Xom ashyoni kesish mashinalari-Kesish mashinalari yordamida xom ashyo to‘g‘ri shaklli (kub, doira) va muayyan o‘lchamli bo‘laklarga kesiladi. Kesadigan pichoqlar po‘latdan tayyorlanadi va disk, o‘roq, to‘g‘ri chiziq, uchburchak, quvurli shaklda bo‘lishi mumkin, pichoqning qalinligi 3-7 mm ni tashkil etadi. - Xom ashyoni kesish mashinalari-Kesish mashinalari yordamida xom ashyo to‘g‘ri shaklli (kub, doira) va muayyan o‘lchamli bo‘laklarga kesiladi. Kesadigan pichoqlar po‘latdan tayyorlanadi va disk, o‘roq, to‘g‘ri chiziq, uchburchak, quvurli shaklda bo‘lishi mumkin, pichoqning qalinligi 3-7 mm ni tashkil etadi.
- Kesish mashinalari universal va ixtisoslashgan bo‘ladi. Ixtisoslashgan mashinalarga go‘sht kesish mashinaliri, mayda bo‘laklarga kesadigan mashinalari kiradi (45-rasm).
- 45-rasm. Kesish mashinasi
- 1-pichoq, 2-tasmali pichoq, 3-diskali pichoq, 4-harakatlanayotgan mahsulot, 5-skrepkalar,
- 6-transportyor.
- 46-rasm. Kesish mashinalarining kesuvchi mexanizmlari
- a, b – kombinatsiyalagan kesish mexanizmi, v-harakatlanmaydigan kesish mexanizmi, bunda 1-tragich, 2-yassi pichoq, g-diskli mexanizmli pichoq, 1-diskli pichoq, 2-val, 3-val, 4-baraban, 5-qoplama, ye-qaytma-ilgarilanma harakatlanuvchi pichoqli mexanizm, j-kartoshka keskich, bunda 1-pichoq, 2-bo‘rtma, 3-harakatsiz sirt, 4-bunker, z-1-aylanuvchan disk, 2-pichoq, 3-bunker.
2. Universal “Ritm”, sabzavotlarni kesish, meva va sabzavotlarni doira shaklida kesish mashinasi. Universal “Ritm” mashinasida sabzi, lavlagi, kartoshka, piyoz kabi mahsulotlar har xil shaklli (kub, doira) bo‘laklarga kesiladi. Mashinaning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: elektrodvigatel (9), reduktor (12), ta’minotchi (4), burchakli pristavka (7), staninada (1). - 2. Universal “Ritm”, sabzavotlarni kesish, meva va sabzavotlarni doira shaklida kesish mashinasi. Universal “Ritm” mashinasida sabzi, lavlagi, kartoshka, piyoz kabi mahsulotlar har xil shaklli (kub, doira) bo‘laklarga kesiladi. Mashinaning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: elektrodvigatel (9), reduktor (12), ta’minotchi (4), burchakli pristavka (7), staninada (1).
- Ta’minotchchi ichi bo‘sh bo‘lgan silindirli korpusdan iborat, uning ichida zanglamaydigan po‘lat kesma (5) qistirilgan. Yon tomondan unga yuklash bunkeri (10), pastdan pichoqlar (2 va 3) va tushirish lotogi mahkamlangan. Korpusning ichida baraban aylanadi. Baraban ikkita disk va ular orasidagi uchta parrakdan (6) iborat bo‘lib, unga reduktor vali ulangan.
- Burchakli pristavka xom ashyoni kubik shaklida kesish uchun o‘rnatiladi. Uning ichida gorizontal disk (8) va vertikal pichoqlar o‘rnatilgan (47-rasm).
- 47-rasm. “Ritm” kesish mashinasi:
- 1-stanina; 2, 3-pichoqlar; 4-ta’minotchi; 5-po‘lat kesma; 6-parrak; 7-burchakli pristavka; 8-disk;
- 9-elektrodvigatel; 10-bunker; 11,12-reduktor.
Do'stlaringiz bilan baham: |