9-mavzu. Sohaviy xizmat yozishmalari


RASMIY XAT MATNINI YOZISHDA QUYIDAGILARGA E’TIBOR BERISH LOZIM


Download 22.93 Kb.
bet3/4
Sana17.08.2023
Hajmi22.93 Kb.
#1667715
1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu. Sohaviy xizmat yozishmalari

RASMIY XAT MATNINI YOZISHDA QUYIDAGILARGA E’TIBOR BERISH LOZIM:
1.Xat qisqa bo‘lishi lozim;
2. Gapning kesimi 3-shaxs birlik yoki 1-shaxs ko‘plik sonda shakllantirilishi lozim;
3. matnda xizmat xatining turi va nomi yozilmaydi;
4. Matnda ko‘chma ma’noli so‘z va iboralar ishlatilmaydi;
5. Matn sarlavhasi 2 qatordan oshmasligi lozim
AXBOROT XATI
Bunday xatlardan ko‘zlangan maqsad ma’lum tashkilot yoki shaxsni amalga oshirilayotgan tadbirdan xabardor qilishdir.Axborot xatlarining hajmi oddiy ma’lumotni ko‘rinishida bo‘lib, bir jumladan to bir necha sahifagacha bo‘lishi mumkin.
Ba’zan axborot xatlardan ayrim tashkilotlar o‘z faoliyatini targ‘ib qilish maqsadida ham foydalaniladi.
Ushbu xatlarda referent yoki kotibning imzosi yetarli. Biroq, xatda bayon qilinayotgan voqea yoki tadbirning ahamiyatiga qarab, xat tegishli mansabdor shaxs tomonidan imzolanishi ham mumkin.
AXBOROT XATI
DARSLIKLAR BILAN TA’MINLASH HAQIDA
O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi oquvchilar uchun o‘zbek tilida quyidagi darsliklarni chiqarilganini sizga ma’lum qiladi:
“Jahon tarixi” – 7-sinf uchun
“Jahon tarixi” – 10-sinf uchun
“Umumiy biologiya” – 10-11-sinflar uchun
K-Abdullayeva. “Yozishni o‘rganamiz”.
Ushbu darslik va kitoblarni yetkazib berish uchun tegishli nusxada buyurtmalarni yetkazib berish uchun tegishli nusxada buyurtmalar qabul: qilinadi.
Ulgurji xaridorlarga darsliklarni sotib olishda chegirma beriladi.
ILOVA XATI
Xatni qabul qilib oluvchilarni jo‘natiladigan hujjatlar haqida yozma xabardor qiluvchi qisqacha xabar hujjatdir.
ILTIMOS XATI
Muassasalar ma’lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida boshqa muassasalarga rasmiy xat orqali iltimos qilishi mumkin. Muassasalar o‘rtasidagi bunday o‘zaro yozishmalar iltimos xat vositasida amalga oshiriladi. Iltimos xat xizmat xatlari orasida eng ko‘p tarqalgan turlardan biri hisoblanadi. Bunday xatlar ham boshqa xatlar kabi muassasalarning xos ish qog‘oziga yoziladi va jo‘natilish sanasi va jo‘natma tartib raqami ko‘rsatiladi. Bunday xatlarning eng sodda ko‘rinishi shaxsiy va jamoat arizalariga o‘xshash bo‘ladi.

Download 22.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling