9 Mavzu: O‘zbek milliy kiyimlari tavsifi. Milliy ko‘ylakni texnik modellash. Reja


Download 157.9 Kb.
bet1/5
Sana22.01.2023
Hajmi157.9 Kb.
#1110180
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-ma\'ruza.


9 - Mavzu: O‘zbek milliy kiyimlari tavsifi. Milliy ko‘ylakni texnik modellash.
Reja:
9.1. Milliy kiyimlar tarixidan qisqacha ma’lumot.
9.2. Zamonaviy milliy liboslar.
9.3. Ayollar o‘zbekcha ko‘ylagining texnik modellash.
9.4. O‘zbekcha milliy lozimni loyihalash.
9.1. Milliy kiyimlar tarixidan qisqacha ma’lumot.
Kiyim-kechaklar o‘zbek xalqi tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, moddiy-madaniy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o‘ziga xosligini aks ettirib, etnik belgilari bilan ajralib turadi. Kiyimlarda el-elat tarixiga borib taqaladigan an’analar, ijtimoiy munosabatlar, ma’rifiy, din va estetik shakllarning ayrim unsurlari ifodalanadi. Jamiyat turmushi, iqtisodiyoti va siyosatida bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan baravar kiyim shakllari ham o‘zgarib boradi, unda xalqning moddiy ahvoli, kishilarning didi, go‘zallik to‘g‘risidagi ideallari, xo‘jalik yuritishning o‘ziga xos jihatlari hamda oilaviy turmushning ba’zi tomonlari ham ko‘zga yaqqol tashlanadi. Xalqimizning xilma-xil, rang-barang va jozibali liboslari tarixini o‘rganishdan maqsad — yoshlarga milliy o‘zligini anglatish, o‘zbek xalqining qadimdan to hozirgi davrgacha bo‘lgan an’anaviy, betakror kiyimlarini ko‘rsatish, xalqimiz orasida saqlanib kelayotgan madaniy merosimizni aks ettirish va davomiyligini anglatishdan iboratdir. Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrida (IX-XIV asrlar) ayollar ikkita ko‘ylak kiyishardi: ich ko‘ylak gavdaga juda yopishib turadigan tunukasimon bichimli, uzun, tor yengli, ko‘krak qismida vertikal kesimi bor bo‘lsa, ust ko‘ylak ham gavdaga juda yopishib turadigan, beldan past qismi tugmasiz ochiq, yenglari kalta-kalta bo‘lardi. Ko‘ylaklar ir gazlamadan va shoyi gazlamadan sernaqsh qilib tikilardi. U davr kiyimi haqidagi ma’lumotni odam rasmini chizish man etilmagan vaqtlarda tuzilib, bizgacha etib kelgan ajoyib kitob miniatyurasidan olishimiz mumkin. U vaqtlarda ayollar yuzlarini bekitmay yoki yuzlarining pastki qisminigina doka ro‘mol bilan bekitib yurardilar. Paranji yopinish XVIII asrda odat bo‘ldi. Bu turmushni biqiqlikka olib kelgan, sosial o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Paranji arabcha „faroji“, erkaklar ust kiyimi — to‘n so‘zidan kelib chiqqan. To‘n asta-sekin boshga yopilib, gavdani ham yashirib turishga xizmat qiladigan, orqa tomonidan pastki qismi bir-biriga chatilgan ikkita uzun soxta yengi (bandak) bor ayollar kiyimi bo‘lib qolgan. Betga esa paranji ostidan chachvon — otning dum qilidan to‘qilgan to‘r parda tutilgan.

Download 157.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling