9-мавзу: талабаларнингилмийтадқИҚотишлари вауларниташкиллаштириш
Download 23.98 Kb.
|
ilmiyish9
4.Илмий мақолани ёзишда муаллиф эътиборини нимага қаратиши лозим?
Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til meʼyorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin eʼtiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo'lishi lozim. Maqola Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha maʼlumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi 5.Илмий маъруза ва унинг тақдимоти ҳақида маълумот беринг. 6.Курс ишининг таркибий қисмлари ҳақида маълумот беринг. titul varag’i; mundarija; kirish; asosiy qism (mavzuning batafsil bayoni); xulosa; foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati; Kurs ishi bilan bog’liq ilovalardan iborat bo’ladi. 7.Курсишини расмийлаштиришга қўйиладиган талаблар ҳақида маълумот беринг. Kurs ishini ilmiy rahbar tomonidan belgilab berilgan grafik asosida talaba shaxsan bajaradi. Talaba tanlangan mavzu yuzasidan qabul qilingan qarorning to‘g‘riligiga, uning topshiriqqa muvofiqligiga, kurs ishini bajarishda ko‘chirmachilik holatining yo‘qligiga javob beradi. Kurs ishi Davlat ta’lim standartlarida talab etilganidek, talaba tomonidan tartibli rasmiylashtirilgan, xatosiz, aniq va tushunarli tilda, qisqartirishlarsiz (umumqabul qilinganlardan tashqari) yozilgan bo‘lishi kerak. Kurs ishi matnida “men” so‘zi o‘rniga “biz” so‘zini qo‘llash tavsiya etiladi. Masalan, “Men tomonimdan olib borilgan izlanishlarimga tayanib, shuni xulosa qilamanki, ...”degan jumlaning o‘rniga “Biz tomonimizdan olib borilgan izlanishlarga asoslanib, shuni xulosa qilishimiz mumkinki, ...” iboralarning ishlatilishi talab etiladi, ya’ni kurs ishi matni ilmiy tilda, rasmiy tusda bo‘lishi kerak.Kurs ishi A4 o‘lchamdagi oq qog‘ozda, ko‘k rangli ruchkada yozilishi tavsiya qilinadi, boshqa rangdagi ruchkalarni ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Matnda ajralib tursin deb, paragraflar, jadvallar, rasmlar raqamini va nomlarini ham boshqa rangli ruchkada yozishga yo‘l qo‘yilmaydi. Kurs ishi qo‘lyozma tarzida rasmiylashtiriladi. Ishda foydalanilgan jadvallar, diagrammalar, chizmalar va rasmlar kompyuter grafikasida tayyorlanib, printerdachop etilgan (A4 o‘lchamdagi oq qog‘ozda) holda keltirilishi mumkin. Kurs ishida qo‘pol texnik tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmagani ma’qul. Kurs ishini yozishda varaqning chap tarafidan – 3 sm., pastdan va tepadan – 2 sm., o‘ngdan – 1,5 sm. hoshiya qoldirish tavsiya qilinadi, bunda bir betda 28-30 qator yozuv bo‘lishi zarur. Bunday cheklovlar kurs ishi hajmining sun’iy ravishda orttirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida belgilanadi. Bet tagiga tipografik sharoitda tayyorlangan yo‘l-yo‘l qog‘oz qo‘yib yoziladi, varaqning o‘ziga matn yozish uchun to‘g‘ri chiziqlar chizish yoki printerda chiziqlar chizilgan varaqlarga yozish tavsiya etilmaydi. Bitiruvchi kurs talabalarining bitiruvoldi malakaviy amaliyotni o‘tashlari va shu asosda bitiruv malakaviy ish bajarishlarini nazarda tutgan holda, 4-bosqichning 2-yarim yilligida bajarish va himoya qilish ko‘zda tutilgan kurs ishlarini 8.Малакавий битирув ишининг мақсад ва вазифалари нимадан иборат? Bitiruv malakaviy ishi” oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalarining o’z ta’lim yo’nalishlari bo’yicha 4 yil davomida olgan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, kengaytirish hamda o’zlashtirgan bilimlari orqali muayyan ilmiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy, madaniy sohalardagi muammolarni hal etish, o’z bilimlarini amaliyotda qo’llash maqsadida tayyorlaydigan ilmiy ishidir.Bitiruv malakaviy ishni talabalar bitiruv kursi davomida bajaradilar. Bitiruv malakaviy ish malakaviy faoliyat bo’lib, u talabaning nazariy va amaliy bilimlarni o’zlashtirganligini hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini belgilashning muhim omili hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida talaba: tanlangan ilmiy mavzuning dolzarbligini asoslashi; tadqiqotning maqsadi va uni amalga oshirishda hal qilinishi lozim bo’lgan masalalarni aniqlashtirishi; tadqiqot predmeti va obyektini aniqlashi va tavsiflashi; tadqiqot natijalarini tahlil qilishi va qayta ishlashni olib borishi; xulosalar chiqarishi, olingan natijalarni baholashi va ilmiy tadqiqoti bo’yicha takliflar berishi lozim 9.Малакавий битирув ишини бажаришнинг умумий қоидалари ҳақида маълумот беринг. bitiruv malakaviy ish bob va bo’limlarining mazmuni BMIning asosiy maqsadiga mos va talablariga javob berishi lozim; BMI matni kompyuterda teriladi; BMI umumiy qabul qilingan standart bo’yicha muqovalanadi; BMIning hajmi qat’iy ravishda chegaralanmaydi, ammo uning kompyuterdagi matni hajmi 65-70 bet atrofida bo’lishi tavsiya etiladi: bitiruv malakaviy ish A4 (210x297) formatli oq varaqning bir tomoniga 1,5 interval 14 shriftda yoziladi va uni yozish jarayonida quyidagi xoshiyalar o’lchamiga rioya qilish zarur: chap tomondan - 3 sm. o’ng tomondan - 1 sm. yuqoridan - 2 sm. pastdan -2,5sm. bitiruv malakaviy ishda keltirilgan barcha jadvallar, grafiklar, chizmalar, rasmlar, diagrammalar, shakllar va boshqalarning nomi aniq qilib ustiga yoziladi va raqamlab chiqiladi; bosma va yozma xarflar, daraja va indeksdagi belgilar aniq bo’lishi lozim: jadvallar, rasmlar, chizmalar, grafiklar, fotorasmlar BMI ichida ham ilovada ham standart varaklarda (A4 formatda) bo’lishi lozim. Rasmlar skaner yordamida matnning kerakli joyiga ko’yiladi. bitiruv malakaviy ish matnini yozish jarayonida muallif ishda keltirilgan barcha ixtiboslar, jadvallar, grafiklar, chizmalar, rasmlar, diagrammalar, shakllar, boshqa ma’lumotlar va ko’rgazmali vositalarni ular tegishli joyning o’zidagina ixtibos (sitata) va havola (snoska) qilishi zarur. Shuningdek, jadvallar, grafiklar, chizmalar, rasmlar, diagrammalar, shakllar va boshka ma’lumotlar va ko’rgazmali vositalarni bayon qilishda matnda ularning tartib raqami ko’rsatilib izohlanishi kerak. Masalan, “5-jadval, 3-rasm, 4-chizma yoki 2-diagrammada keltirilgan ma’lumotga ko’ra” iboralarini ko’llash tavsiya etiladi. 10.Малакавий битирув ишини ҳимоя қилиш жараёни қандай кечади? BMI ni belgilangan tartibda rasmiylashtirib, taqdim qiladi. Ilmiy rahbar xulosasi. Tashqi taqriz. BMIning kafedrada muhokama qilinganligi va Yakuniy davlat attestasiyasi komissiyasi yig’ilishida himoya qilishga tavsiya etilganligi to’g’risidagi bayonnomadan ko’chirma. Talaba BMI bo’yicha 5-7 bet xajmda kompyuterda annotasiya yozadi va 6 nusxada kafedraga taqdim qiladi. Xulosa va taqriz hajmi 1,5-2 betni tashkil etishi kerak. Ilmiy rahbar xulosasi, Tashqi taqriz, Topshiriq va BMIning kafedrada muxokama qilinganligi va Yakuniy davlat attestasiyasi komissiyasi yig’ilishida himoya qilishga tavsiya etilganligi to’g’risidagi bayonnomadan ko’chirma BMI muqovasining ichki tomoniga konvertga solib yelimlanadi. Download 23.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling