Xalqaro kreditlar quyidagicha farqlanadi: Xalqaro kredit munosabatlarida ishtirokchilar quyidagicha tasniflanadi: Kredit valyutasi va to’lov valyutasi. 2. Xalqaro kredit munosabatlari rivojlanishining tarixiy bosqichlari - Xalqaro kreditning rivojlanishi jahon valyuta tizimi evolyutsiyasi bilan chambarchas bog'liqdir. Xalqaro kredit munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi uch bosqichni o’z ichiga oladi.
Birinchi bosqich - Oltin standarti tizimi davrida (1821-1914) to‘lov balansini avtomatik tartibga solish mexanizmi amalda qo‘llanildi va bu jarayonda xalqaro savdodagi nomutanosibliklar real valyuta kurslarini to'g'rilash orqali tartibga solindi. Bu davrlarda xalqaro kreditdan cheklangan ko‘lamda foydalanilgan, chunki xalqaro kredit hajmining ortishi natijasida pul massasining ko‘payishi va oqibatda valyuta kurslarining keskin tebranishi holati yuzaga keladi hamda bu holat to‘lov balansini tartibga solish jarayoniga salbiy ko‘rsatadi.
- Xalqaro kreditlash hajmining o'sishi 1913-1914 yillarga to‘g‘ri kelib, bu davrda birinchi jahon urushida qatnashgan mamlakatlar moliyaviy ehtiyojlarini markaziy banklarning zaxiralarini Britaniya funti, AQSh dollarlari va nemis markasida denominatsiyalangan qimmatli qog'ozlar ko'rinishida oshirish orqali qondirila boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |