9 Mavzu: O‘zbek milliy kiyimlari tavsifi. Milliy ko‘ylakni texnik modellash. Reja
O‘zbekcha milliy lozimni loyihalash
Download 157.9 Kb.
|
9-ma\'ruza.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo‘yicha nazorat savollari
9.4. O‘zbekcha milliy lozimni loyihalash.
Lozim ayollar kiyimining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Ayollar kiyimining bu turi milod boshlaridagi xotin-qizlar tasvirida uchraydi. Lozimni ham o‘z tarixi bor. U shakl, ishlatiladigan materiali, dekori jihatidan o‘zgarib turgan bo‘lsa ham, asl xalq bichimini saqlab qolgan. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, kengligini kamaytirish maqsadida lozim bichimini ayollar shimi loyihasiga yaqinlashtirish boshlangan. Lozimni ko‘ylak bilan bir xilda modellash kerak, chunki ular gavdaning idrok etilishida bir butunni tashkil etadi. Bunda shakl jihatidan ham, rang, ishlatiladigan gazlamalar va bezagi jihatidan ham xillilik bo‘lishi kerak. Shuning bilan birga gazlama tanlashda gigiyenik talablarni ham hisobga olish muhim hisoblanadi. Lozim chizmasini tayyorlash uchun quyidagi o‘lchovlar kerak bo‘ladi. BlYaa = 38 sm BkYaa = 52 sm LU = 90 sm PK = 20 sm. QBk = 4—6 sm. 1. To‘g‘ri burchak chizilib, burchakka Bl nuqta qo‘yiladi. (50-rasm). 2. BlP = LU = 90 sm (lozim uzunligi). 3. BlQ = BkYaa:2+(10-11) = 52:2+(10-11) = 36 sm (qadam chizig‘i oralig‘i). 4. Bl, Q, P nuqtalardan o‘ng va chap tomonga gorizontal chiziqlar o‘tkaziladi. 5. BlBl1 = BkYaa+QBk = 52+(4-6) = 56 sm (lozim kengligi). 6. QQ1 = BBl1 = 56 sm (qadam chizig‘idagi kenglik). 7. Q1Q2 = Q1 1Q2 1 = BkYaa:4-2 = 52:4-2 = 11 sm (og‘ qismi kengligi). 8. Q1Q3 = Q1 1Q3 1 = Q1Q2 = 11 sm (yordamchi nuqta). 9. Q1Q4 = Q1 1Q1 41 = 4-8 sm (Q3Q1Q2 va Q3 1Q1 1Q2 1 burchak bissektrissalari). 10. Q3, Q4, Q2 va Q3 1, Q4 1, Q2 1 nuqtalar ravon egri chiziq bilan hamda Bl1, Q3 va Bl1 1, Q3 1 nuqtalar to‘g‘ri chiziq bilan tutashtiriladi va yuqoriga davom ettiriladi. 11. PP1 = PP1 1 = PK = 20 sm. 12. P1 nuqta Q2 nuqta hamda P1 1 nuqta Q2 1 nuqta bilan chizg‘ich yordamida tutashtiriladi, ularning o‘rtasidan o‘tkazilgan perpendikulyarda 1,5 sm qo‘yiladi. 50-rasm. Lozim chizmasi. 13. PP2 = 1,5 sm (pocha qismining ko‘tarilishi). 14. Q2, 1,5—2 sm, P1 nuqtalar, Q2 1, 1,5—2 sm, P1 1 va P2, P1 1, P1 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. 15. Bl1Bl2 = BkYaa:10-1 = 52:10-1 = 4,2 sm (orqa bo‘lak chizig‘ining ko‘tarilish nuqtasi). 16. Bl1 1 va Bl2 nuqtani chizg‘ich yordamida tutashtiriladi, 42- rasmda ko‘rsatilganidek qilib perpendikulyarlar o‘tkaziladi va pendikulyar o‘rtalarida 1,0 va 1,5 sm qo‘yiladi. 17. Bl1 1, 1,0, Bl1, 1,5 sm, Bl2 nuqtalar ravon egri chiziq bilan tutashtiriladi. Mavzu bo‘yicha nazorat savollari: 1. Milliy kiyimlar o‘zining qanday tarixiga ega? 2. Paranji qanday kiyim va uni kiyish qachon urf bo‘lgan? 4. Ayollar va erkaklar milliy kiyimlarining qanday turlari bo‘lgan? 5. Hozirgi zamonaviy liboslarning qanday turlarini bilasiz? 6. Ayollar milliy ko‘ylagini qanday modellashtiriladi? 7. Ayollar milliy lozimini qanday loyihalanadi? Download 157.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling