9-mavzu. Taqdimotlar yaratish instrumental vositalari reja


Download 0.68 Mb.
bet5/5
Sana06.11.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1752740
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-мавзу

NAZORAT SAVOLLARI
1.SmartArt obʻektlaridan foydalanish qanday amalga oshiriladi?
2.Slaydda diagrammalar yaratish qanday amalga oshiriladi?
3. MS Power Point dasturi imkoniyatlari.
4. MS Power Point dasturida slaydda jadvallar hosil qilish.
5. SmartArt sxemalari bilan ishlash jarayonida qaysi menyu chiqadi.


9.3.Taqdimot muharririda amallarni bajarish
Koʻp hollarda biz maʻlumotlarni sxemalarda ifodalashni maʻqul koʻramiz. Buning ushun MS Power Point dasturida juda keng imkoniyatlar berilgan. Slaydda SmartArt obʻekti joylashtirilganda birinchidan tashkiliy diagrammalarning turli tuman koʻrinishlari taklif etilsa, ikkinchidan tanlangan tashkiliy diagrammalarga yana oʻzimiz maʻqul koʻrgan koʻrinish yani shakl, rang va effekt bera olamiz. Bu vazifani bajarishimizda SmartArt obʻekti belgilanganda namoyon boʻladigan «Работа с рисунками SmartArt» paneli yordam beradi.

Bu menyu faqat SmartArt sxemalari bilan ishlash jarayonida paydo boʻladi. Uning imkoniyatlari SmartArt sxemalari uchun moʻljallangan boʻlib, bu sxemalar uchun alohida menyular ochiladi. Bular: конструктор va формат menyularidir.


Конструкор:
создание рисунок – SmartArt obʻektining qoʻshimcha figuralarini hosil qilish va ular ustida ishlash;
макеты – SmartArt obʻekti shakllarini tanlash; стили SmartArt- SmartArt obʻekti stillari tanlash;
сброс - SmartArt obʻekti ustuda bajarilgan barcha oʻzgartirishlarni bekor qilish

Формат:
фигуры – SmartArt obʻekti figuralarini shaklini, katta kichikligini oʻzgartirish, ; стили фигур- slayddagi tanlab olingan SmartArt obʻekti ning rangli koʻrinishi, uning konturini oʻzgartirish va effektini (yaʻni figuraning soyali, qiya v.h. namoyon


boʻlishi) ni tanlash;
стили WordArt – Matn uchun bezatish stillarini tanlash, matnni rangini, matnning joylashuvini belgilash;
упорядочить – SmartArt obʻekti ning namoyon boʻlishi (orqa fonda yoki old fonda)ni tanlash;
размер – SmartArt obʻekti ning boʻy uzunligi va en uzunligini oʻzgartirish.
Eʻtabor bergan boʻlsangiz, SmartArt obʻekti joylashtirilganda namoyon boʻladigan Формат panelidagi imkoniyatlar, slaydda oddiy figuralar hosil qilinganda namoyon boʻladigan Формат panelidagi imkoniyatlarga juda oʻxshash. Farqi faqat panelning birinchi guruhidagi buyruqlarda.
SmartArt obʻekti bilan ishlaganimizda Формат panelining birinchi guruhidagi imkoniyatlar yordamida biz sxemalardagi standart koʻrinishlariga oʻzgartirishlar kiritib, turlicha figura koʻrinishlarini berishimiz mumkin.

A1- koʻrinish A2- koʻrinish

b1- koʻrinish b2- koʻrinish


Bundan tashqari «Двумерное редактирование» imkoniyati hajm effektiga ega boʻlgan figurali sxemalar bilan ishlaganda ularda turli oʻzgartirishlar kiritish imkonini beradi.

MS Power Point dasturida slaydda jadvallar hosil qilish, berilgan jadval maʻlumotlari asosida diagrammalar yaratish uchun juda ajoyib imkoniyatlar berilgan. Quyidagi oyna orqali diagrammalarning tiplarini tanlash mumkin.

Masalan, slaydda maʻlumotlar kiritilgan jadval va ushbu maʻlumotlarga asosan diagramma yaratish talab etilsin. Bu holda bizga quyidagi koʻrinishli slayd maketini tanlash maʻqul.

Slaydning chap qismida jadval yaratib, oʻng tomonda ushbu jadval asosida diagramma hosil qilish mumkin. Masalan:

Slayddagi diagramma belgilab olinganda manyular qatorida «Работа с диаграммами» boʻlimi va uning tapkibidagi Конструктор, Макет, Формат menyulari namoyon boʻladi.

NAZORAT SAVOLLARI
1.SmartArt obʻektlaridan foydalanish qanday amalga oshiriladi?
2.Slaydda diagrammalar yaratish qanday amalga oshiriladi?
3. MS Power Point dasturi imkoniyatlari.
4. MS Power Point dasturida slaydda jadvallar hosil qilish.
5. SmartArt sxemalari bilan ishlash jarayonida qaysi menyu chiqadi.
Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling