9 Mavzu: O‘zbek milliy kiyimlari tavsifi. Milliy ko‘ylakni texnik modellash. Reja
Download 157.9 Kb.
|
9-ma\'ruza.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erkaklar kiyimi
Ayollar kiyimi XIX asr oxirlariga kelib u ko‘ylak, lozim, nimcha va ro‘moldan iborat bo‘lgan. Ko‘ylak qizil rangli guldor shoyi matodan tikilgan, to‘g‘ri bichimli, keng va uzun, etagi biroz kengaygan, yenglari to‘g‘ri va uzun. Ko‘ylakning oldi qirqimli, tik yoqali (bu yoqa „no‘g‘ay yoqa“ yoki „it yoqa“ deb ham atalgan), old qirqimining yuqorisida bog‘ich bilan bog‘lanadi. Ustidan nimcha (peshmat) kiyilgan. Nimchaning uzunligi tizzadan pastroqqacha tushib turadi, astarli, avrasi kimxob yoki parcha matodan, astari ir gazlamadan tikilgan. Ro‘mol irak tolali, to‘rtburchak shaklida, chetlari popukli — „farang ro‘mol“, dioganaliga buklab o‘ralgan va ustidan „tillaqosh“ taqilgan. Tillaqosh — peshona bezagi bo‘lib, yupqa tilla hal yuritilgan kumush plastinkadan yasalib, pastki ziylari qosh shaklida bo‘lgan, pastida xuddi bargakniki singari osilchoqlari bo‘lgan, tillaqosh chiroyli naqshlar hamda feruza va boshqa ko‘plab rang-barang qimmatbaho toshlar („ko‘zlar“) bilan bezatilgan.
Erkaklar kiyimi. Erkaklar milliy kiyimi tarkibiga ko‘ra ichki va ustki kiyimlarga bo‘linadi. Ichki kiyimlar ko‘ylak va ishtondan iborat edi. Erkaklar ko‘ylagi asosan bir tusdagi oq matodan tikilgan, to‘g‘ri bichimli, etagiga qarab biroz kengaygan, uzunligi tizzagacha bo‘lgan. Yoqasi ikki turda bichilgan: oldi yopiq, kesimsiz, yelkadan yelkagacha ko‘ndalang o‘mizli — “mullacha ko‘ylak”, ba’zan ularning yoqa o‘miziga jiyak ham tikilgan. Ikkinchi tur ko‘ylaklar tik yoqali, oldi qirqimli ko‘ylaklar bo‘lib, qirqimiga ikki buklangan planka tikilgan. Erkaklarning ustki kiyimlari bir necha xil bo‘lgan: paxtali qavima to‘n yoki chopon, qaviqsiz yaxtak yoki avra to‘n, movutdan to‘qilgan chakmon, avrasiz po‘stin, pocha po‘stin va h.k.z. Odatda ko‘ylak ustidan oldi ochiq chopon kiyib yurilgan. Choponlar sidirg‘a gazlamadan, yo‘l-yo‘l beqasamdan, guldor nimshoyi gazlamadan va adrasdan tikilgan. Erkaklar kiyim-kechaklari tarkibida belbog‘ alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Mahalliy gazlamalardan tikilgan belbog‘, kashtalar bilan bezatilgan chorsilar juda rasm bo‘lgan. Bosh kiyimlari — do‘ppilar kishilarning yoshiga va mavqeiga qarab turlicha bo‘lgan: cho‘qqi, yarim qubba va to‘rtburchak shakldagi do‘ppilar alohida yoki salla bilan birga kiyilgan. Sallalar ir gazlama, ir aralash jun matolar, doka, ba’zan qimmatbaho matolardan tayyorlangan. Aholining har bir ijtimoiy tabaqasi sallani o‘ziga xos o‘rashi bilan ajralib turgan. Keksa yoshdagi kishilar odatda oppoq, o‘rta yoshdagilar — kulrang, yoshlar esa rangdor salla o‘raganlar. Erkaklar poyafzali maxsi-kavush, “amirkon” etiklardan iborat bo‘lgan. Download 157.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling