensator izolyatsiyalarida turli xil qoplamalar olishda, radio apparatlari va boshka uskunalarda ishlatiladi. Agar polietilenga yuqori quvvatli nur ta'sir ettirilsa, uning ish temperaturasi ko`tarilib, dielektrik va mexanik xossalari ancha yaxshilanadi. Polietilen tarkibiga porofor qushilishi natijasida g`ovak modda penopolietilen hosil bo`ladi. Bunda material zichligi 400-500 kg/m 3 , dielektrik singdiruvchanligi 1,5-1,5 gacha, ya'ni salkam 2 baravar pasayadi. Bu esa penopolietilenni radio to`lqinida ishlaydigan elektr asbob-uskunalari izolyatsiyasida qullash imkonini beradi. Penopolietilen olis masofalarga mo`ljallangan aloqa va yuqori chastotali kabel izolyatsiyalarida ham ishlatiladi. Download 311.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling