9 Mavzu: O‘zbek milliy kiyimlari tavsifi. Milliy ko‘ylakni texnik modellash. Reja
Ayollar o‘zbekcha ko‘ylagini texnik modellash
Download 157.9 Kb.
|
9-ma\'ruza.
9.3. Ayollar o‘zbekcha ko‘ylagini texnik modellash.
An’anaviy milliy ko‘ylak gavda qismi to‘g‘ri bichimli, koketka chizig‘i bo‘ylab burmali bo‘ladi. Koketka asosan ko‘ylakning gavda qismiga ulanadigan chizig‘i bo‘ylab dumaloq bo‘ladi. Old tomonda koketka bo‘laklari bir-birining ustiga o‘tib turadi. Yoqasi qirqma, yoqa o‘mizi bo‘ylab o‘tqazma, qaytarma qismining shakli har xil bo‘ladi. Bunday ko‘ylakning loyihasini tuzish metodlarining boy tarixi bo‘lib, unda xalq an’analari hisobga olinadi. Mazkur qo‘llanmada milliy ko‘ylak loyihasini beli qirqma bo‘lmagan ovropacha ko‘ylak loyihasi asosining chizmasida tuzish varianti (49-rasm) taklif etilgan. Old va orqa bo‘laklar chizmasida oldin vitochkani bekitib, tirik koketka chizig‘i o‘tkaziladi. Koketka chizig‘i orqa bo‘lakda L nuqtasidan, old bulakda esa L1 nuqtasida o‘tkazilgani ma’qul. Old bo‘lakda koketka chizig‘i ko‘krakning yuqori nuqtasidan 2,5—3 sm yuqoriroqdan o‘tishi kerak, bu chiziq asta-sekin simmetriya chizig‘iga tushib, undan 2,5—3 sm ga o‘tadi (koketkaning bir-biri ustiga o‘tish kengligi). Tirik vitochkani to‘g‘nag‘ich bilan to‘g‘nab, belgilangan chiziqlar bo‘ylab qirqiladi. L1 nuqta surilib yangi holat L1 ga o‘tadi. Shunday qilib, ko‘krak vitochkasi koketka chizig‘iga ko‘chiriladi. Orqa bo‘lak yelka vitochkasini o‘z o‘rnida qoldirish mumkin. Lekin, ba’zan gazlama guli buzilmasligi uchun orqa bo‘lak koketka detalining yelka vitochkasini ham koketka chizig‘iga ko‘chirish mumkin. Buning uchun yelka vitochka uchidan koketka chizig‘igacha vertikal chiziq o‘tkaziladi. Shu belgi chiziq bo‘ylab koketka qirqiladi. Yelkadagi vitochka to‘g‘nag‘ich bilan to‘g‘naladi-da, bu vitochka koketka chizig‘iga va vertikal qirqilgan joyga ko‘chiriladi. Hosil qilgan andaza konturlari bo‘ylab, orqa bo‘lak koketkasining shakli olinadi. Shunday qilib, old bo‘lakdagi koketka chizig‘i — L1 1, old bo‘lakning gavda qismini koketkaga ulash chizig‘i — L1 1; orqa bo‘lakning koketka chizig‘i — L2, orqa bo‘lakning gavda qismini koketkaga ulash qismi L2 bo‘ladi. Koketkaga ulash chizig‘i bo‘ylab gazlamadan burma hosil qilishga mo‘ljallab, ko‘ylakning ham old, ham orqa bo‘lak gavda qismi kengaytirish qo‘yimi istalgancha, ixtiyoriy olinadi. Buning uchun old va orqa bo‘laklar simmetriya chiziqlarini gavda qismini kengaytirmoqchi bo‘lgan miqdorga suriladi: 22_ = KK_ = BlBl_ = EE_ = Bl1B_ll = Bk1B_k1 = E1E_1 = 10 sm Ko‘ylak gavda qismining minimal kengaytirilishi 10 sm ga teng bo‘ladi. 49-rasm. O‘zbekcha koylakning loyihasi. Agar bu kengaytirish yetarli bo‘lmasa, old va orqa bo‘laklar qo‘shimcha suriladi. Buning uchun surish chizig‘i belgilab olinadi. Bu chiziqlar orqa bo‘lakda beldagi vitochka markazidan, old bo‘lakda esa beldagi ikkala vitochka markazidan vertikal o‘tkaziladi. Old va orqa bo‘laklari belgi chiziqlar bo‘ylab qirqib, hamma bo‘laklarni gorizontal bo‘ylab orqa bo‘lakni o‘ng tomonga, old bo‘lakni chap tomonga suriladi. Yon qirqimlar — K4E2 vertikal yo‘nalishda belgilanadi. Old va orqa bo‘laklarning qo‘shimcha surilish kengligi ixtiyoriy bo‘ladi. Old va orqa bo‘laklar uzil-kesil surilib bo‘lgandan keyin ularning yuqori qirqimlari shakli chiziladi. Ayollarning an’anaviy o‘zbekcha ko‘ylagida, hozirgi paytda ma’lum o‘zgarishlar bo‘lmoqda, ya’ni ko‘ylak gavda qismining bichimi, hajmi va uzunligi qisqarmoqda. Koketka, yoqa, yenglarning katta-kichikligiga va shakliga ko‘pgina omillar, shu jumladan moda ham ta’sir etmoqda. Hozirgi o‘zbekcha ko‘ylakda turli bezaklar, qo‘yma burmalar, aylana burmalar, plisse va hokazolar ishlatiladi. Bu esa ko‘ylaklarning gavda qismi bilan koketkaning loyihasi bir xil bo‘lsa ham ularning tashqi ko‘rinishini o‘zgartiradi. Download 157.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling