9-mavzu: tafakkurning mantiqiy shakllari : tushuncha, hukm. Xulosa chiqarish reja
Hukm terminlari birdan ortik bo‘lsa, murakkab hukm deb ataladi
Download 374 Kb.
|
9-Mavzu ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birlashtiruvchi (kon’yunktiv) hukmlar
- Ayiruvchi (dizyunktiv) hukm
Hukm terminlari birdan ortik bo‘lsa, murakkab hukm deb ataladi. Murakkab hukmlar «va», «yoki», «agar...unda» kabi mantiqiy bog‘lamalar, inkor qilish va modal terminlarni qo‘llash orqali ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning o‘zaro birikishidan hosil bo‘ladi. Mantiqiy bog‘lovchining mazmuniga ko‘ra murakkab hukmlarning quyidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi, shartli, ekvivalent.
Birlashtiruvchi (kon’yunktiv) hukmlar deb ikki va undan ortik oddiy hukmlarning «va» «ham», «hamda» kabi mantiqiy bog‘lovchilar vositasida o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan hukmlarga aytiladi. Masalan: 1.»Ko‘ng‘irok chalindi va dars boshlandi». 2.»A.Navoiy shoir va davlat arbobi bo‘lgan». 3. «Muhammad Xorazmiy va Ahmad Farg‘oniylar matematika fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar». Birinchi birlashtiruvchi hukm ikki mustaqil oddiy hukmning bog‘lanishidan hosil bo‘lgan. Ikkinchi hukmda bir xil sub’ektga ega bo‘lgan ikki oddiy hukm o‘zaro bog‘langan. Uchinchi birlashtiruvchi hukmda esa, bir xil predikatga ega bo‘lgan ikki oddiy hukm o‘zaro bog‘langan. O‘zbek tilida birlashtiruvchi hukmlar «ammo», «lekin», «biroq, kabi bog‘lamalar va (,) vositasida ham tuziladi. Mantiqiy bog‘lamalar kon’yunksiya belgisi, “^” orqali ifodalanadi. Kon’yunktiv (birlashtiruvchi) hukm tarkibidagi oddiy hukmlarni «r» va «q» shartli belgilari bilan belgilasak, unda bu hukm “r^d ”formulasi orqali ifodalanadi. Kon’yunktiv hukm tarkibidagi oddiy hukmlar chin yoki xato bo‘lishi mumkin. Tarkibidagi hamma oddiy hukmlar chin bo‘lganda, birlashtiruvchi hukm chin bo‘ladi. Boshqa hamma holatlarda esa, xato bo‘ladi. Masalan, «Yolg‘on gapirish va o‘g‘irlik qilish jinoyatdir» hukmidagi birinchi oddiy ran «Yolg‘on gapirish jinoyatdir» chin bo‘lmaganligi uchun, bu hukm chin bo‘lmaydi. Ayiruvchi (dizyunktiv) hukm deb «yo», «yoki», «yoxud» mantiqiy bog‘lamalari vositasida oddiy hukmlardan tashkil topgan mulohazaga aytiladi. Bu bog‘lovchilar ikki oddiy hukmni yoki bir qancha predikatlarni, yoki bir qancha sub’ektlarni bir-biridan ayirib turadi. Masalan: «Qodirov falsafa, yoki sotsiologiya, yoki psixologiya bo‘limida o‘qiydi». «Ikkinchi soatda yo matematika, yoki chet tili darsi bo‘ladi». Ayiruvchi bog‘lamalar «V» -diz’yunksiya belgisi orqali ifodalanadi. Ayiruvchi (diz’yunktiv) hukmlar oddiy yoki qat’iy turlarga bo‘linadi. U oddiy diz’yunktiv hukm tarkibidagi oddiy hukmlardan biri yoki hammasi chin bo‘lishi mumkin, qat’iy diz’yunktiv hukmda esa tarkibidagi oddiy hukmlardan faqat bittasi chin bo‘ladi. Oddiy diz’yunktiv hukm (pvq) formulasi bilan, kat’iy dizyuktiv hukm “r vq” formulasi bilan belgilanadi. «H.H. Niyoziy shoir yoki dramaturgdir». Bu oddiy dizyunktiv hukm. «Abdullaev musobaqada yo yutadi, yutmaydi». Bu qat’iy dizyunktiv hukm. Download 374 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling