9. mavzu. Ta’lim jarayoniga texnologik yondashuvning mazmuni va tamoyillari
Download 38.63 Kb.
|
9.MAVZU.TA’LIM JARAYONIGA TEXNOLOGIK YONDASHUVNING MAZMUNI VA TAMOYILLARI Pedagogik texnologiyaning metodologik asoslari. Insonning boshqa mavjudotlardan farqi-uning o‘z oldiga maqsad qo‘yib, maqsad sari harakat qilishidir, deb ta’kidladik. Tabii savol tug‘iladiki, bu maqsadlar qayoqdan paydo bo‘ladi? Javob: har qanday maqsad alohida bir shaxs, ijtimoiy guruh yoki millatning ehtiyojidan kelib chiqadi. Inson bioijtimoiy mavjudot bo‘lganligidan uning biologik ehtiyoji barobarida ijtimoiy ehtiyoji ham mavjud. Biologik ehtiyojlar kishining biologik tabiatidan kelib chiqadi. Tirik mavjudot sifatida hayotni saqlab qolish uchun talab etiladigan zaruriy ehtiyoj biologik ehtiyoj deyiladi. Bularga yeb-ichish, nafas olish, xavf-xatardan saqlanish, nasl qoldirish kabilar kiradi. Ijtimoiy ehtiyojga kishining ijtimoiy taraqqiyoti natijasida vujudga keladigan fikr yuritish, fikr almashish, bilim olish, mehnat qilish, zavqlanish sevish va sevilish kabi ehtiyojlar kiradi. Ehtiyojni qondirish ustida ma’lum vaqt fikr-mulohaza yuritilgandan keyin ehtiyoj yoki inkor qilinib bostiriladi, yoki unga yetishish maqsad qilib qo‘yiladi. Maqsad va uning ko‘rsatkichlari aniq bo‘lgandan keyin, unga yetishish usullari tizimi izlab topiladi va harakat boshlanadi. Shunda maqsad ko‘rsatkichlari bilan harakat paytida o‘z mavjudligini namoyon qiluvchi qonunlar yig‘indisi ushbu faoliyatning metodologik asosini ya’ni amal qilinishi shart bo‘lgan tamoyillar majmuini tashkil qiladi. Kishi o‘z faoliyatida eng umumiy tamoyillarga amal qilishi bilan birga muayyan bir sohaning umumiy maqsad va qonuniyatlariga tamoyil sifatida suyanadi. Pedagogik jarayonning umumiy metodologiyasi soha oldiga qo‘ygan maqsad ko‘rsatkichlari bilan didaktikaning umumiy tamoyillaridir. Pedagogika sohasining umumiy maqsadi jamiyatning eng umumiy maqsadi, yani g‘oyasidan kelib chiqib, ajralmas qismi hisoblanadi. Maorif sohasining umumiy maqsadi huquqiy demokratik davlat hamda odil fuqarolik jamiyati talablariga javob beruvchi kishini tarbiyalab berishdan iboratdir. O‘zbekistonda mualliflar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, erkin, ma’rifatli va demokratik davlat fuqarolari quyidagi ijtimoiy sifatlarga ega bo‘lishlari kerak: aqlli, mustaqil fikr yurita oladigan; odobli, millatimiz to‘plagan barcha fazilatlarga ega; mehnatsevar, bilimli, diniy, dunyoviy va fazoviy bilimlarni ko‘p va chuqur egallab olib, ularni hayotga qo‘llay olishi; jismoniy, ruhiy, ijtimoiy sog‘lom; milliy g‘ururga ega-ajdodlarimizning moddiy va ma’naviy meroslarini egallab, ular bilan faxrlanuvchi va ularni boyitishga hissa qo‘shuvchi; vatanparvar, vatan uchun xalq uchun fidokorona mehnat qiluvchi, ularni muxofaza qila oluvchi va zarur bo‘lsa ular uchun jonini qurbon qiluvchi; baynalminal, o‘z millati qatorida boshqa millatlarni hurmat qiluvchi; insonparvar inson zotiga faqat yaxshiliklar yo‘llovchi va ular uchun ezgu ishlar qiluvchi; jasur va shijoatli - har bir ishiga mardona kirishib, uni shijoat bilan oxiriga yetkazuvchi. Bu ijtimoiy sifatlar jamiyat ehtiyojidan kelib chiqqan davlat buyurtmasi bo‘lib, ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir inson ulardan umumiy metodologik asos sifatida foydalanishi kerak. Bu umumsohaviy metodologiyaning birinchi qismi hisoblanadi. Umumiy metodologiyaning ikkinchi qismini o‘qituvchilarga yaxshi tanish bo‘lgan didaktika tamoyillari tashkil qiladi. Ularga: ta’lim-tarbiya jaryonida ta’lim oluvchi diqqatini berilayotgan bilimga qaratib, uni jarayon oxirigacha saqlab turish; har bir bilimni ilmiy asoslab berish; bilim berishda o‘quvchining imkoniyati va yosh xususiyatlaridan kelib chiqish; bilim berishda mumkin qadar ko‘proq ko‘rgazmali vositalardan foydalanish; bilim berishda muntazamlilik va davomiylikni saqlash; o‘quv jarayonini mehnat jarayoni bilan qo‘shib olib borish; ta’lim va tarbiyaning tizimli, izchil bo‘lishi va uning birligi tamoyillari kiradi. Har bir faoliyatning eng umumiy, umumiy metodologik asoslari bilan bir qatorda xususiy metodologiyasi ham mavjud. Bizning misolda, bu muayyan o‘quv predmeti, muayyan mavzu va muayyan darslarni o‘tishga kutilgan maqsad ko‘rsatkichlari bilan pedagogik texnologiyaning besh tamoyillari hisoblanadi. Pedagogik texnologiyaning umumiy tuzilmasi. Texnologik sxema – texnologik jarayonni shartli ravishda tasvirlash, ularni alohida qismlarga ajratish va ular orasidagi mantiqiy bog‘liqliklarni ko‘rsatish. Texnologik xarita - qadamma-qadam, bosqichma-bosqich harakatlar ketma-ketligi ko‘rinishida (ko‘pincha grafik shaklda) qo‘llaniladigan vositalarni ko‘rsatib jarayonni tasvirlash. Texnologik nyuanslar. Adabiyotlarda va maktablar ishlari amaliyotida pedagogik texnologiya termini pedagogik tizim tushunchasi sinoniumi sifatida qo‘llaniladi. Sistema tushunchasi texnologiya tushunchasidan ko‘ra kengroq bo‘lib, faoliyatning ob’ekti va sub’ektlarini ham o‘z ichiga oladi. Texnologiya metodikasidan natijalarining mustahkamligi, qayta yangilanishi, ko‘plab “agarda” ikkilanishlarining yo‘qligi bilan farq qiladi (agarda iste’dodli o‘quvchi bo‘lganida, agarda qobiliyatli bolalar, agarda ota-onalar...). Texnologiyalar va metodikalarning aralashtirib yuborilishi ba’zan metodika texnologiya tarkibiga kirishiga, ba’zan esa aksincha, u yoki bu texnologiyalar - o‘qitish metodikasi tarkibiga kirishiga olib keladi. Pedagogik texnologiya tamoyillari. 1. Ilmiylik tamoyili. Bu tamoyil har qanday o‘quv predmeti, o‘quv materiali fanining zamonaviy yutuqlariga tayanishi lozimligini ko‘rsatadi. Ushbu tamoyil, eng avvalo o‘quv dasturlar, o‘quv qo‘llanmalar va dasturlarni yaratish jarayonida amalga oshiriladi. Ilmiylik tamoyiliga muvofiq har yili fanlarning ishchi o‘quv rejalari va o‘quv materiallarini takomillashtirish, muammoli mashg‘ulot o‘tkazish talab etiladi. Ilmiylik shakli va fanning tili o‘rganiladigan predmetlar xarakterining asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadilar. 2. Loyihalanish tamoyili Bu tamoyil, pedagogik texnologiyaning eng muhim xususiyatlaridan birini belgilaydi. Loyihalanish tamoyili - bu o‘quv jarayonini tashkil etish, hujjatlarini – o‘quv jarayoni grafigi; ishchi o‘quv reja; fanning ishchi o‘quv dasturi; fanning, bo‘limlarning, tayanch iboralarining o‘quv maqsadlari toifalari; o‘qitish jarayoni texnologiyasi, egallangan bilim va malakalarni baholash – oldindan yaratishni anglatadi. Ishlab chiqilgan hujjatlar asosida o‘quv jarayoni amalga oshiriladi. 3.Tizimlilik tamoyili Pedagogik texnologiya, o‘quv jarayonining barcha elementlarini qamrab olishi bilan alohida ajralib turadi. Tizimlilik tamoyilining mohiyati shu bilan ifodalanadi. O‘quv jarayonining barcha elementlari, ularning o‘zaro bog‘liklik sharti asosida yagona tizim kabi loyihalanadi. Bunda o‘quv jarayonning barcha elementlari tuzilmasi, tashkil etilishi va faoliyati – talabalarni o‘qitishga rag‘batlantiradi. 4. Maqsad yo‘naltirilganlik tamoyili. O‘quv jarayoni maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Maqsad ham qonun kabi odamning xarakteri va harakat usulini aniqlashi zarur. Buning uchun o‘rnatiladigan maqsad, aniq va o‘lchaniladigan bo‘lishi shart. Bixeviorizm g‘oyalariga tayangan, pedagogik texnologiya aynan shu bilan farq qiladi. Psixologiyada bu yo‘nalishning xususiyati – organizmni qo‘zg‘atishga bevosita bog‘liqligini shak shubhasiz tan olish va uni bu qo‘zg‘alishga undashdan ibortdir. 5. Faoliyat yondashuvi tamoyili Ilmiy texnik taraqqiyotning hozirgi bosqichi murakkab yuqori texnologiyalarni qo‘llash, ilmtalab mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan xarakterlanadi, bunda nafaqat fan ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Balki ishlab chiqarish fanning jadal rivojlaniga sharoit yaratadi. Bu sharoitlarda, faoliyat yondashuviga tayangan o‘quv jarayonning samaradorligi oshadi. O‘quv reja, fanlar dasturi, mashg‘ulotlar turi bo‘yicha o‘quv soatlari, mutaxassis faoliyatining batafsil tahlili asosida o‘rnatilishi maqsadga muvofiqdir - hozirgi paytda «yuz bor eshitishdan ko‘ra, bir bor ko‘rish afzaldir» degan tamoyilga tayanish kamlik qiladi. 6. Boshqariluvchanlik tamoyili. Boshqarish – jarayonni rejalashtirilgan maromda amalga oshirish, o‘qitish maqsadlariga erishish dasturini ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiladi. Mazkur tamoyil o‘qitishning joriy natijalarini ko‘p bosqichli diagnostik (tashxisiy) tekshiruvlar o‘tkazish imkoniyatini, - ko‘zda tutadi butun o‘qitish davrida o‘qitish jarayonini boshqarish asosan didaktik testlardan foydalanib amalga oshiriladi. Boshqarilish tamoyili, o‘qitish jarayonini va shu bilan birga uning natijalariga muntazam ravishda tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi. 7. Qayta takrorlanish tamoyili Qayta takrorlanish tamoyili, ma’lum fani bo‘yicha ishlab chiqilgan pedagogik texnologik xaritani, turli guruhlarda turdosh ta’lim muassasalarida boshqa sub’ektlar bilan ko‘p marotaba (takroriy) qo‘llash imkoniyatini anglatadi. 8. Samaradorlik tamoyili Ushbu tamoyil, pedagogik texnologiya o‘qitishning ko‘zlangan natijalariga maqbul xarajatlar bilan kafolatli erishish imkoniyatini yaratishini ko‘rsatadi. O‘quv jarayonining samaradorligiga pedagogik texnologiyaning yuqorida bayon etilgan tamoyillari: - ilmiylik, loyihalanish, tizimlilik, maqsadga yo‘naltirilganlik, faoliyat yondashuvi, boshqariluvchanlik, qayta takrorlanuvchanlikni amalga oshirib erishiladi. 10.MAVZU. MUSTAQIL TA’LIM OLISH TEXNOLOGIYASI Pedagogik jarayonda shaxsga yo’naltirilganlikning mohiyati. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyaning diqqat markazida turli obrazli hayotiy vaziyatlarda ongli tanlashga qobiliyatli, yangi tajribalarni idrok etishga tayyor, o‘z imkoniyatlarni o‘zi amalga oshirishga ishtiyoqmand noyob yaxlit inson turadi. Bunday shaxsning muvafaqkiyati an’anaviy texnologiyadagi bilim va ijtimoiy me’yorlarni tarbiyalanuvchilarga formal uzatishdan farqli ravishda, erkin fikrli shaxsni shakllantirish ekanligini bildiradi. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya har bir bolaning individual o‘ziga xosligi bilan bog‘liqlikda ta’lim va tarbiyaning metod va vositalarini izlab topishga harakat qiladi. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya an’naviy texnologiyadagi bolaga avtoritar, mustaqilligini e’tirof etmagan xolda qarashga qarama-qarshi qo‘yiladi. Sevish, g‘amxo‘rlik, hamkorlik asosida shaxs ijodiyligi va o‘zini-o‘zi rivojlantirishi uchun sharoit yaratadi. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyaning asosiy tamoyillari individ doimiy o‘zgaruvchan dunyoning markazida joylashadi: har bir kishi uchun borliqni idrok etishda shaxsiy dunyosi muhim ahamiyatga ega. Bu ichki dunyoni hech kim tashqaridan oxirigacha bila olishi mumkin emas; inson borliqni shaxsiy munosabati va tushunishi asosida idrok eta-di; individ o‘zini-o‘zi bilish va o‘zini-o‘zi realizatsiyalashga harakat qiladi, u o‘zini-o‘zi takomillashtirishda ichki imkoniyatlarga ega bo‘ladi; muloqot natijasida erishish mumkin bo‘lgan rivojlanish uchun zarur o‘zaro bir-birini tushunish; o‘zini-o‘zi takomillashtirish, rivojlanish muhit, boshqa odamlar bilan o‘zaro harakat asosida kelib chiqadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki yashirin aloqalar natijasida erishiladigan tashqi baho inson, uning o‘zini-o‘zi bilishi uchun juda muhim. ShAXSGA YO‘NALTIRILGAN TEXNOLOGIYaNING YeTAKChI G‘OYaLARI shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning maqsadi: o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish, bolaning individuallligini yuqori darajada kashf eta olish; bilim bo‘yicha berilgan me’yor sifatida ta’lim, jarayon sifatida o‘qitishga alohida urg‘u beradi; o‘qitish deganda, ta’lim jarayonida berilganlarini ijtimoiy-ahami-yatli namunalarga aylantirishga yo‘naltirilgan har bir bolaning alohida individul faoliyati tushuniladi; o‘quvchi sub’ektivligiga ta’limiy ta’sir natijasida kelib chiquvchi sifatida emas, boshidanoq unga o‘ziga xosligi sifatida qaraydi; ta’lim jarayonini tashkil etish va amalga oshirishda har bir o‘kuvchi-ning shaxsiy tajribasi va uning ijtimoiylashuvini aniqlash bo‘yicha ish o‘tkazilishi kerak; bilimlarni egallash maqsadi o‘kuvchi rivojlanishi uning imkoniyatlari va individual-ahamiyatli qadriyatlarni hisobga olish vositasiga aylanadi. 11.MAVZU. AN’ANAVIY VA NOAN’ANAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING MAZMUNI VA METODIKASI, XUSUSIYATLARI (TA’LIM MAZMUNINI MODERNIZATSIYALASH) REJA:
1.Ta’lim mazmunini modernizatsiyalash tirish- zamonaviy pedagogikaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida. 2.Ta’lim mazmunini modernizatsiyalashtirishning ustuvor yo‘nalishlari. 3.Modernizatsiyalashtirish borasida ilg‘or xorij tajribalari Tayanch tushunchalar: ta’lim mazmuni, modernizatsiyalashtirish, ta’limni insonparvarlashtirish, axborotlashtirish, o‘quv reja, fan dasturi, didaktik vositalar, ta’lim vositalari, zamonaviylashtirish, xorijiy tajriba. 1.Ta’lim mazmunini modernizatsiyalashtirish- zamonaviy pedagogikaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida. Ta’limning mazmuni uning vazifalaridan kelib chiqadi. Ta’limning mazmuni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar tizimidir. O‘quvchi ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash jarayonida aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiradi, dunyoqarashi, ahloqi shakllanadi, hayotga, mehnatga tayyorlanadi. Ta’lim mazmuniga insoniyat to‘plagan barcha ijtimoiy tajribalar kiradi. Uning mazmuni, xajmi, ijtimoiy to‘zumning iqtisodiy talab va ehtiyojlari, fan-texnika taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ya’ni uning mazmuniga tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuri haqidagi bilimlar, hozirgi zamon fani, texnikasi, madaniyati, ishlab-chiqarishdagi yangiliklar kiritiladi. Ta’limning mazmuni o‘zgaruvchan, u doimo yangilanib turadi. Bugungi kunda ta’limning mazmuni O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonuni va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» da belgilangan vazifalardan kelib chiqadi. Ta’lim mazmuni jamiyat umumiy o‘rta ta’lim oldiga qo‘yayotgan talab-buyurtma asosida belgilanishi kerak. Ya’ni shakllanayotgan inson nimani bilishi, o‘rganishi, qanday insoniy fazilatlarga ega bo‘lishi haqidagi savollarga javob berishi kerak. Ta’lim jarayoni o‘quvchilarda: bilimdonlik, mustaqil fikrlash, ijodkorlik, tirishqoqlik, tashabbuskorlik, ziyraklik, intizomlilik, qiziquvchanlik kabi xislatlarni shakllantiradi. Tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuriga munosabati ham ta’lim mazmunini belgilashga, ta’lim olishga yordam beradi. O‘quvchi o‘zida shakllangan munosabatlarga asoslanib tevarak-atrofdagi narsalarni, voqealarni baholaydi; oq-qorani ajratadi, ilmiy va g‘ayriilmiy hodisalarning farqiga boradi. Ta’lim mazmuniga kiritilgan o‘quv materiali yuqori ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi, ta’lim jarayonining imkoniyatlariga mos bo‘lishi (ta’limni tashkiliy shakllari, qonuniyatlar, tamoyillari, usullari, O‘quvchilarning umumiy rivojlanishi darajalariga, maktabning O‘quv-metodik hamda moddiy holati hisobga olinishi) lozim. Shuningdek, ta’lim mazmunini belgilashda maktabda o‘qitiladigan barcha fanlarning o‘ziga xos hususiyatlari va fanlararo aloqa hisobga olinishi shart. Ta’lim mazmuni ilmiy asoslagan DTS, O‘quv rejalari, dasturlari va darsliklarida ifodalanadi. Xususiy metodika nuqtai nazari bo‘yicha «ta’lim» aynan bir O‘quv fani asosida o‘qitish va o‘qish faoliyatlarini birgalikda amalga oshirishni anglatadi. Pedagogika fani nuqtai nazaridan qaralganda esa «ta’lim» o‘qituvchi va o‘quvchi ta’sirining majmui bo‘lib, uning natijasida o‘quvchining aqliy salohiyati (intellekti), ruxiyatini rivojlantirish ma’nosini bildiradi. Bilim-tabiatda, jamiyatda, inson ongida amal qilinadigan qonuniyatlarning turli belgilar (masalan, yozuv) vositasida moddiylashtirilgan ko‘rinishidir. Bilimlar qarash, g‘oya, ta’rif, qoida, aniqlik, aksioma, teorema, omil va boshqa shakllarda beriladi; Ta’lim jarayoni tarkibiga ko‘ra, o‘ta murakkab didaktik hodisadir. Agar bu jarayonga o‘qituvchi faoliyati nuqtai nazaridan yondoshsak, «o‘qitish jarayoni», o‘quvchilar faoliyati nuqtai nazaridan, esa «uquv jarayoni» iboralari ishlatiladi. O‘qitish eng qadimiy faoliyat turlaridan biridir. U mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi natijasida alohida kasb sifatida ajralib chiqqan. Kishilar o‘qituvchilik kasbiga maxsus tayyorlanadi. Ta’lim ma’lum bosqichlar asosida amalga oshiriladi: o‘rganiladigan narsa- hodisalarni bevosita yoki bilvosita idrok etish; oldin o‘rganilgan bilimlarni xotiraga, ya’ni esga tushirish; bilimlarni amalda qo‘llash, fikrlash, ularning umumiy va xususiy alomatlarini ajratish. Hozirgi an’anaviy maktabda asosiy e’tibor bilimlarni o‘zlashtirishga, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratiladi. Bu o‘quv- tarbiya jarayonini tashkil etish tajribasining eng zaif tomonidir. Ma’lumot mazmunining barcha elementlariga rioya qilib, ta’lim jarayonini tashkil etish bilangina har tomonlama rivojlangan yoshlarni etishtirib chiqarish mumkin. Ta’limning asosiy mazmunini uning vazifalari oydinlashtirib beradi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichiga ilmiy va texnikaviy bilimlar, hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy va madaniy qadriyatlarda hayotning ma’nosi, jamiyatda insonning tugtan o‘rni, ta’lim-tarbiyasi, odob - axloqi haqidagi xikmatli fikrlar borki, bular bugungi halq ta’limi taraqqiyoti uchun va milliy maktab yaratishi borasida yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, imon-e’tiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, millatlararo do‘stlik munosabatlari, qaxramonlik, mardlik singari tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Ta’limni standartlashtirish-insoniyatning ijtimoiy ongida ro‘y bergan tub o‘zgarishlar tufayli kelib chiqqan zaruratdir. Chunki, axborotlar almashinuvi maksimal chegaraga yetgan davrimizda dunyoning bir burchagida yashayotgan kishi ikkinchi qutbda sodir bo‘layotgan voqealarni bilibgina qolmay, ularning ne boisdan aynan shu tarzda ro‘y berganini anglashi va his qilishi zarurdir. Bir sayyorada bir vaqtda yashab turib, bir-birini tushunmaslik ba’zan insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun ham iqtisodiy axvoli va taraqqiyot darajasi turlicha bo‘lgan davlatlarda yashovchi barcha kishilarning fikrlash darajasini iloji boricha bir xil holatga keltirish extiyoji paydo bo‘ldi. Bu holat ta’lim standartlari deb atalmish tushunchani yuzaga chiqardi. Standart-ta’limda yaratilgan me’yoriy reja, dastur, darsliklarni o‘zlashtirish ekvivalenti, ya’ni ta’lim mazmunini o‘zlashtirish darajasidir. Standartni ishlab chiqishda o‘quvchini haddan tashqari zo‘riqtirib yubormaslik talablariga rioya qilish, ya’ni u o‘quvchi yoshiga mos, uni o‘zlashtirishga qurbi etadigan darajada bo‘lishi kerak. Bunda albatta, ta’lim oluvchining qiziqishi, xohishi, extiyoji hisobga olinishi lozim. Ta’lim standartlarini o‘zlashtirishda shaxsga muhim ahamiyat berilishi, unga yakka tartibda yondashilishi maqsadga muvofiqdir. Standartlarni O‘quv jarayoniga tatbiq etishdan oldin o‘ta puxtalik bilan tajriba-sinovdan o‘tkaziladi va shu asosda bosqichma-bosqich o‘quv jarayoniga kiritib boriladi. Davlat va jamiyat ta’lim muassasalari oldiga muayyan ijtimoiy buyurtmalar qo‘yayotgan ekan, o‘sha muassasalar tomonidan tayyorlanadigan kadr egallashi lozim bo‘lgan ijtimoiy sifatlarining minimal chegarasini ham ko‘rsatib berishi tabiiydir. Tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka yoxud ma’naviy sifatlarning eng quyi miqdori ilmiy asoslarda belgilab berilgan rasmiy pedagogik hujjat-davlat ta’lim standarti hisoblanadi. Standartlarda belgilangan natijalarga erishilmasa, yo o‘sha ko‘rsatkichlarni egallay olmagan bola, yoxud yoshlarda muayyan miqdordagi bilim, ko‘nikma, malaka va ma’naviy sifatlarni shakllantira olmagan pedagogikani mukammal deb bo‘lmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, davlat ta’lim standarti (DTS) nazorat vositasi, ayni vaqtda, ta’lim muassasalarida ko‘zlangan ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritish uchun zarur bo‘lgan sharoitni belgilash o‘lchovi hamdir. Davlat ta’lim standartlarining ko‘rsatkichlari qo‘lga kiritish uchun zarur bo‘lgan sharoitni belgilash o‘lchovi hamdir. Davlat ta’lim standartlarining ko‘rsatkichlari amaldagi mavjud ta’lim mazmunidan emas, balki shakllantirilayotgan O‘quvchiga singdirilishi lozim bo‘lgan sifatlarning jahon bo‘yicha zarur deb hisoblangan miqdoridan kelib chiqadi. Davlat ta’lim standartlarining ikki asosiy vazifasini alohida ta’kidlab ko‘rsatish lozim. Bunday standartlar umumiy o‘rta maktabda O‘quvchilarga beriladigan ta’lim mazmunining majburiy minimumini hamda bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini belgilab beradi. Ta’lim mazmunining majburiy minimumi O‘quv dasturlari va darsliklarda to‘liq o‘z ifodasini topishi shart. Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga ko‘ra O‘quvchi muayyan bosqichda egallashi shart bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning minimal miqdori belgilanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga DTS ni joriy etish talablari rivojlangan g‘arb mamlakatlari tajribasiga asoslanadi. Ammo, shuni ham aytish kerakki, hali dunyodagi birorta jamiyatda ta’limni standartlashtirish keng ko‘lamda amalga oshirilayotgani yo’q. Chunonchi, mazkur yumushga birinchi bo‘lib qo‘l o‘rgan Fransiyada bu ish hano‘zgacha sinov darajasida, AqS’Hda esa DTS yaratishga endigina kirishilmoqda. Yaponiya va Germaniya ta’lim muassasalarida mazkur muammoni hal etish rejalashtirish bosqichida turibdi. O‘zbekistonda ta’lim standartlari masalasiga davlat miqyosida yondashildi va uni ilmiy yo’sinda hal etishdan tashqari, ta’lim-tarbiya amaliyotiga joriy qilish maqsadida o‘zoq vaqt izlanishlar olib borildi, tajriba-sinovlar amalga oshirildi. O‘quv rejasi, O‘quv fan dasturi va darslik O‘quv rejasi - davlat hujjatidir. Unga barcha umumta’lim maktablari so‘zsiz amal qiladi. Bu hujjatda sinflar bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan o‘quv fanlari va shu fanlar uchun ajratilgan o‘quv soatlari ko‘rsatiladi. Bu hujjat maktabning yagona O‘quv rejasi hisoblanib, u halq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Alohida aniq bir fanning o‘quv rejasi - shu fanni o‘qitish uchun ajratilgan soatlar va o‘quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatidir. O‘quv fan dasturi - har bir alohida fan uchun uquv dasturi to‘ziladi. Dastur O‘quv rejasiga asoslanadi. Fanning maqsadidan, uquv rejasi bo‘yicha ajratilgan soat va bilim hajmi uning tizimi mavjud jamiyatning g‘oyaviy-siyosiy yo’nalishini o‘zida aks ettiradigan davlat hujjatidir. O‘quv dasturida bir sinfda alohida fanlar bo‘yicha o‘quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda fanning mazmuni, mavzu ketma-ketligi ikkinchi mavzu birinchini to‘ldirishi, izchillik bilan yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko‘rsatiladi. O‘quv dasturida shu fan bo‘yicha o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar kichik mavzularda ifodalanib, mavzu maqsadi qisqacha izohlanadi. Fanning maqsadi va vazifasidan kelib chiqqan holda boblarga bo‘linadi. Boblar katta-katta mavzularga, katta mavzular esa kichik mavzularga bo‘linib, shu mavzu yo’zasidan O‘quvchi qanaqa bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashgirishi lozim bo‘lsa, uning mazmuni qisqacha ifodalanib beriladi. O‘quv dasturining o‘zini amal qilinishi kerak bo‘lgan printsiplari mavjud, 1. Dasturning aniq bir g‘oyaga asoslanganligi. Mustaqil jamiyatimiz taraqiyotining tamoyillariga asoslangan holda isloh qilingan har bir sohadagi fan, texnika, ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlarda erishilgan yutuqlar darajasini ilmiy asosda aks ettirshi lozim. 2. Dastur ilmiylik prinsipiga asoslanadi. Har bir ta’lim va tarbiya g‘oyalari, ilmiy jihatdan tekshirilgan, ishonchli dalillar, kuzatishlar, manbalar va materiallar asosida kiritiladi. 3. O‘quv dasturi- aniq mazmun va mantiqiy g‘oyalarni p’zida aks ettirishi lozim. Dasturda fanning maqsad va vazifalari undagi bilim asoslari misollar va masalalar orqali o‘rgatiladi. Aks holda o‘rgatilayotgan bilim asoslarini nazariy jihatdan tushunish qiyin bo‘ladi. 4. Nazariya bilan amaliyotning birligi printsipi. Talabalar olgan nazariy bilimlarini, amalda qo‘llay olishi ko‘nikmasini shakllantirish nazarda tutiladi. Download 38.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling