9-mavzu: Psixosomatik bemorlarning psixoemotsional xususiyatlari
Download 311.71 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqMaruza matni
9-MAVZU: Psixosomatik bemorlarning psixoemotsional xususiyatlari Ma‘lumki turli somatik kasalliklar bilan xastalangan bemorlarning davolash jarayoniga beriluvchanligining pasayishida bir qator omillar – iqtisodiy, tibbiy, farmakologik omillar bilan bir qatorda emotsional holatidagi o‗zgarishlar ham sabab bo‗lishi olimlar tadqiqotlarida ko‗rsatib o‗tilgan. Shifokorlarning harakatlariga qaramay, yuqori samaraga ega bo‗lgan dori–darmonlarning mavjudligiga ham qaramay, juda ko‗p surunkali somatik kasalliklar bilan og‗rigan bemorlar noto‗g‗ri davolanishlari ma‘lum bo‗ldi. Bemorlarning 30%dan 45%igacha qismi berilgan dori–darmonlarni o‗z vaqtida qabul qilmaydi, bunday holat esa shifokorga tez–tez murojaat qilish, qayta gospitalizatsiya, kasallik varaqalarining berilishi, sog‗lomlashtirish davrining uzayib ketishi bilan bog‗liq bir qator iqtisodiy yo‗qotishlarga olib kelmoqda. Bemorning davolashga moyilligi uning psixologik holati va davolash samaradorligini o‗zi tomonidan idrok qilinishi bilan bog‗liq. Shu narsa aniqlandiki, emotsional buzilishlar mavjud bo‗lgan bemorlarda mazkur holatlar mavjud bo‗lmagan bemorlarga nisbatan davolanishga moyillik nihoyatda past darajada ekan. Shuningdek, emotsional holat o‗zgarishlari bemorlarda ikkilamchi profilaktika va reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirishda ham halal berishi ko‗rsatib o‗tilgan. Xususan depressiya va xavotirlanish mavjud bo‗lgan surunkali somatik kasalliklar bilan og‗rigan bemorlar sog‗lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilmasliklari, o‗z vaqtida shifokor ko‗rsatmalariga amal qilishni istamasliklari, chekishdan voz kechish, jismoniy faollik rejimini tutishga moyillikning yo‗qligi bilan ajralib turadilar. Shu narsani afsus bilan ta‘kidlash mumkinki, surunkali somatik kasalliklar bilan og‗rigan bemorlarda depressiya uzoq vaqt mobaynida diagnostika qilinmasdan va buning oqibatida davolanmasdan yoki korreksiya qilinmasdan qolib ketmoqda. So‗nggi yillar statistika ma‘lumotlariga ko‗ra yurak qon tomir va qandli diabet kasalliklarida ko‗proq depressiya, xavotirlanish, fobiya uchrashi qayd etilgan. Yurak qon tomir kasalliklaridan eng ko‗p tarqalganlari yurak ishemik xastaligi va arterial gipertoniya psixosomatik kasalliklar turkumiga kiruvchi kelib chiqishi, klinik kechishi, natijasi psixologik omillarga bog‗liq bo‗lgan kasalliklardir. So‗nggi yillarda psixosomatik kasalliklar qatoriga qandli diabet ham kiritildi. Biroq E.Bern fikricha, psixosomatik yoki nopsixosomatik meditsinaning o‗zi yo‗q, faqat meditsina bor xolos. Chunki har bir patsient, shaxs sifatida o‗zida har qanday kasallikning rivojlanishiga psixologik jihatdan befarq qarab tura olmaydi: unda hayotiy qadriyatlarning o‗rin almashinuvi, psixologik o‗zgarishlar albatta kuzatiladi. Shuning uchun ham psixosomatik meditsina tushunchasiga shifokorlar va psixologlarda bir xil munosabat shakllanmagan. Natijada ―psixosomatik‖ termini hozirda mavjud bo‗lgan kasalliklarning xalqaro klassifikatsiyasi (MKB-10) ga kiritilmadi, chunki birorta bir kasallik yo‗qki, uning kelib chiqishi, kechishi va oqibatlari qanday ko‗rinish olishida psixologik omillarning o‗rni bo‗lmasa. Bugungi kunda somatik kasalliklarning barchasini psixologik nuqtai nazardan ko‗rib chiqish zarurati barcha klinitsist shifokorlar tomonidan e‘tirof etilmoqda. Psixosomatika esa juda ko‗p tadqiqotchilar fikricha, psixika va somatika o‗rtasidagi ko‗prik vazifasini bajaruvchi metodologiyaga aylanib ulgurdi. Inson faqatgina ruxiy va jismoniy salomatlik uyg‗unligi bo‗lgandagina sog‗lom hisoblanadi. Bunda disgarmoniya ichki (biologik, irsiy) va tashqi (psixogen, ijtimoiy) omillar natijasida yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun ham Jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti inson salomatligini uning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy mukammalligi bilan tushuntirishi bejiz emas. Emotsional holatdagi o‗zgarishlarning miokard infarkti bilan og‗rigan bemorlardagi istiqbolga ta‘sirini maqsadga yo‗nalgan holda o‗rganish shuni ko‗rsatdiki, kichik darajadagi depressiyaning o‗zi ham 60% holatlarda o‗lim bilan yakunlanar ekan, katta darajadagi depressiv epizodlar esa bu holatlarni 3 barobarga ko‗paytirishga olib kelishi ham kuzatilgan. Bu degani miokard infarktida bemorlarning koronar o‗limi depressiya darajasi qanchalik yuqori bo‗lsa, shunchalik ko‗p uchraydi. Kasallikdan keyingi depressiya esa uning uzayib ketishi va yillar davomida bemorni bezovta qilishiga olib kelar ekan. Xech shubhasiz shuni aytish mumkinki, psixosomatik kasalliklar, jumladan yurak qon tomir kasalliklari, qandli diabet va boshqalarda emotsional holat o‗zgarishlarining rivojlanishida murakkab psixologik mexanizmlar ishtirok etadi. Bular psixogen, somatogen, shaxslilik, farmakogen va bir qator holatlarda esa endogen omillardir. Amaliy faoliyatda juda ko‗p bemorlarda bu omillarning qaysi biri hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi va emotsional soha buzilishlarining nozologik doirasi qanday ekanligini aniqlash mushkul. Har bir individual holatda bu omillar birlashmasi turlicha bo‗lishi va emotsional soha buzilishlarining klinik variantlari turli tumanligini aniqlab berishi mumkin. Kardiologik amaliyotda ko‗pincha atipik xarakterdagi, ya‘ni ―sokin‖, ―niqoblangan‖, somatizatsiyalashgan emotsional buzilishlar, ko‗pincha depressiyalar uchraydi va ular somatik shikoyatlar orqasida yashirinadi. Epidemiologik tadqiqotlar natijalariga ko‗ra somatizatsiyalashgan depressiya bilan xastalangan bemorlarning faqatgina 3%igina psixologik muammolardan shikoyat qiladi, 68,8% i faqat somatik xarakterga ega bo‗lgan shikoyatlarni bildiradi va 27,6%i bir vaqtning o‗zida xam somatik, ham psixologik muammolardan shikoyat qiladi[10]. Bu holat depressiya diagnostikasida bir qator murakkabliklarni yuzaga keltiradi. Shunisi e‘tiborga loyiqki, psixosomatik kasalliklarga chalingan bemorlarning 91% i izchil so‗rovlarda ham psixologik muammolar borligini inkor etadilar. Psixologiyada bemorlarning o‗z ruhiy va emotsional kechinmalarini so‗z yordamida ifodalay olmasliklari aleksitimiya deb ataladi. Ko‗pincha bemorlar, va ayniqsa erkaklar o‗z psixologik muammolarin tan olmaydilar, ularni xarakterdagi zaifliklar va hayotiy vaziyatlar oqibati deb qaraydilar. Aleksitimiya asosida bosh miyaning o‗ziga xos tuzilmaviy-funksional birlashmasi, bunda o‗ng yarim sharlar ustunligi va yarim sharlar orasidagi o‗zaro ta‘sirning yetishmovchiligi yotadi. Mazkur holatda ayniqsa yurak ishemik kasalliklarida fenomenologik planda depressiya simptomlarini, masalan, stenokardiya xurujlaridan ajratish juda mushkul, binobarin, ularning ikkalasi ham paroksizmal xarakterga ega bo‗lib, qo‗rquv, bezovtalanish bilan kechadi. Patologiyaning avj olishida anginoz va psixogen buzilishlar bir birini to‗ldirib, shartli-reflektor mexanizmlari asosida bir-birini mustahkamlaydi va bu bilan xavfli buzg‗unchi aylanani tashkil etadi. Emotsional holatdagi o‗zgarishlar, xususan, depressiyaning psixosomatik kasalliklarga ta‘siri keyingi yillarda faol o‗rganilmoqda. Ilmiy adabiyotlarda psixosomatik kasalliklar va emotsional holat buzilishlari o‗rtasidagi bog‗liqlikni tushuntiruvchi bir necha tadqiqot natijalari e‘lon qilingan. 1. Emotsional soha buzilishlari mavjud bemorlarda to‗qimalar ichidagi mustaqil kalsiyning yuqori darajasi, serotonin va katexolamin retseptorlar sezgirligining oshishi kuzatiladi, shuning uchun ham depressiyada vazospazm(tojsimon bosh miya tomirlari spazmi) yengilgina vujudga kelishi mumkin. 2. Bu patsientlarda aterogenez jarayoni tezlashishi extimol. 3. Emotsional zo‗riqishda beta-tromboglobulin giperproduksiyasi kuzatiladi, trombotsitlar aggregatsiyasi ortadi va tomir yorilishi xavfi kuchayadi. 4. Emotsional sohada o‗zgarishlar kuzatilgan bemorlarda neyronal faollik va serotonin darajasining oshishi yurak maromi variabelligining pasayishiga, aritmiyalarning rivojlanishi va to‗satdan vafot etish holatlarining ko‗payishiga olib keladi. 5. Depressiya shifokor tomonidan xayot tarzi, parxezga amal qilish, xarakat faolligi, spirtli ichimliklar va chekishdan voz kechish borasidagi berilgan tavsiyalarni bajarishga halaqit beradi va boshqa odamlar bilan o‗zaro aloqaga kirishishni chegaralaydi va umuman davolash samaradorligini keskin pasaaytirib yuboradi. 6. Shu narsa aniqlanganki, davolashga moyillikning pastligi, barcha kasalliklarning noxush yakunlanishiga olib keluvchi o‗ta muxim va mustaqil xavfli omilidir. G.A.Pogosova fikricha, xavotirlanish va depressiya kasallikdan oldin paydo bo‗lganmi yoki kasallikka nisbatan munosabat sifatida shakllanganmi, bundan qat‘iy nazar kasallikning klinik kechishini og‗irlashtiruvchi omildir. Shuning uchun ham, tabiiyki so‗nggi yillarda shifokorlar psixosomatik kasalliklar, jumladan yurak ishemik kasalligi va arterial gipertoniyani davolashda antidepressantlardan unumli foydalanishga e‘tiborni qaratmoqdalar. Bir qator tadqiqotlarda zamonaviy antidepressant preparatlar yordamida depressiyani davolash haqidagi ma‘lumotlar mavjud. Biroq bu dori-darmonlarning nojo‗ya ta‘siri ham kuzatilmoqdaki, ular teskari natijalarga ham olib kelgan holatlar kuzatilmoqda. Depressiya kelib chiqishining molekular asoslarini o‗rganish depressiyaga duchor bo‗lgan bemorlarning ko‗pchiligida monoamin tanqisligi kuzatilishi va avvalo yaxshi kayfiyat mediatori bo‗lgan serotonin tanqisligi qayd etilgan. Qon plazmasida serotonin moddasining tanqisligi depressiya va yurak ishemik kasalligiga olib kelishi tadqiqotlarda aniqlangan. Shu bilan birga, serotonin faqat neyromediator bo‗lib qolmasdan, tomirlar tonusini boshqarishda ishtirok etadi. U tekis muskulli to‗qimalar membranalarida joylashgan retseptorlar aktivatsiyasi vositasida vazokonstriksiyani, tomir devorlari endoteliysi membranalarida joylashgan retseptorlar aktivatsiyasi yordamida esa vazodilyatatsiyani keltirib chiqaradi. Bosh miya va yurak qon tomirlari serotoninning vazokonstruktor natijasiga sezgirligi bilan xarakterlanadi, chunki bu tomirlarning silliq muskullarida serotoninga sezgirligi yuqori bo‗lgan 5-NT-1V retseptorlari to‗planadi. Shunday ma‘lumotlar ham mavjudki, serotonin azod oksidi ilab chiqishda faol ishtirok etadi va L – arginin-NO yo‗llari orqali uning samaradorligini oshiradi, shuningdek endoteliy tomirlaridan Villebrand omilning sekresiyasini stimullashtiradi. Bir vaqtning o‗zida serotonin trombotsitlar agonisti bo‗lib, boshqa agonistlar harakatini faollashtiradi. Shu narsa ma‘lumki, yurak ishemik kasaligi va boshqa psixosomatik kasalliklarda tojsimon arteriyalar aterosklerozi fonida ularning aynan endotelial disfunksiyalar bilan bog‗liq spazmi kuzatiladi, shuning uchun serotoninning azot oksidining endotelial sekresiyasini stimullashtirishi bilan bog‗liq tomirlarni kengaytirish samarasi uning tomirlarni toraytirish samarasidan ustunlik qiladi. Shunday qilib, serotonin tizimi disfunksiyasida tomirlar tonusi va tojsimon tomirlar zaxirasini boshqarishning buzilishi haqida taxmin qilish mumkin. Bundan tashqari psixosomatik kasalliklar va depressiyani bir biriga bog‗lovchi patogenetik zvenolardan biri sifatida trombotsitlar holati ham qaraladi. Juda ko‗p tadqiqotlarda depressiya mavjud bo‗lgan bemorlarda trombotsitar reaktivlik o‗lchovlarining ortishi, agregatsion faollikning ko‗payishi ham kuzatiladi. Binobarin, antidepressantlar yordamida davolash trombotsitlar agregatsion faolligini pasaytirmadi, shu bilan birga ingibitorlarning qo‗llanilishi trombotsitlarning agregatsiyasiga samarali ta‘sir ko‗rsatdi. Aniqlangan omillar depressiyani davolashda ham somatik, ham ruhiy omillarni hisobga olishni taqozo etadi. Chet el tajribasining tahlili shuni ko‗rsatadiki, bemorlarga yordam ko‗rsatuvchi personalning aksariyati emotsional holat buzilishlari mavjud bo‗lgan bemorlarga yordam ko‗nikmalari va malakalariga egalar, bunday yordam umumiy amaliyot shifokori tomonidan ko‗rsatiladi hamda ular emotsional holat buzilishlari diagnostikasi va davolash metodlaridan boxabardirlar. Bizning mamlakatimizda ham so‗nggi yillarda sog‗liqni saqlash tizimini takomillashtirish chora— tadbirlarida har bir shifokor tomonidan maxsus psixologik bilimlarning egallanishi va bemorga nafaqat tibbiy balki, vaqti kelganda psixologik yordam ko‗rsatish malakasiga ham ega bo‗lishini ko‗zda tutadi. Binobarin juda ko‗p olimlar shuni alohida ta‘kidlaydilarki, shaxs o‗zidagi kasallikka nisbatan zaif emas. Inson shaxsi, uning ma‘naviy dunyosi va psixik qiyofasi kasallikning qanday kechishiga sezilarli darajada ta‘sir ko‗rsvatadi. Bundan tashqari patologiyaning konkret shakllari va sharoitlarida insonning shaxslilik xususiyatlari kasallik taqdirini ijobiy yoki salbiy tomonga siljitishi mumkin. Lekin bu masalaning faqat bir tomoni. Yana bir muxim tomoni shaxsning kasallik va davolash muolajalari ta‘siri ostida o‗zgarishidir. Juda ko‗p tadqiqotchilar psixosomatik bemorlar bilan ishlashda so‗z yordamida ta‘sir ko‗rsatish, art-terapiya kabi korreksion metodlarga alohida urg‗u beradilar. Ma‘lumki, art-terapiya – bu klientlarning tanlovchan ijod bilan shug‗ullanishiga asoslangan psixoterapiya, psixokorreksiya va reabilitatsiyaning yo‗nalishi xisoblanadi. Art – terapiya musiqali terapiya, dramterapiya va raqs- xarakat terapiyasi bilan bir qatorda psixoterapiyaning san‘at bilan bog‗liq bo‗lgan yo‗nalishlaridan biri xisoblanadi. ―Art-terapiya‖ termini birinchi bo‗lib XX asrning 40-yillarida G‗arb mamlakatlarida qo‗llanila boshlangan. Bu termin bilan davolash va reabilitatsion amaliyotning nazariy asosga ega ko‗rinishlari belgilangan. Ularning ba‘zilari ijodkorlarning tashabbusi asosida yuzaga kelgan bo‗lib yirik kasalxonalarda ochilgan studiyalarda amalga oshirilgan. Boshqalari esa patsientlarning tanlovchan maxsulotlariga psixoanalitik tahlilni kiritganlar va asosiy e‘tiborni analitik bilan munosabatlarga qaratganlar. Vizual obrazlarni yaratish shaxslararo kommunikatsiyaning asosiy vositasi va so‗z bilan ifodalab bo‗lmaydigan ―xozir va shu yerdagi‖ dolzarb kechinmalarni ifodalashga imkon beruvchi klientning bilish faoliyatining ko‗rinishi sifatida ko‗rib chiqiladi. Davolash amaliyoti bilan yaqin aloqadaligi bilan bir qatorda art-terapiya ko‗p xollarda psixoprofilaktik yo‗nalganlikka ega. Bemorlarga psixologik yordam ko‗rsatishni tashkil etishda ular bilan psixologik treninglar o‗tkazish ham yaxshi samara berishi o‗z tajribamizda qayd etilmoqda. Bizning tadqiqotlarimizda t rening guruhlarida psixoterapevtik suhbatlar va o‗yin mashqlari o‗tkazildi. Axamiyatli o‗rinni bu jarayonda bemorda mavjud bo‗lgan hayotiy qadriyatlar egalladi. Umuman olganda psixokorreksion tadbirlar bemordagi emotsional holat buzilishlarini tuzatish, kasallik tuzilmasida bemor reaksiyasini o‗zgartirishga qaratildi. Bunda guruhdagi bir xillilik ta‘sirini alohida ta‘kidlab o‗tish joiz, ya‘ni bir xil nozologiyadagi bemorlar bitta guruhga kiritilganlari yaxshi samara berdi. Psixokorreksion tadbirlar natijalari ham ob‘ektiv, ham sub‘ektiv omillar asosida baholandi. Ob‘ektiv omillarga bemorning jismoniy holati qon bosimi darajasi, uyquning normallashuvi, faollikning ortishi kiritilgan bo‗lsa, sub‘ektiv omillarga shikoyatlarning mavjudligi yoki yo‗qligi, kayfiyat darajasi, bemorning o‗zini his qilishi kiritildi. Bundan tashqari individual konsultatsiyadan o‗tgan bemorlarda korreksiyadan so‗ng bezovtalanish va depressiya diagnostikasi amalga oshirildi. Yakka tartibda bemorlar bilan konsultatsiyalar qisqa muddatli pozitiv terapiya shaklida olib borildi. U quyidagilardan iborat bo‗ldi: 1. Patsient hayotidagi faqat ijobiy xarakterga ega bo‗lgan narsalarga tayanish; 2. Patsient bilan ishlashda faqat pozitiv qo‗llab—quvatlashdan foydalanish; 3. Pozitivistik yondashuv. Patsient resurslarini izlash bunda o‗tmishga (ilgari muammolarni hal qilishga nima yordam bergan edi), hozirgi va kelajak davrga qaratildi. Konsultatsiya va psixokorreksiya bosqichlarida yetakchi stressorlar va ularga xulq—atvor darajasidagi reaksiyalar (stressorga aktiv yoki passiv munosabat), kognitiv darajadagi reaksiyalar (stressli vaziyatlarda o‗z o‗zi bilan kommunikatsiya shakli), emotsiyalar darajasidagi (qanday stressli emotsiyalar namoyon bo‗ladi) reaksiyalar ta‘siriga alohida ahamiyat berildi. Bundan tashqari konsultatsiya va psixokorreksiya jarayonida bemorlarning tipik psixojarohatli vaziyatlari, ularning o‗z kasalligiga, emotsional buzilishlarning namoyon bo‗lishiga munosabatlari ko‗rib chiqildi va bir vaqtning o‗zida ularning faqatgina sub‘ektiv his qilishlarini yaxshilashga emas, balki somatik holatlarining ham tuzalishiga olib keluvchi hayotiy vaziyatlarning optimal hal qilinish usullari muhokama qilindi. Shuni ta‘kidlash joizki, xavotirlanish— depressiya komorbidligi mavjud bo‗lgan bemorlarning psxiokorreksiyaga moyillik darajasi past bo‗lib, bu simptomlar psixologik himoya mexanizmlarini susaytirishi ma‘lum bo‗ldi. Tadqiqotimiz va kuzatishlarimiz natijalari shuni ko‗rsatdiki, psixokorreksion guruhga qatnashgan bemorlarda bu psixokorreksion tadbirlar o‗tkazilmagan bemorlarga nisbatan emotsional holatdagi buzilishlar darajasi 3 oy mobaynida pasaygan. Shifokorlar ko‗ruvi natijalari va kasallik varaqasini o‗rganish ham bu bemorlarning somatik holatida ijobiy tomonga o‗zgarishlar qayd etilganligini ko‗rsatdi, ya‘ni bu o‗zgarishlar qandli diabet bilan og‗rigan bemorlarda qondagi qand miqdorining normallashuvi, yurak qon tomir kasalliklari bilan og‗rigan bemorlarda qon bosimining normallashuvi, yurak faoliyatining stabillashuvida namoyon bo‗ldi. Shunday qilib, xulosa qilishimiz mumkinki, surunkali somatik kasalliklar bilan og‗rigan bemorlarda davolash—profilaktika va reabilitatsiya jarayonlari albatta o‗z tarkibiga tibbiy usullar bilan bir qatorda psixokonsultativ va psixokorreksion tadbirlarni kiritishi lozim. Aytish lozimki, so‗nggi yillarda meditsina tajribasida qo‗llanilayotgan antidepressantlar ruhiy tushkunlikning ko‗pgina ko‗rinishlari sabablarini davolashda yaxshi samara bermoqda, Lekin bu darddan to‗liq forig‗ bo‗lishda psixokorreksiya va psixoterapiyaning o‗rni ham beqiyosdir. Biroq aynan qaysi usul bemorga to‗g‗ri kelishini shifokor va psixologlar birgalikdagi xamkorlikda aniqlab berishlari lozim. Ta‘kidlash joizki, psixologik yordam birinchi o‗rinda dardning asl sabablarini izlashga qaratilgan bo‗lishi lozim, bu holda uning davolash ta‘siri kuchayadi. Download 311.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling