Kreditlarning evrodollar bozorini rivojlanishiga oʻtgan asrning 70-yillarida sodir bo'lgan neft shoklari turtki bo'lib, Amerika Qo'shma Shtatlari va OPEK davlatlari oʻrtasida jahon bozoridagi barcha neft ta'minotlari uchun to'lovlarni AQSh dollarida to'lash bo'yicha kelishuvlarga erishildi. Ushbu kelishuv natijasida neft import qiluvchilarning dollarga bo'lgan talabi keskin oshdi. - Kreditlarning evrodollar bozorini rivojlanishiga oʻtgan asrning 70-yillarida sodir bo'lgan neft shoklari turtki bo'lib, Amerika Qo'shma Shtatlari va OPEK davlatlari oʻrtasida jahon bozoridagi barcha neft ta'minotlari uchun to'lovlarni AQSh dollarida to'lash bo'yicha kelishuvlarga erishildi. Ushbu kelishuv natijasida neft import qiluvchilarning dollarga bo'lgan talabi keskin oshdi.
- Ushbu mamlakatlar Evrodollar bozorida LIBORga bog'langan suzib yuruvchi foiz stavkalari bo'yicha oldindan kelishilgan mukofot bilan kredit berishni boshladilar. Shunday qilib, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun inqiroz oldindan ma’lum edi. LIBOR Nyu-York va Londonda qisqa muddatli stavkalarga bog’liq holda o'zgarib turdi. 1980-yillarda inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun AQSh Federal zahira tizimi va Angliya banki foiz stavkalarini keskin oshirdi. Bu London Evrodollar bozoridagi stavkalar 1978 yil boshidagi oʻrtacha 7 foizdan 1980 yil boshlarida deyarli 20 foizgacha koʻtarilganda, kreditlarga xizmat koʻrsatish narxining darhol oʻsishiga olib keldi. London va Nyu-Yorkdagi xalqaro banklardan oʻzgaruvchan foiz stavkalari boʻyicha dollarda kredit olgan davlatlar qarzlariga xizmat ko‘rsatishni davom ettirish qobiliyatiga ega emasdilar.
Banklar qat’iy belgilangan va oʻzgaruvchan foiz stavkalari farqidan foyda olishadi. Shuning uchun LIBOR stavkasining darajasi qancha past bo'lsa, banklarning foydasi shunchalik yuqori bo'ladi. LIBOR rasmiy stavkasini belgilash tartibi shaffof emas, bu katta miqyosdagi manipulyatsiya uchun imkoniyatlar yaratadi. LIBOR o'zgaruvchan stavkasining o'zgarishi natijasida banklarning foyda olish algoritmini foiz svopi shartnomalari misolida ko'rsatish mumkin. Bunday holda, foiz svopi qat’iy belgilangan stavkani suzuvchi LIBOR stavkasiga almashtirishni nazarda tutadi. AQShda shaharlar, okruglar va shtatlarning ko'plab mahalliy hukumatlari, kommunal xizmatlar, kutubxonalar, o'quv muassasalari, kasalxonalar va transport idoralari banklar bilan foiz svopi shartnomalarini tuzadilar. LIBOR stavkasining holatida ular banklarga katta miqdorda tovon to'lashga majbur bo‘ldilar. Bugungi kunda AQShdan tashqarida dollarning 2/3 qismi muomalada bo'lganligi sababli, LIBOR stavkasining xalqaro kredit munosabatlariga ta'siri AQSh Federal rezerviga qaraganda yuqoridir. Xalqaro banklararo kreditlashning bir turi to'g'ridan-to'g'ri markaziy banklar o'rtasida ikki tomonlama svop shartnomalarini tuzish hisoblanadi. - Banklar qat’iy belgilangan va oʻzgaruvchan foiz stavkalari farqidan foyda olishadi. Shuning uchun LIBOR stavkasining darajasi qancha past bo'lsa, banklarning foydasi shunchalik yuqori bo'ladi. LIBOR rasmiy stavkasini belgilash tartibi shaffof emas, bu katta miqyosdagi manipulyatsiya uchun imkoniyatlar yaratadi. LIBOR o'zgaruvchan stavkasining o'zgarishi natijasida banklarning foyda olish algoritmini foiz svopi shartnomalari misolida ko'rsatish mumkin. Bunday holda, foiz svopi qat’iy belgilangan stavkani suzuvchi LIBOR stavkasiga almashtirishni nazarda tutadi. AQShda shaharlar, okruglar va shtatlarning ko'plab mahalliy hukumatlari, kommunal xizmatlar, kutubxonalar, o'quv muassasalari, kasalxonalar va transport idoralari banklar bilan foiz svopi shartnomalarini tuzadilar. LIBOR stavkasining holatida ular banklarga katta miqdorda tovon to'lashga majbur bo‘ldilar. Bugungi kunda AQShdan tashqarida dollarning 2/3 qismi muomalada bo'lganligi sababli, LIBOR stavkasining xalqaro kredit munosabatlariga ta'siri AQSh Federal rezerviga qaraganda yuqoridir. Xalqaro banklararo kreditlashning bir turi to'g'ridan-to'g'ri markaziy banklar o'rtasida ikki tomonlama svop shartnomalarini tuzish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |