9-mavzu. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobi Reja
Download 41.96 Kb.
|
9-mavzu. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobi
9-mavzu. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobi Reja: Soliqlar na boshqa majburiy to‘lovlar tasnifi, turlari hamda hisobga olish vazifalari. Soliq va majburiy to‘lovlarni hisobga olish. Doimiy va vaqtinchalik farqlarning hisobi. Bilvosita soliqlarning hisobi. Aylanmadan olinadigan soliq hisobi. Boshqa majburiy to‘lovlar hisobi. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonunning 4-moddasida “Buxgalteriya hisobi obyektlari. Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir” deb ko’rsatilgan bo’lib, obyektga ta’rif berilmagan.Shuni qayd etishimiz kerakki, “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunni qabul qilindi, bu davrda buxgalteriya hisobining nazariy va metodologik konsepsiyalarida tegishli o’zgarishlar ro’y berdi. Buxgalteriya hisobining tarkibiy qismi bo’lgan “Soliq hisobi” paydo bo’ldi. Bularning barchasi O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonunga tegishli o’zgartirishlar kiritishni talab qilmoqda. Хuddi shu jarayonda buxgalteriya hisobi obyektlarini yanada aniqlashtirish hamda moddalar mazmunini tahririy jihatdan qayta ko’rib chiqish zarur bo’ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, soliq hisobining obyekti bu «Korxonalarda ro’y bergan xo’jalik operatsiyalar, aktivlar, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha majburiyatlar, daromadlar, xarajatlar va foyda soliq hisobining obyektlaridir». 1-misol. Тransport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq bo’yicha hisobot AYOQSHlar ro’yxatdan o’tgan joydagi soliq organiga emas, balki shoxobcha joylashgan joydagi soliq organiga taqdim qilinadi, shuningdek yer va suv solig’i bo’yicha soliq hisobotlari ham obyekt joylashgan joy bo’yicha taqdim qilinadi.Jismoniy shaxslar soliq deklaratsiyasini yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etadilar. 2-misol. O’. Abdullayev qo’shma korxonada buxgalter bo’lib ishlaydi (asosiy ish joyi). Undan tashqari 2011 yilda iqtisodiyot kollejida ham dars bergan. Bu yerda ikkita holat bo’lishi mumkin: 1-holat. Kollejdan olinayotgan ish haqi jismoniy shaxslar uchun belgilangan daromad solig’i shkalasi bo’yicha soliqqa tortiladi. Bunda O’.Abdullayev hisobot yili, ya’ni 2011 yil tugagandan keyin 2012 yilning 1 apreliga qadar doimiy ro’yxatdan o’tgan joydagi soliq organiga ikki va undan ortiq manbalardan olgan daromadlari to’g’risida deklaratsiya topshirishi kerak. 2-holat. Kollejdan olinayotgan ish haqi O’.Abdullayevning arizasiga asosan jismoniy shaxslar uchun belgilangan daromad solig’ining yuqori stavkasida soliqqa tortiladi. Bunda O’.Abdullayev doimiy ro’yxatdan o’tgan joydagi soliq organiga ikki va undan ortiq manbalardan olgan daromadlari to’g’risida deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda topshirishi mumkin. Download 41.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling