9-Mavzu: O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish idoralari Mаtnlаrni yoritish rеjаsi


Download 207.78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi207.78 Kb.
#212976
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish idoralari



9-Mavzu: O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish idoralari  

 

Mаtnlаrni yoritish rеjаsi: 

1.  Sertifikatlashtirish tashkilotlari 

2.  O'zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimining tarkibi 

3.  Respublika hududlarida sertifikatlashtirish bo'yicha milliy idora vazifalari 

4.  O'zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimining asosiy vazifalar 

 

Sertifikatlashtirish  sinovlarini  o’tkazadigan  barcha  sertifikatlashtirish  bo’yicha 

organlar  va  laboratoriyalar  majburiy  akkreditlanishi  lozim.  Аkkreditlash  -  uning 

vositasida  obro’li  muassasa,  shaxs  yoki  organning  anik  ishlarini  bajarishga  xukukli 

ekanligini rasman tan oladigan muolajadir. 

Аkkreditlash  -  xalkaro  amaliyotda  odam  faoliyatining  turli  soxalar;  iqtisodiy, 

xuquqiy, texnikaviy va x-k. soxalarda muvofiklikni baholash va tasdiklashni, shuningdek, 

sertifikatlashtirishni amalga oshiruvchi  laboratoriyalar  va organlarning kompetentligini 

baholash va tan olish  usulidir. U  bu tashkilotlarning  faoliyatiga  isteʼmolchi  tomonidan 

hamjamiyat tomonidan ham ishonchning taʼminlanishiga qaratilgan. 

Xalkaro  amaliyotda  akkreditlash  bo’yicha  faoliyat,  odatda,  milliy  akkreditlash 

tizimlari doirasida dunyoda tan olingan qoidalar buyicha amalga oshiriladi. Аkkreditlash 

bo’yicha  ishlarni  o’tkazish  amaldagi  qonunchilikka  muvofik  «Uzstandart»  agentligi 

Markaziy  apparatining  Аkkreditlash  va  inspektsion  nazorat  buyicha  Boshkarmasi 

zimmasiga yuklangan. 

O'zbekiston  Respublikasining  sertifikatlashtirish  milliy  tizimining  tarkibini 

quyidagilar tashkil qiladi: 

- O'zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish bo'yicha milliy idora

- bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo'yicha akkreditlangan idoralar

-  sifat  tizimlarini  va  ishlab  chiqarishni  sertifikatlashtirish  bo'yicha  akkreditlangan 

idoralar; 

- akkreditlangan mustaqil sinov laboratoriyalari (markazlari). 




Yuqorida  ta'kidlanganidek,  Vazirlar  Mahkamasining  1992  yil  2  martdagi 

“O'zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo'yicha ishlarni tashkil qilish to'g'risida” 

gi 93-sonli qaroriga muvofiq sertifikatlashtirish bo'yicha milliy idora sifatida O'zbekiston 

davlat  standartlashtirish,  metrologiya  va  sertifikatlashtirish  markazi  O'zdavstandart 

belgilangan. 

Sertifikatlashtirish  bo'yicha  milliy  idora  «Sertifikatlashtirish  to'g'risida»gi 

qonunning 5-moddasiga binoan quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha o'zining faoliyatini 

olib boradi: 

- respublikada sertifikatlashtirish tizimini qo'llash va takomillashtirish bo'yicha umumiy 

siyosatni  ishlab  chiqish,  qonun  chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi  hokimiyatning  tegishli 

idoralari bilan o'zaro hamkorlik qilish; 

- sertifikatlashtirish masalalari bo'yicha boshqa mamlakatlarning vakili bo'lgan idoralar 

va halqaro tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qilish, O'zbeiston Respublikasining ushbu 

tashkilotlar  faoliyatida  qatnashishni ta'minlash;  -  sertifikatlashtirishning  umumiy  qoida 

va  tartibini  aniqlash  (belgilash)  hamda  ularga  rioya  qilinishini  ta'minlash, 

sertifikatlashtirish hujjatlarini ro'yxatdan o'tkazish ustidan nazorat olib borish. 

- Respublika va xorijiy ma'lumot iste'molchilarini ma'lumotlar bilan ta'minlash. 

O'zdavstandart  bir  turdagi  mahsulotlarni  sertifikatlashtirish  idoralari  bilan 

birgalikda quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 

Respublikada 



sertifikatlashtirish 

milliy 


tizimining 

talablari 

bo'yicha 

sertifikatlashtiriladigan mahsulot turlarini va majburiy sertifikatlashtirish uchun meyoriy 

hujjatlarni belgilaydi; 

-  respublikada  sertifikatlashtirish  bo'yicha  ishlarni  tashkil  qiladi  va  o'zaro 

muvofiqlashtiradi hamda ularning to'g'ri amalga oshirilishi ustidan nazorat olib boradi

-  sertifikatlashtirish  milliy  tizimining  asosiy  tamoyillarini,  qoidalarini,  to'zilmalarini, 

shuningdek muvofiqlik belgisini va uning qo'llanilishini belgilaydi; 

-  sertifikatlashtirish  bo'yicha  idoralarni  va  sinov  laboratoriyalarini  (markazlarini) 

akkreditlaydi; 

- ekspert-auditorlarni attestatlaydi va ularning faoliyati ustidan nazorat olib boradi; 




- sertifikatlashtirish, akkreditlash va sinovlar bo'yicha tizimning davlat (ro'yxatini) olib 

boradi; 


-  tizimda  attestatlash,  sertifikatlashtirish,  akkreditlash  bo'yicha  baho  va  tariflarni 

belgilaydi; 

-  sertifikatlashtirish  va  akkreditlash  natijalari  bo'yicha  norozilik  arizalarini 

(shikoyatlarini) ko'rib chiqadi; 

- mahsulotning ushbu turiga, sertifikatlashtirish idorasi bo'lmaganda, uning vazifalarini 

o'taydi; 

-  sertifikatlashtirish  masalalari  bo'yicha  boshqa  mamlakatlarning  idoralari  va  halqaro 

idoralar bilan o'zaro ishlar olib boradi; 

- sertifikatlashtirish bo'yicha halqaro tizimlarga va bitimlarga qo'shilish 

to'g'risida qarorlar qabul qiladi

-  ekspert-auditorlarni,  sertifikatlashtirish  idoralarining  va  sinov  laboratoriyalarining 

xodimlarini  va  korxonalar  mutaxassislarini  tayyorlashni  hamda  malakasini  oshirishni, 

o'quv muassasalari uchun sertifikatlashtirish sohasida o'quv dasturlarini ishlab chiqishni 

amalga oshiradi

- tizimning Davlat reyestri asosida sertifikatlashtirish bo'yicha ma'lumotlarni chop qiladi 

va manfaatdor tomonlarning ulardan bemalol foydalanishini ta'minlaydi. 

Yuqorida  ko'rsatilgan  vazifalarni  amalga  oshirish  uchun  O'zdavstandart  ilmiy- 

tadqiqot,  sinov  tashkilotlarini,  ilmiy-texnikaviy,  jamoa  tashkilotlarini  va  iste'molchilar 

jamiyatlarini jalb qiladi. 

Respublika  hududlarida  sertifikatlashtirish  bo'yicha  milliy  idora  vazifalarini 

SMSMXlar bajaradi. Ular O'zdavstandart vakolati bo'yicha quyidagi ishlarni olib boradi: 

-  mahsulot  va  xizmatni  ishlab  chiqaruvchilarga  (bajaruvchilarga)  va  ularni  yetkazib 

beruvchilarga sertifikatlashtirish qoidalari to'g'risida rasmiy ravishda xabar beradi

-  sertifikatlashtirish  qoidalariga  rioya  etilish  ustidan  davlat  nazorati  va  ular  tomonidan 

sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning inspeksion tekshiruvini amalga oshiradi; 

- ushbu hududda sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning reyestrini yuritadi; 




-  O'zdavstandart  topshirig'iga  ko'ra  sertifikatlashtirish  bo'yicha  hududiy  idoralarni  va 

sinov  laboratoriyalarini  (markazlarini)  akkreditlash  bo'yicha  komissiyalarni  tashkil 

qiladi, ularning ishida, idoralar va laboratoriyalar, inspeksion tekshiruvida qatnashadi. 

Bir  turdagi  mahsulotlarni  sertifikatlashtirish  idoralari  O'zdavstandart  tomonidan 

akkreditlanadi. Ular quyidagi vazifalarni bajaradi: 

-  bir  turdagi  mahsulotlarni  sertifikatlashtirish  tizimlarini  yaratadi  va  ularning  ishlab 

turishini ta'minlaydi; 

- sertifikatlashtiriladigan mahsulot turlarini aniqlashda ishtirok etadi; 

- sertifikatlashtirishni tashkil qiladi va o'tkazadi; 

- mahsulotlarni serifikatlashtirish tartibini aniqlaydi; 

-  milliy  muvofiqlik  sertifikatlarini  rasmiylashtiradi,  beradi  va  xorijiy  mamlakatlar 

sertifikatlarini tan oladi; 

-  bir  turdagi  mahsulotlarni  sertifikatlashtirish  tizimlarining  tashkiliy  va  uslubiy 

hujjatlarini ishlab chiqadi va olib boradi; 

- sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan nazorat tashkil qiladi; 

-  mahsulotni  sertifikatlashtirish  natijalari  bo'yicha  tegishli  ma'lumotlarni  maxsus 

adabiyotlarda chop etib boradi. 

Bulardan tashqari, sertifikatlashtirish milliy  markazi bilan kelishgan xolda uning 

ba'zi bir vazifalarini ham bajarishi mumkin. 

Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish idoralari ham O'zbekiston 

Respublikasining  sertifikatlashtirish  bo'yicha  milliy  idorasi  O'zdavstandart  tomonidan 

akkreditlanadi. Sifat tizimini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish idoralarining asosiy 

vazifalari  maxsus  rahbariy  hujjatda  (O'zRH  51-025-94  O'zbekiston  Respublikasining 

sertifikatlashtirish 

milliy 

tizimi. 


Sifat 

tizimlarini 

va 

ishlab 


chiqarishlarni 

sertifikatlashtirish.  Asosiy  qoidalar)  ko'rsatilgan.  Ular  quyidagi  asosiy  vazifalarni 

bajarishadi: 

- milliy sertifikatlashtirish idorasi bilan birgalikda sifat tizimlarini, sertifikatlashtirishning 

tartibini (majburiy sertifikatlashtirishda) tanlaydi

- sifat tizimlarini yoki ishlab chiqarishni sertifikatlashtiradi; 

- sifat tizimlariga yoki ishlab chiqarishga sertifikatlarni rasmiylashtiradi, beradi 



yoki tan oladi, ularning ustidan nazorat qiladi; 

- sifat tizimini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish natijalari bo'yicha maxsus 

adabiyotlarda ma'lumotlar berib boradi. 

Sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish bo'yicha idoralar sifatida 

O'zdavstandartning xududiy idoralari va instituti, assosiasiyalar hamda mahsulot ishlab 

chiqaruvchidan,  iste'molchilardan  mustaqil  va  qo'yilgan  talablarga  javob  beradigan 

boshqa tashkilotlar ham akkreditlanishi mumkin. 

Nazorat uchun savollar: 

1.  Аkkreditlash bo’yicha ma’lumot bering? 

2.  O'zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimining tarkibini 

nimalar tashkil qiladi? 

3.  O'zdavstandart bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari bilan 

birgalikda qanaqa vazifalarni bajaradi? 



4.  Qaysi idoralar akkreditlash ishlarini bajaradi? 

Download 207.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling