9-mavzu. Xalqaro kredit munosabatlari ishtirokchilari va tuzilmasi


Xalqaro kredit munosabatlari inqirozlarining mohiyati va yuzaga kelish shakllari


Download 26.65 Kb.
bet7/9
Sana04.11.2023
Hajmi26.65 Kb.
#1748499
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-mavzu

3. Xalqaro kredit munosabatlari inqirozlarining mohiyati va yuzaga kelish shakllari

  • Xalqaro kredit munosabatlaridagi inqirozlar tizimli xarakterga ega va ishlab chiqarishning kapitalistik uslubi inqirozining umumiy nazariyasi bilan bevosita bog'liqdir. Qiymatning mehnat nazariyasiga muvofiq, yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish omillari - mehnat va kapital oʻrtasida taqsimlanishi notekis boʻlib, bu kapitalning jadal oshishiga sabab boʻladi. Kapitalning pul shaklida emas, balki aktiv shaklida aylanishi uni bozor va davlat tomonidan oxirgi talabga bog'liq qiladi. Bunda kapitalizmning asosiy muammosi sifatida to‘plangan kapital hajmiga nisbatan to‘lovga qodir talab o'sish hajmining pasayishi namoyon bo‘ladi, bu esa yangi kapitalning har bir birligi uchun foyda miqdorining pasayishiga olib keladi.
  • Tarixdagi ushbu muammo uchta usulda hal qilindi. Klassik kapitalizm davrida ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari aktivlarni qayta taqsimlash va ortiqcha kapitalni muomaladan chiqarish mexanizmi bo'lib xizmat qilgan. Keyingi bosqichda, imperializm davrida kapital rivojlanmagan hududlarga eksport qilingan. Tovarlar bozori va kapital eksporti bozorlari uchun raqobat ikki jahon urushi oralig‘ida yakunlandi. 1944 yilda kapital eksporti Bretton-Vuds institutlari (XVF, Jahon banki, GATT - hozirda JST) nazorati ostiga o'tdi. Jahon moliya tizimi oltinga bog'lab qo'yilgan va AQSh Federal zaxira tizimi tomonidan boshqariladigan AQSh dollariga asoslangan bo'ldi.

Biroq, 1970 yillarda jahon moliya tizimi va xalqaro kapital harakati bilan bog‘liq jiddiy o‘zgarishlar yuzaga keldi. Jumladan, 1971 yilda AQSh dollarning oltinga konvertatsiyasini tugatdi va 1973 yilda esa neft inqirozi yuzaga keldi. Shuningdek, jahon maydonidagi kuchlar nisbati ham o‘zgargan holda raqobatlashuv jarayoni kuchaydi, natijada etakchi mamlakatlar oldida ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirish maqsadida kapital samaradorligini oshirish asosiy masalaga aylandi.

  • Biroq, 1970 yillarda jahon moliya tizimi va xalqaro kapital harakati bilan bog‘liq jiddiy o‘zgarishlar yuzaga keldi. Jumladan, 1971 yilda AQSh dollarning oltinga konvertatsiyasini tugatdi va 1973 yilda esa neft inqirozi yuzaga keldi. Shuningdek, jahon maydonidagi kuchlar nisbati ham o‘zgargan holda raqobatlashuv jarayoni kuchaydi, natijada etakchi mamlakatlar oldida ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirish maqsadida kapital samaradorligini oshirish asosiy masalaga aylandi.
  • Ushbu jarayonda dollar emissiyasini kamaytirish emas, aksincha, uni ko'paytirish, kapitalni qo'llab-quvvatlashgamas, balki oxirgi talabni rag'batlantirishga yo'naltirish taklif qilindi (keyinchalik bu siyosat “Reyganomika”, Buyuk Britaniyada esa shunga muvofiq “tetcherizm” deb nomlandi). Shunday qilib, bozorlarni kengaytirish mumkin emasligi muammosi mavjud bozorlarning har bir ishtirokchisining iste'mol samaradorligini oshirish orqali hal qilindi. Ushbu rejani amalga oshirish uchun bir nechta muammolarni hal qilish kerak edi. Birinchidan, inflyatsiyani sezilarli darajada pasaytirish. Ikkinchidan, iste'molchilarning yuqori texnologiyali sanoat sohasidagi xarajatlari yo'nalishini ta'minlash. Uchinchidan, ortiqcha likvidlikni investitsiyaga aylantirish.

Download 26.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling